O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi



Yüklə 7,47 Mb.
tarix18.09.2023
ölçüsü7,47 Mb.
#144918
6- sinf ona tili dars ishlanma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI MAKTABGACHA VA


MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI

To ‘raqo ‘rg ‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi


bo ‘limiga qarashli 27- sonli umumta’lim
maktabining
Oliy toifali Ona tili va adabiyoti fani o ‘qituvchisi


Nabijonova Munojat
Bahodir qizining

6-sinf uchun


Ona tili fanidan “ Ko‘z nurini asraylik. Matn o‘qish ( Ko‘zlarimiz eng aziz do‘stlarimiz). Topshiriqlar. “ mavzusida namunaviy


bir soatli
DARS ISHLANMASI




Ushbu dars ishlanma yangi pedagogik texnologiya asosida tuzilgan bo`lib, maktab ona tili va adabiyot fani metodika kengashida ishlab chiqildi va barcha fan o`qituvchilariga foydalanishga tavsiya etildi.


Tuzuvchi: M.Nabijonova
27-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot sinf o`qituvchisi


Taqrizchilar: R.Toshpo`latova
28-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot sinf o`qituvchisi

Ushbu dars ishlanma maktab ona tili va adabiyoti fani uyushmasining 20___yil ____ ____________dagi ____-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.





Nabijonova Munojat Bahodir qizi


2010-2014 yil Namangan Davlat Universiteti talabasi.
2014 yildan hozirga qadar 27-umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi.

Dars mavzusi: Ko‘zimizni asraylik. Matn o‘qish ( Ko ‘zlarimiz eng aziz


do‘stlarimiz). Topshiriqlar.

Dars maqsadi: Ta’limiy



  • O‘quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish, shu bilan birga ularning lug ‘at boyliklarini oshirish, ijodiy va mantiqan keng fikrlashga o ‘rgatib borish, fikrni aniq va keng yoritish ko ‘nikmalari, og ‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, adabiy til normalarini singdirish, to ‘liqsiz fe’llar va iboralar haqida qo ‘shimcha ma’lumotlar berish ;

Tarbiyaviy

  • O ‘quvchilarga tilimizga, milliy urf-odatlarimizga, buyuk bobolarimizga mehr-muhabbat ruhini singdirish, Vatanga munosib barkamol inson shaxsini tarbiyalash, ularni hamkorlikda ishlashga o ‘rgatish orqali do ‘stona muhitni shakllantirish;

Rivojlantiruvchi:

  • O‘quvchilarning tafakkurini, faolligini, kreativligini oshirish, mustaqil hayotga tayyorlash, ularning iqtidori va slohiyatini rivojlantirish;

Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o ‘tgan darsdagi bilimlarni


Mustahkamlovchi

Dars usuli: Guruhlarda ishlash, “ To‘g‘ri javobni top”, “ Mosini


joylashtir”, “ Baliq skeleti”, “ Aqliy hujum”, “ Yelpig ‘ich”
usullari

Dars jihozi: Darslik, ko ‘rgazmalar, tarqatmalar, kompyuter, televizor,


didaktik qo ‘llanmalar, test savollari, yulduzcha shaklidagi
rag‘batlar, sonli kartochkalar

Fanlararo


bog ‘lanish: adabiyot, tarix, tasviriy san’at, musiqa, matematika

Tayanch iboralar: ko ‘z va ko ‘z salomatligiga doir tavsiyalar, matn qismlarini


o‘zaro farqlash, kichik sarlavhalar tanlash, iboralarni qo ‘llash,
ko ‘rsatish olmoshlari, fe’lning zamon va shaxs-songa oid
tasnifi, kesim va uning ifodalanishi;

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI



1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

Televizor, vatan haqida rasmlar, audio ( musiqa)

2.

O ‘tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash

10 daqiqa

Sonli kartochkalar, bulut shakllari

3.

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

Ko ‘rgazmalar, kompyuter, televizor

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

Kompyuter, ko‘rgazmalar

5.

O ‘quvchilarni baholash

3 daqiqa

Rag ‘bat kartochkalar,badiiy adabiyotlar

6.

Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish

2 daqiqa

Ko ‘rgazmalar, dasrlik, kompyuter

DARSNING BORISHI:





  1. Tashkiliy qism


  1. Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni ko ‘rish.

O ‘qituvchi: O ‘zbek tilin tinglab kirdi menga jon,


Ohista tikildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hech dard-udarmon
Jonimga jondir shu ona tilim.
O ‘quvchi: Momolarim allaaytgan sen bilan
Navoiy ham ijod etgan sen bilan,
Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan,
O ‘zbek tilim singib ketding qonimga
Ko ‘rk berasan she’rlarim-u borimga.
O ‘quvchi: Har tilni biluv emdi bani odama ondur,
Til vositayu robitayi olamyondir,
G ‘ayri tilni sa’y qiling bilgani yoshlar
Kim ilm-u hunarlar bilanki, ondin ayondir.
O ‘quvchi: Sen bo ‘lmasang nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo ‘qda dil yo ‘q derlar.
Bahoyingki berib ketgan Alisherlar
Yuragimning to ‘ridagi so ‘lmas gulim
Ona tilim kechir meni, ona tilim.
Televizorda vatan haqida va ta’lim sohaiga oid rasmalar roligi ko ‘rsatib turiladi.



O ‘quvchilar she’r aytayotganlarida sokin musiqa yangrab turadi.








  1. O ‘tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash

Sinfdagi o ‘quvchilarga raqamlar tarqatilgan bo ‘ladi. Stol ustidagi raqamlardan tanlanadi, tanlangan raqam egasi savollarga javob beradi.


-O ‘quvchilar biz sizlar bilan o ‘tgan darsimizda “ Mustahkamlash”mavzusini


o ‘tganmiz.

-Tashqarida havo bulut ekan, demak sizlar bulut shakllarga yashiringan savollarga javob berasizlar?



3

2



1

6

5

4


  1. Savol: Greta Tunberg matni nechanchi shaxs tilidan hikoya qilinadi?

  2. Savol: Matndagi ko ‘p nuqtalarning vazifalari nima edi?

  3. Savol: Fe’l zamonlarini ayting

  4. Savol: Sinfdoshlarim ham yig ‘lagan. Qaysi zamonda ifodalangan?

  5. Savol: Duch kelgan joyga chiqindi tashlab ketadigan odamni qanday atagan edingiz?

O ‘quvchilar ona tilimiz haqida tayyorlab kelgan qisqacha sahna ko ‘rinihlarini


ijro etadilar.



Savol- javoblarda barcha o ‘quvchi o ‘z fikrlari bilan muhokamada qatnashadilar. Uyda bajarib kelingan uy ishlari parta oralab ko ‘rib chiqiladi.


Faol o ‘quvchi va guruhlarga rag ‘bat kartochkalar tarqatiladi






  1. Yangi mavzu bayoni

O ‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi. Ularni dars mavzusiga to ‘g ‘ri yondashishlari uchun kun mashqlari beriladi.


O ‘quvchilar , bugun sizlar bilan, bizga dunyoning rang-barang ekanligi, yaxshi-yomon narsalarni farqlash, jamiyatda inson sifatida faol bo ‘lishga yordam beruvchi tana a’zomiz-ko ‘zlar haqida gaplashamiz?






  1. Odamlar his-tuyg ‘ularini o ‘zgalarga so ‘z orqaligina emas, balki yuz ifodalari bilan ham yetkaza oladilar. Ayting-chi, ko ‘zlarimiz orqali ushbu holatlarni qanday amalga oshiramiz? Mashq qilib ko ‘ring.

O ‘quvchilar o ‘z fikrlarini mustaqil ayta olishlari uchun ularning bir-birlari bilan suhbat qilishlari mumkin ekanligi aytiladi. Ular guruhlarga bo ‘linib kelishib olib so ‘ngra javoblarni aytadilar.



  1. Guruh: Insonlarning xursand bo ‘lgan holatlarida ko ‘zlar ich-ichidan kulib turadi, chiroyli ko ‘rinadi.

  2. Guruh: Xafa bo‘lgan hollarda ko ‘zlar g ‘amgin, yoshga to ‘la bo ‘ladi.

  3. Guruh: Qasos va nafratga to ‘lgan ko ‘zlar esa katta-katta ochilib chaqchayib turadi.




  1. “ Ko ‘zimning nuri “ iborasi qanday hollarda qo ‘llanadi?

Guruhlar bilan ishlanadi, ularning fikrlari tinglanadi. Har bir o ‘quvchining fikri inobatga olinadi.



  1. Guruh: “ Ko ‘zimning nuri” iborasi ko ‘zning ko ‘rish darajasini bildiradi.

  2. Guruh: “ Ko ‘zimning nuri” iborasining yana bir ma ‘nosi farzandlar va nabiralarga nisbatan ham ishlatiladi.Ya ‘ni ular keksalar uchun ko ‘z nuri bo‘lishadi.

  3. Guruh : “ Ko ‘zimning nuri” iborasining ma’nosini kitoblarga bog ‘lagan bo‘lar edim. Chunki ular insonga dunyoni tanitadi.

Guruhlarga rag ‘batlar tarqatiladi.Televizorda topshiriq yozilgan ko ‘z rasmlari ko‘rsatiladi. O ‘quvchilar rasmda berilgan ko ‘z qarashlariga mos so ‘zlarni topadilar. Bu topshiriq “ To ‘g ‘risini tanla “ o ‘yini orqali o ‘tkaziladi.


Mos so ‘zlar: Qayg ‘urmoq Ensasi qotmoq


Hayron bo ‘lmoq xursand bo ‘lmoq
Fazablanish o ‘yga tolish,
Mungli qaramoq ayyorona tikilish



Endi “ Ko ‘zlarimiz eng aziz do ‘stlarimiz” matni bilan tanishamiz. Matnning audio yozuvi eshittiriladi.





Ko ‘zlarimiz bizning eng jajji yordamchilarimizdir. Biz ular orqali atrofda bo‘layotgan voqealarni ko ‘ramiz. Ko ‘zguga qarasangiz, har bir ko ‘zning o ‘rta qismida kichkina qora doiracha borligini bilasiz. Bu- ko ‘z qorachig ‘i. Undan yorug ‘lik o ‘tadi va qorachiq ichida oldimizda turgan narsaning kichkinagina tasviri paydo bo ‘ladi.


Ko ‘zlarimizning eng yaqin himoyachilari bu – qosh va kipriklardir. Peshonadan ter oqib tushsa, quyuq qoshlar, shamolda chang kelib urilsa, ko ‘z kipriklari ularni tutib qoladi. Agar ko ‘zga chang zarralari kirib ketsa, ko ‘z qovoqlari ularni suyuq modda bilan o ‘rab oladi va ochilib-yopilib tashqariga chiqarib yuboradi.

Yana ko ‘zlar haqida qiziq ma’lumotlar bilan tanishamiz. Doskaga osilgan ko‘rgazmadan o ‘quvchilar navbat bilan ma’lumotlarni o ‘qib beradilar. ( “ Jajji akademik” jurnalidan)



Ma’lumotlar bilan tanishganlaridan so ‘ng o ‘quvchilarga “ Ko ‘z organi tuzilishi” videoroligi ko ‘rsatib o ‘tiladi . ( 3 daqiqa)


Shundan so ‘ng guruhlarga “ Yelpig ‘ich” shakli chizilgan varaqlar tarqatiladi. Bu topshiriqda o ‘quvchilar kelishib matn savollariga javoblarni yozadilar.



4

3



1

2


Savollar quyidagicha:



  1. Matnda ko ‘zga qanday ta ‘rif berilgan? Qosh va kipriklarga-chi? Siz qanday ta’riflagan bo ‘lar edingiz?

  2. Ko ‘z qorachig ‘i nima? Uning ko ‘rish jarayonida o ‘rni qanday?

  3. Qosh va kipriklar qanday vazifani bajaradi?

  4. Ko ‘zga oid qanday ma’lumot sizni hayron qoldirdi? Nima uchun?

O ‘quvchilarning javoblari tahlil etiladi, qo ‘shimchalar kiritiladi.


Javoblar: 1. Matnda ko ‘zlar bizning jajji yordamchilarimiz, deb ta’rif berilgan.
Qosh va kipriklar esa ko ‘zlarning eng yaqin himoyachilari deyilgan.
2. Ko ‘z qorachig ‘i – ko ‘zning o ‘rta qismidagi qora doiracha.
3. Qosh va kipriklar ko ‘zni turli zararli narsalardan himoya qiladi.
4. “ Jajji akademik” jurnalidan olingan ko‘zga oid ma’lumotlar meni
juda qiziqtirib qo ‘ydi. Juda ham qiziqarli ekan.

Mana endi o ‘quvchilar, sizlar bilan yozma salohiyatimiz ustida ish olib boramiz. Daftarlarimizga yozma topshiriqni bajaramiz.


Matnda ko ‘rsatilgan olmoshlarni ular ishora qilayotgan birliklar bilan birga ko‘chiring.
O ‘quvchilar yozma topshiriqni quyidagicha bajaradilar:
Ular- ko ‘zlar, bu- ko ‘z qorachig ‘i, undan- ko ‘z qorachig ‘i
Matnda qo ‘llangan fe ‘llarning qaysi zamonga tegishli ekanini aniqlab yozing. Shaxs-sonini ayting.
Ko ‘ramiz- kelasi zamon, 1-shaxs, ko ‘plikda
Bilasiz- kelasi zamon, 2 –shaxs, ko ‘plikda
Bo ‘ ladi- kelasi zamon 3-shaxs birlikda
Tutib qoladi- kelasi zamon, 3-shaxs, birlikda

Kompyuterda qoida ko ‘rsatiladi va tushuntiriladi. O ‘quvchilar gaplar tuzadilar.





Gap kesimi tarkibida edi, emish, ekan kabi to ‘liqsiz fe ‘llar ham ishlatiladi. Ular turli ma’nolar uchun xizmat qiladi.
Salima o ‘shanda biroz xafa edi. ( O ‘tgan zamon ma’nosi)
O ‘shanda bizga yolg ‘on gapirishgan ekan.( keyinroq xabardor bo‘lish) Benzinning narxi oshar emish. ( birovdan eshitganlik ma’nosi)
Edi, emish, ekan to ‘liqsiz fe ‘llarini -di, - mish, -kan shaklida ham qo ‘llaymiz.
Masalan: turardi, turarmish, turarkan.

Endi darslikdagi yozma topshiriqni bajaramiz. Dosada “ Baliq skeleti” ko‘rgazmasi qo ‘yiladi. Ko ‘z bilan bog ‘liq turli shakllardagi birliklarni moslab ko ‘chiring Ushbu birikmalar ishtirokida gaplar tuzib , yozing.











Mos birikmalar quyidagicha yoziladi: Ko ‘zdek qo ‘shni, ko ‘zyoshdek tiniq ko ‘l, ko ‘z ilinmoq, ko ‘z qorachig ‘idek asramoq, ko ‘zi ochilmoq, ko ‘z tashlamoq

Har bir guruh ikkitadan gaplar tuzadilar. Bu gaplarda to ‘liqsiz fe’llardan foydalanasizlar.



  1. Guruh: Mastura xola bizning ko ‘zdek qo ‘shnimiz edi.. Biz yozda suvi ko‘zyoshdek tiniq ko ‘lga sayohatga borar ekanmiz.

  2. Guruh: Bola o ‘yinchoqlarga ko ‘z tashladi. Men kitoblarimni ko ‘z qorachig‘imdek asrayman.

  3. Guruh: Ravshan aybini bilib ko ‘zi ochildi. Odilning tushdan so ‘ng doim biroz ko ‘zi ilinrmish.

Guruhlarning javoblari va o ‘quvchilarning yozuvlari rag ‘batlantiriladi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash


Yangi mavzuni mustahkamlash uchun test savollarini bajaramiz. Test savollarini kompyuter orqali ko ‘rsatib beriladi.


O‘quvchilar testlarni bajarib bo ‘lganlaridan so ‘ng doskaga test javoblari qo‘yiladi, o ‘quvchilar o ‘zlari tekshiradilar.

  1. C 2. D 3. C

V. O ‘quvchilarni baholash


Darsda faol qatnashgan o ‘quvchilar va guruhlarning rag ‘batlari hisoblanadi , g”olib guruh aniqlanadi. Estalik sovg ‘alar sifatida badiiy adabiyotlar tarqatiladi.


VI. Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish


Mana o ‘quvchilar, darsimiz ham yakunlandi, o ‘ylaymanki, yangi mavzumiz sizlarga juda ham yoqdi, yangi ma’lumotlarga ega bo ‘ldingiz.


Uyga vazifa quyidagicha: 51- sahifadagi uy topshirig ‘i


Quyidagi iboralar ma’nosini lug ‘atlardan, oila a’zolaringizdan aniqlab yozing. Qanday vaziyatlarda qo ‘llanishini bilib oling.


F O Y D A L A N I L G A N A D A B I Y O T L A R:





  1. 6- SINF ONA TILI DARSLIGI TOSHKENT- 2022

  2. 6- SINF ONA TILI FANI QO ‘LLANMASI TOSHKENT – 2022

  3. “ GULXAN” JURNALI 2022-YIL 9-SON



Yüklə 7,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin