Buxgalteriyabalansi- moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri bo’lib, u korxonaning muayyan sanadagi moliyaviy xolatini, mablag’-vositalarning xosil bo’lish manba’larini tavsiflaydi. Xo’jalik mablag’lari va ularning manba’lari to’g’risidagi ma’lumot korxona balansida aks ettiriladi. Balans so’zi lotincha bi - ikki marta va lanx -tarozi pallasi degan ma’noni anglatib, u tarozning ikki pallasi, ya’ni
21
tenglik ma’nosini anglatadi. Balansning aktiv va passivlari yakunlari
teng bo’lishi kerak. Balansda korxonaning xo’jalik mablag’lari va ularning manba’lari xaqidagi ma’lumotlar (tegishli schetlar saldosi) ikki sanada – yil boshi va hisobot davri oxiriga keltiriladi. Buxgalteriya balansi korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish manba’laridan biri bo’lib hisoblanadi. Balansning aktiv tomonida korxona tasarrufida bo’lgan xo’jalik mablag’lari quyidagi guruhlarga bo’lib ko’rsatiladi:
Uzoq muddatli aktivlar Joriy aktivlar.
Balansning passiv qismida esa korxona xo’jalik mablag’larining manba’lari quyidagicha guruhlarga bo’lib ko’rsatiladi:
O’z mablag’lari manba’lari Majburiyatlar.
Balans sxematik tarzda quyida keltirilgan ikki tomonlama jadval bo’lib, uning chap tomoni aktiv, o’ng tomoni esa passiv deb ataladi:
Korxonaning 01yanvar2010yilgabo’lgan Balansi
Xo’jalik
№ mablag’lari va ularning
joylashuvi 1 Asosiy vositalar 2 Materiallar
3 Mahsulotlar