2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari



Yüklə 441,29 Kb.
səhifə2/12
tarix20.11.2023
ölçüsü441,29 Kb.
#163598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 mavzu

Inventarizatsiya – buxgalteriya hisobi elementlaridan biri bo’lib, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va moliyaviy majburiyatlarni naturada tekshirish orqali ularning korxona yoki tashkilotlardagi haqiqiy xolatini aniqlash imkonini beradi. Lekin xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha xodisalarni ham xujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o’g’irliklar tegishli moddiy boyliklarning xaqiqiy miqdorini dastlabki axborot tashuvchilar va hamda hisobda aks ettirilganlaridan farq qilishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo’layotganda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan xodisalar, xujjatlashtirishga zaruriy qo’shimchalar, ya’ni qayta ruyhatga olish (inventarizatsiya) yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko’rsatgichlarini xaqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu sababli ham inventarlash yordamida moddiy boyliklar va pul mablag’larining butunligi nazorat qilinadi, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’liq va ishonchli bo’lishi tekshiriladi. Shunday qilib, xujjatlashtirish va inventarizatsiya buxgalteriya hisobining ob’ektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish korxona va tashkilotlarda mulkning but saqlanishini nazorat qilish imkonini beradi. Xujjatlashtirish va inventarizatsiyaning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslarning hatti-xarakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning

14
qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq



ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini yaratadi. Baholash shunday usulki, uning yordamida xo’jalik vositalari
qiymatini pul ifodasida belgilash mumkin. Xo’jalik muomalalari va mablag’larning juda ko’p turlari bo’lishi mumkin. Lekin buxgalteriya hisobi ular xaqida yig’ma (umumlashtirilgan) ko’rsatgichlar berishi kerak. Bu yig’iladigan ma’lumotlar pul o’lchagichlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura yoki mehnat ko’rsatgichlarini pul ko’rsatgichlariga aylantiradilar. Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha – balans tuzilayotgan sanadagi xaqiqiy tannarxi bo’yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar ularning to’liq boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to’liq to’languncha yoki ob’ekt safdan chiqib ketgunga qadar bo’lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari ob’ekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlanadi. Erning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi. Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. Potentsial majburiyatlar dastlabki xaqiqiy bahosi bo’yicha aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyuta – so’mda yuritiladi. Korxona va tashkilotlarda xo’jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha chiqimlarni hisoblab chiqish, xar bir jarayonda ishlatilgan ham jonli, ham moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak bo’ladi. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo’lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo’lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim

15
bo’ladi. Mahsulot tannarxi – ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori



ustidan nazorat qilish uchun qo’llaniladigan kalkulyatsiya yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning xaqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 441,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin