Saldo oy oxiriga
Aktiv schetlarning oy oxiriga qoldig’i schetning debet tomonida
ko’rsatiladi. Aktiv schetlarda oy oxiridagi qoldiqni topish uchun, oy boshiga bo’lgan qoldiqqa debet oborot qo’shilib, kredit oborot ayriladi. Aktiv schetlarda, ya’ni xo’jalik mablag’larini aks ettirkvchi schetlarda oy boshiga va oy oxiriga qoldiq xamda mablag’larning ko’payishi debet tomoniga, mablag’larning kamayishi esa schetning kredit tomoniga yoziladi.
Passiv schetlarning tuzilishi quyidagichadir:
Passiv schetlarning boshlang’ich saldosi schetning kredit tomonida ko’rsatiladi;
Mablag’larning manba’larini ko’payishi schetning kredit tomonida aks ettiriladi;
Mablag’larning manba’larini kamayishi schetning
debet tomonida aks ettiriladi;
Passiv schetlarning oy oxiriga qoldig’i schetning kredit tomonida ko’rsatiladi.
Debet tomonidagi yozuvlarning jami – debet oborot, kredit tomonidagi yozuvlarning jami (saldodan tashqari) – kredit oborot deyiladi. Passiv schetlarning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
20
Oy
oxiriga qoldiq
Passiv schetlarda oy boshiga va oy oxiriga qoldiq xamda
qarzdorlikning ko’payishi kreditga, kamayishi esa debetga yoziladi. Bu erda schetlarning qoldiqlariga qarab ham, ularning aktiv yoki passiv ekanligini bilib olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi schetlarining
oxirgi qoldiqlariga asoslanib, buxgalteriya balansi tuziladi.
Buxgalteriya balansida shu schetlarda yuritilgan joriy hisob ma’lumotlari ma’lum bir sanaga guruhlantirilib, umumlashtiriladi. Ko’rinib
turibdiki, schetlar tizimi bilan balans o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud. Bu bog’liqlik shundan iboratki, ma’lum bir sanaga tuzilgan balans ma’lumotlariga
asoslanib, schetlar ochiladi. Bunda bir vaqtning o’zida balansning aktiv tomonidagi moddalar uchun alohida, passiv tomonidagi moddalar uchun alohida schetlar ochiladi. Bu schetlarning tegishli tomonlariga balans moddalaridan summalar boshlang’ich qoldiq sifatida yoziladi. Hisobot davri (chorak, yil) o’tgandan keyin schetlarda
oxirgi qoldiq topilib, shu ma’lumotlarga asosan yana buxgalteriya balansi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: