Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadi



Yüklə 234,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix16.12.2023
ölçüsü234,49 Kb.
#182868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6. Ko\'z nurini asraylik OʻK



KOʻZ NURINI ASRAYLIK 
 
 
Nutqiy mavzuning maqsadi: 
matnda berilgan maʼlumotlar va rasmlar 
oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, mavzu yuzasidan berilgan savollarga mazmun 
ketma-ketligini rejalashtirgan holda izchil va tushunarli tarzda ogʻzaki javob berish, 
matn va uning tuzilishi, matn qismlarini oʻzaro farqlash, kichik sarlavhalar tanlash, 
grafik koʻrinishda berilgan maʼlumotlarni oʻqiy olish, ularni bir shakldan ikkinchi 
shaklga keltirish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni mustahkamlash. Koʻrsatish 
olmoshlari, feʼlning zamon va shaxs-songa oid kategoriyalari, koʻz bilan bogʻliq 
iboralar, kesim va uning ifodalanishi, olmosh va undan foydalanish bilan bogʻliq 
bilimlarni rivojlantirish.
 
1-soat 
Dars jarayoni 
 
Kirish. 
1. Insonlar his-tuygʻularni oʻzgalarga faqat soʻzlar orqaligina emas, balki 
yuz ifodalari bilan ham yetkaza oladilar. Ayting-chi, koʻzlarimiz orqali ushbu 
holatlarni qanday amalga oshiramiz? Mashq qilib koʻring.
2. “Koʻzimning nuri” ifodasi kimlarga nisbatan qoʻllanadi?
 
Asosiy qism.
Rasmda berilgan koʻz qarashlariga mos soʻzlarni toping. 
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning vizual aloqani tushunish, unga mos til 
birliklarini qoʻllashga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan rasmlarni kuzatib unda 
qanday nigoh yashiringanligini aytishi lozim. 
Bunda rasmning tartib raqamlari doskada yozilib, oʻquvchilarning fikri 
ketma-ket tinglanib, uni ifodalagan tushunchalar yozilishi maqsadga muvofiq. 
Oʻqib tushunish. 
Matnni oʻqing va savollarga javob bering.
Matn: “Koʻzlarimiz – eng aziz doʻstlarimiz”. 
Manba: “Jajji akademik” jurnali. 
 
Oʻquvchilar matn va koʻz haqidagi qiziq maʼlumotlarni oʻqib chiqqanlaridan 
soʻng matn ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi. 

Yüklə 234,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin