Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadi


Muhokama. 1. Rasmlarni diqqat bilan kuzating. Unda nimalar tasvirlanganligi haqida



Yüklə 234,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix16.12.2023
ölçüsü234,49 Kb.
#182868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6. Ko\'z nurini asraylik OʻK

Muhokama.
1. Rasmlarni diqqat bilan kuzating. Unda nimalar tasvirlanganligi haqida 
gapiring.
Bu savol vizual aloqa orqali berilgan maʼlumotni tushunish, audiomatn hamda 
tasvir oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan 
tasvirlarni tinglagan maʼlumotlari asosida izohlab berishlari lozim.
 
2. Qadimgi odamlarning yorugʻlik va insonning koʻrish qobiliyati haqidagi 
tasavvurlari qanday boʻlgan ekan? 
 
Bu savol audiomatnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotni topishga 
qaratilgan. Oʻquvchilar qadimgi olimlar 
odamning koʻzi atrofga yorugʻlik 
tarqatishi, koʻzdan chiqqan shu yorugʻlik jismlarga tegib ortga qaytganida
narsalarni koʻra boshlash mumkin deb hisoblashganini 
tushunib, aytib bera olishi 
lozim. 
3. Musulmon olimi Ibn al-Haysam koʻrish qobiliyati haqida qanday nazariyani 
ilgari suradi? 
 
Bu savol oʻquvchilarning audiomatndagi maʼlumotlarni taqqoslash 
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar 
olim Ibn al-Haysamning 
nazariyasi qadimgi olimlar nazariyasini inkor etib, koʻzdan nur chiqmasligini, 
quyoshdan taralgan nur jismlarga urilib, soʻng koʻzlar tomon yoʻnalishini ilgari 
surganligini 
anglab aytib berishi lozim. 
4. Optik qurilmalar deganda qanday qurilmalar nazarda tutiladi? 
 
Bu savol oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan. Oʻquvchilar 
eʼtiborini “optika” birligiga qaratishi, audiomatn orqali ushbu tushunchani izohlab, 
unga qanday qurilmalar kirishini aytib berishi lozim. 


Optika – yorugʻlikning aks etish va sinish qonunlariga asoslangan asbob-
uskunalarning umumlashma nomi. Bunday qurilmalarga: koʻzoynak, linza, 
fotokameralar kiradi.

Yüklə 234,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin