Mavzu: Jismoniy tarbiya darsi mashgʻulotlarning asosiy
shakli sifatida uning tuzilishi
Reja:
1.
“Dars” tushunchasiga tavsif.
2.
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qoʻyilgan talablar.
3.
Jismoniy tarbiya darsini tashkillashtirish va oʻtkazish.
4.
Jismoniy tarbiya darsning mazmuni.
5.
Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi.
Kalit soʻzlar: dars, darsining vazifalari, darsga qoʻyilgan talablar, darsini
tashkillashtirish va oʻtkazish, darsning mazmuni, darsining tuzilishi.
“Dars” tushunchasiga tavsif.
Dars – jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tizimli shakli boʻlib,
bir xil
yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur
mavzularini oʻqitish jarayonidir.
Maktab
darsi
jismoniy
mashqlar
bilan
shugʻullanish
uchun
mashgʻulotlarning alohida shakli boʻlib, boshqa oʻquv muassasalardagi
mashgʻulotlardan oʻzining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining
turli tumanligi bilan harakterlanadigan mashgʻulotlar,
darslar turkumi orqaligina
tarbiyaning bu yoʻnalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qoʻyish
mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin oʻqitilgan
(oʻrgatilgan)ni va keyin oʻqitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim
yoki boʻlaklari bilan albatta bogʻlanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda
belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarining
harakterli tomoni shundaki, u maxsus
tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan,
jismoniy rivojlanganligi va
tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga
moʻljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida
tashkillashtiriladi. Darslar
umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy
tayyorgarligi va sport ixtisosligini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan
mashgʻulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir.
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarning
boshqa tipik
shakllari oʻzining davriyligi, tizimli emasligi,
faqat bir marotabaliligi,
individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Koʻpincha mashgʻulotlarning
yuqorida qayd qilingan shakllari darsni toʻldiradi va uni xususiy va umumiy
vazifalarini toʻldirishda qoʻshimcha rol oʻynaydi. Lekin ular aholini jismoniy
tarbiya boʻyicha ma’lum darajadagi talablarni toʻla
qondirib mustaqil ahamiyat
kasb etadi.