Ma’ruza 3. Generatorlarning sovutish sistemalari.
Generatorlarni ishlashi mobaynida, ularda energetik isroflar sodir bo‘ladi. Bu isroflar issiqlikka aylanib generator elementlarining qizishiga olib keladi. Generatorlarning FIK lari yuqoriligi va nisbiy isroflar 1,5-2,5% ni tashkil etishiga karamay, absolyut isroflarning darajasi ancha baland bo‘ladi. (Misol uchun 800 MVt li mashinada bu isroflar 10 MVt ni tashkil etadi). Bu narsa aktiv po‘latni, misni va izolyatsiyani qizishiga olib keladi.
Generatorlarning chegaraviy qizishi stator va rotor izolyatsiyasi bilan chegaralanadi, chunki issiqlik ta’siri natijasida ularning elektr izolyatsion xarakteristikalari yomonlashadi, mexanik mustax-kamligi va elastikligi kamayadi. Izolyatsiya qurib, maydalanib ketadi va uz vazifasini bajarmay ko‘yaadi.
Energetikada qo‘llaniladigan 80S lik koida bo‘yicha elektr jixozlari xisoblanganda, izolyatsiyaning xarorati nominal xaroratida 80S ga oshirilganda, uning ishlash muddati 2 marta kamayar ekan.
Cho‘lg‘amlarni sovutish usuli bo‘yicha sovutish sistemalari ikkiga bo‘linadi:
Bilvosita (yoki sirtki) sovutish sistemasi.
Bevosita sovutish sistemasi.
Bilvosita sovutish sistemasida (bu usul faqat gazlar uchun qullaniladi) sovutuvchi gaz chulgam utkazgichlariga tegmaydi. Ajralib chikayotgan issiklik sovutuvchi muxitga izolyatsiya orkali utadi. Bu esa izolyatsiyaning issiklik jixatdan kup yuklanishiga olib keladi.
Bevosita sovutish sistemasida vodorod, suv yoki moy utkazgichlar ichidagi maxsus kanallar orkali aylanib kizigan chulgamlarga bevosita tegib uni sovutadi.
Xozirgi paytda bilvosita sovutish usuli faqat 12 MVt kuvvatgacha bulgan generatorlardagina kullaniladi.
TG lar bevosita sovutish usuli bo‘yicha 4 guruxga bo‘linadi:
Statorni bilvosita va rotorni vodorod bilan bevosita sovutish.
Stator va rotorni vodorod bilan bevosita sovutish.
Statorni suyuklik bilan va rotorni vodorod bilan bevosita sovutish.
Stator va rotorni bevosita suyuklik bilan sovutish.
Izolyatsion materiallar qizishiga chidamlilik darajasi bo‘yicha yettita klassga bulinadi. Generatorlarda bulardan uchta klassga tegishli izolyatsion materiallardan foydalaniladi.
Zamonaviy generatorlarda sovutish muxiti sifatida gazlardan (xavo, vodorod) va suyukliklardan (suv, transformator moyi) foydalaniladi.
Sovutish muxiti
|
Xavoga nisbatan fizik kursatkichlari
|
|
Issiqni o‘tkazuvchanligi
|
Sovutish darajasi
|
Xavo
97% vodorod va 3% xavo ara-lashmasi
Vodorod
Transformator moyi
Suv
|
1,0
5,9
7,1
5,3
23,0
|
1,0
1,33
1,44-4,0
21,0
50,0
|
Dostları ilə paylaş: |