Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(1)-son



Yüklə 91,31 Kb.
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü91,31 Kb.
#184067
  1   2
inson-ekologiyasi-va-unga-ta-sir-etuvchi-biosfera





CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.


INSON EKOLOGIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI BIOSFERA




Uralova Palina Nurali qizi
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti talabasi

Ilmiy rahbar: Nazarova Gulchehra Xamrakulovna


Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi assistenti


ANNOTATSIYA


Inson ekologiyasi – antropoekologik sistemalarning kelib chiqishini, yashash sharoitini, rivojlanishini hamda atrof – muhit bilan bo’lgan munosabatini o’rganadigan bo’lim hisoblanadi. Antropoekologik sistema bu – muhit bilan dinamik munosabatda bo’lgan va shu muhitdan o’z ehtiyojlarini qondirib kelgan ongli jamoa tizimidir.
Kalit so’zlar: Antropoekologik sistema, adaptiv tiplar, ekosistema, agrobiotsenoz, urbanotsenoz, biologik tizim, biokimyoviy sikl, genetik monitoring, biosfera, migratsiya, radiatsiya.
Inson hayotning har bir jabhalarida ongli ravishda rivojlanib kelayotgan ekan, uning tashqi muhitga bo’lgan munosabati bilan bog’liq holda kechadi. Antropoekologik sistema odam paydo bo’lgandan boshlab, hozirgi kungacha o’z dinamik muvozanatini ko’rsatib kelmoqda. Bu tabiiy muhit bilan inson o’rtasida 2 xil ta’sir yuzaga keladi: 1. Muhit ta’sirida biologik va ijtimoiy munosabat o’zgaradi; 2. Inson ehtiyojilarini qondirish uchun muhitning o’zi ham o’zgarib boradi.
Inson ekologiyasi fani nima uchun kerak va u nimalarni bajarmog’i lozim? Bu savolga uning vazifalari javob beradi:

  • Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish.

  • Tabiat zahiralaridan oqila foydalanish chora – tadbirlarini ishlab chiqish.

  • Insonlarning yashash muhitlarini optimizatsiyalash choralarini o’rganish.

  • Insonlarning yashash muhitiga ekologik adaptatsiyani o’rganish.

Inson ekologiyasida ilmiy – texnikaviy revolyutsiya ham yotadi. Bu insoniyat tarixining faqat 1%iga teng, qolgan 99%ini asosan iqlim, alimentar omillar, biologik omillar, geokimyoviy jarayonlar tashkil etadi. Bu inson ekologiyasining differensiatsiyasiga, ya’ni adaptiv tipga olib keladi.
Adaptiv tip – “adaptatio” ma’nosidan kelib chiqqan bo’lib, insonni ma’lum bir muhitga morfologik, immunologik, geografik, biokimyoviy jihatdan eng yaxshi moslashgan reaksiya normasidir. Buning negizida o’zgaruvchanlik yotadi. O’zgaruvchanlik tashqi muhitga moslashib embrion davridan boshlab yashayotgan muhitiga moslashish demakdir. Adaptiv tipga quyidagilar kiradi:
Arktik adabtiv tipi – sovuq iqlim, asosan oziq – ovqat mahsulotlaridan hayvon mahsulotlari ko’pligi sharoitida moshlashgan. Harakterli xususiyatlariga suyak –

muskul sistemasining yaxshi rivojlanganligi, suyaklarda mineral moddalar miqdorining ko’pligi, qonda gemoglobin miqdorining yuqoriligi, termoregulyatsiyaning yaxshi rivojlanganligi, xolesterin miqdorining ko’pligi, lipidlarning yaxshi oksidlanishi, ko’krak qafasining hajmi kengligi kabilar kiradi.
Tropik adaptiv tipi – jazirama va nam iqlim, ovqat ratsionida esa hayvon mahsulotlari kam uchraydi. Bu tipdagi xususiyatlarga quyidagilar kiradi: somatik ko’rsatkichlar turlicha bo’lishi, muskul massasining kamligi, oyoq – qo’llarning uzunligi, kuchli ter ajralishi, asosiy va yog’ almashinuvining sustligi va qonda xolesterin miqdorining kamligi kabilardir.
Cho’l – sahro adaptiv tipi – quyosh radiatsiyasi o’ta kuchli, quruq, jazirama, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xususiyatlariga issiqlikning uzatilishi yuqoriligi, suv ko’p iste’mol qilinishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanganligi kabilar kiradi.
Tog’ adaptiv tipi – atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, sovuq, gipoksiyaning mavjudligi, ovqat ratsionining nisbatan bir xilligi kuzatiladi. Bu tipning o’ziga xos xususiyatlariga esa eritrotsitlarning soni, gemoglobin miqdorining yuqoriligi, qonda kislorod sig’imi yuqori bo’lishi, gaz almashinuvi esa yengil kechishi kabilar kiradi.
Tabiiy muhitda inson ekologiyasi bilan birgalikda o’simliklar, hayvonlar hamda sun’iy ekologiya mavjuddir. Ularni esa ekosistema birlashtirib turadi. Ekosistemaning tarkibida faqatgina jonli mavjudotlar tashkil etibgina qolmasdan, jonsiz tabiatning ham barcha qirralari tarkib topgan. “Ekosistema” tushunchasini birinchi bo’lib angliyalik biolog olim A.Tensli 1935 – yilda fanga kiritdi va yunoncha “oykos” – yashash joyi, sistema – uyushma degan ma’noni anglatadi. Ekosistema bu Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari demakdir. Ekosistemani biz mavzudan chetlashmagan holda, antropoekosistemaga to’xtalamiz. Antropoekosistema insonlar jamoasidan tashkil topgan bo’lib, 2ta turga bo’linadi:

  • Agroekosistema (yunoncha “agros” – dala) – turlar tarkibi cheklangan bo’lib, o’simlik va hayvon turlarining xilma – xilligi bilan shahar ekologiyasidan ancha farq qiladi. Bu ekosistemada o’simliklarning turlichaligi yerning kengligi hamda almashlab ekishning mavjudligi odam organizmining fiziologik o’zgarishlariga mehnat unumdorligini, og’irligini va qancha energiya sarflangaligini belgilab beradi. Hayvon turlarining xilma – xilligi esa zararli tomonini olib qaraganda, infeksion va surunkali kasalliklarning tarqalishiga zamin yaratadi. Bularga misol qilib, tibbiyot nuqtai nazaridan antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinelloz), geogelmintozlar (askaridoz, ankilostomoz), biogelmintozlar (shistosamoz)ni aytishimiz mumkin. Ularning morfologiyasini, profilaktikasini hamda davolash uslublarini o’rganib chiqish inson organizmiga foydali tomondan qaragan bo’lamiz.

  • Urbanoekosistema (lotincha “urbs” – shahar) – inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosistema hisoblanadi. Bu ekosistema tabiiy va sun’iy komponentlardan tashkil topgan bo’lib, tabiiy komponentlar (yorug’lik, suv, havo, tuproq, zamburug’lar, mikroorganizmlar, hayvonlar, o’simliklar) nisbatan kamroq, asosan sun’iy komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish obyektlari, dam olish va yashash joylari) ko’proq uchraydi. Sun’iy komponentlar tabiiy komponentlarning ishlanmasidan tashkil topib, inson tomonidan yaratilgan komponentlardir. Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent ko’pgina yirik shaharlarda abiotik va biotik qismlarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, shaharlarda sanoat korxonalari hamda avtotransport tizimlarining gaz bilan to’lishi, ko’pgina hayvon va o’simliklar turining kamayishiga, karbonat angidirid va is gazining ortishi ularning zaharlanishiga va yana bir qancha tuproq unumdorligining pasayishi, tarkibining sho’rlanishi, suvda chiqindilarning ortib borishiga olib kelmoqda. Shahar tarmoqlariga antennalar va aloqa vositalarining o’rnatilishi shovqinning ko’payishiga, inson asab tizimining faoliyatiga va yovvoyi hayvonlarni cho’chitib yuborilishiga sabab bo’lmoqda, bu agroeksistemadan 1,5 – 2 baravar yuqori ko’rsatkichga ega. O’simlik va sut mahsulotlarining nisbatan kam iste’mol qilinishi, tug’ilish ko’rsatkichi ancha pastligi bilan odamga zararli oqibatlarni olib keladi. Buni oldini olish maqsadida texnologik nazariyadan kelib chiqqan holda, quyosh batareyalari va energiyani nisbatan kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona yo’llarini ishga tushirishga harakat qilishmoqda.

Tabiatda biotik va abiotik qismlar umumiy bitta biologik tizimni tashkil etadi.
Biologik tizim o’z – o’zini hosil qilish hamda o’zining dinamik muvozanatini teskari aloqa signallariga muvofiqlashtirishdan iborat. O’z – o’zini hosil qilish deganda, biologik, kimyoviy hamda fizik ichki va tashqi ta’sirlar natijasida vujudga kelgan bir yangi organizmni tushunishimiz mumkin. Biotik qismlarga yuqorida sanab o’tganimizdek, tirik organizmlar kiradi. Abiotikka esa o’sha tirik organizmlarning hayot faoliyatini qondiruvchi tuproq, suv, havo, quyosh va boshqalar kiradi. Bu ikkalasi insonning foydasi uchun, dinamikasi uchun zarur bo’lgan omillar hisoblanadi. Biotik omillarning o’zi yana ikkiga bo’linib, geterotrof va avtotroflardan tashkil topadi. Geterotroflar boshqa bir organizmning faoliyati natijasida hosil bo’lgan energiyani o’ziga tortib olish xususiyatiga ega organizmlardir. Avtotroflar esa o’z kuchi bilan abiotik qismlardan foydalangan holda o’z energiyasini hosil qiladi. Ular bir – biri bilan munosabatda bo’lishi ozuqa zanjirini yuzaga keltiradi. Ozuqa zanjirining eng oliy toifasiga inson kiradi. Chunki u ongli ravishda yaratilgan mavjudot hisoblanadi.

“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(1)-SON 2022-YIL 28-FEVRAL

Biokimyoviy sikl tirik organizmlarning barchasi organik va noorganik moddalarni talab qiladi. Bu uchun tabiatning biotik va abiotik qismlarining elementar va molekulyar moddalari kerak bo’ladi. Misol sifatida fosforni olaylik. Bu
energiyaning universal manbai bo’lgan ATF (adenozintrifosfat) va nukleotidlarning sintezlanishi uchun zamin yaratadi. Azot nitrifikator bakteriyalarning faoliyati, nuklein kislota hamda oqsil bo’lgan moddalarning sintezlanishi uchun kerak bo’ladigan asosiy elementdir. Kislorod organizm nafas jarayonlarida faol ishtirok etadi. Karbonat angidrid va suv o’simliklarning fotosintezator funksiyasi uchun zarur omildir. Bu elementlarning barchasi bir – biriga uzviy ravishda bog’langandir. Bunday bog’liqlikka biokimyoviy sikl deyiladi.
Genetik monitoring – bu atrof – muhit zararli omillarini, mutagen ta’sirlarni hamda tirik organizmlarda o’lim va yarim o’limga olib keladigan holatlarni aniqlash, nazorat qilish, populyatsiya yoki tur tarkibida uchraydigan irsiy kasalliklarni tahlil qilish va aniqlashda bir necha usullarni ishlab chiqish degan tushunchadir. Genetik monitoring quyidagi tadbirlarda keng ko’lamda foydalaniladi:

  • Tibbiy statistik ma’lumotlardan foydalangan holda genetik yukni aniqlash;

  • Dominant mutatsiyalar fenotipini aniqlash;

  • Mutant oqsillarni aniqlash uchun qon zardobida oqsillarni elektroforez usulida o’rganish;

  • Spontan abortlar, o’lik tug’ilishlar, chala tug’ilishlar va tug’ma nuqson bilan tug’ilganlarni sitogenetik usul bilan tekshirishdan iboratdir.

Organizm o’zini nazorat qilib turishi, dinamik muvozanatini har qanday muhit sharoitlarida saqlay olishi, bu uning salomatligini musbat tomonga o’zgarishini maqsadga muvofiq deb bilishimiz mumkin.
Biosfera – hayot paydo bo’lgandan boshlab bugungi kungacha bo’lgan barcha tiriklik sistemalarining va unga bog’liq bo’lgan abiotik muhitning jabhalarini qamrab oladi. Biosfera atamasini fanga birinchi bo’lib, Jan Batist Lamark kiritgan, u lotincha “bio” – hayot, “sphera” – shar, yer degan ma’noni anglatadi. Biosferaning birligi biogeotsenozdir. Biogeotsenoz esa ekosistemalar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib, unda ozuqa zanjiri, biologik sistema, genetik almashinuv, nasllarning gallanishi va yana bir qancha jarayonlar amalga oshadi. Biosfera, avvalo, jamiki yirik mavjudotlarning eng kichik birligi bo’lmish hujayradan kelib chiqqan. Bora – bora inson biosferadan o’ziga qulaylik tomonlarini yaratishga kirishgan. Mezolit, neolit davrlarida odamlar oddiylikdan murakkablikka harakat qila boshlagan. Biosfera bilan bog’liq holda atmosfera, litosfera, gidrosferalar munosabatda bo’lishadi. Bunday munosabat murakkab kategoriyalar, olimlarning nazariyalari, filosoflarning ongli ravishdagi fikr va xulosalari hamda texnologlarning yaratgan texnologiyalari insonni barcha qirralarini qondirib kelmoqda. Inson tabiatga qanday munosabatda bo’lsa, tabiat ham unga shunday javob qaytaradi!

Yüklə 91,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin