Reja 1.Uchinchi va to‘rtinchi sinflar o‘quvchilarida qo‘shiq kuylash malakalarini rivojlantirish metodlari. 2. To‘rtinchi sinfda musiqa o‘qitishning vazifalari va mazmuni.
3. To‘rtinchi musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar quyidagi bilimlarga va ko‘nikmalarga ega bo‘lish tavsifi.
4.DTS va dasturni mazmuni.
Jamoa bo‘lib kuylash - o‘quvchilarni musiqa san’atiga faol jalb etishning eng ommaviy shaklidir. Har bir sog‘lom bola kuylash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kuylash bola uchun estetik ehtiyoj, xissiyot va qayfiyatni ifodalashning eng tabiiy va qulay vositadir. Bola qo‘shiq ijro etar ekan, unda his-hayajon, zavq-shavq, ko‘tarinki qayfiyat, quvnoqlik, harakatchanlik kabi ijobiy tuyg‘ular hosil bo‘ladi. Qo‘shiqda ikkita estetik vosita - musiqa va badiiy so‘z birlashadi. Shuning uchun tajribali o‘qituvchining qo‘lida jamoa bo‘lib kuylash – o‘quvchilarni musiqiy-estetik tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shiq kuylash faoliyati o‘quvchilarda melodik, garmonik eshitish, lad xissini, sof intonatsiyada kuylash malakalarini hamda musiqiy qobiliyatini rivjlantiradi. Ijro jarayonida ovozi va musiqiy eshituvi turlicha bo‘lgan bolalar jamoa bo‘lib birlashadilar. Ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ijrolarini kuzatadilar, birgalikda kuylashdan bahramand bo‘ladilar. Ularda diqqat, kuzatuvchanlik, intizom va boshqa tarbiyaviy xususiyatlar shakllandi. 3-4 sinf o‘quvchilarida kuylash jarayonida o‘quvchilarning ovoz apparati yanada yaxshi rivojlanadi, nafaslari chuqurlashadi, qon aylanishi yaxshilanadi, qomatlari tekislanadi, bir so‘z bilan aytganda ham ma’naviy, ham axloqiy, ham jismonan rivojlanadilar, tarbiyalanadilar. Har bir insonning qayfiyatiga qarab ovozi yokimli, quvnoq, jarangdor, shux yoki bo‘g‘ik, "shirali", "shirasiz" va xokazo bo‘lishi mumkin. Ovoz chiqishi ovoz pardalariga bog‘likdir. Ovoz pardalari tebranishi natijasida ovoz hosil bo‘ladi. Inson ovoz apparati juda murakkab tuzilgan. Uning asosiy qismlari - nafas olish organlari - o‘pka, qorin bo‘shlig‘i, nafas muskullari, shuningdek, hiqildoq, ovoz paychalari, artikulyatsion apparatlar va boshqalar. Ovoz hosil bo‘lishi uchun mana shu apparatlarning barchasi ishga tushadi. Bu murakkab jarayondir. Tovush apparantining fiziologik tuzilishi masalalariga olimlar P.Chesnokov, Sh. Ro‘ziev, D.Xalabuzar, N.Dimitrev o‘z ilmiy ishlarida murojaat etganlar va atroflicha yoritib berganlar. 3-4-sinflarda kuylash faoliyati bir qator vazifalarni hal etishni nazarda tutadi: - bolalarda jamoa bo‘lib kuylashga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, musiqaga xissiy ta’sirchanlikni tarbiyalash; - badiiy didni tarbiyalash, qo‘shiqchilik ovozini, ya’ni yoqimli, tabiiy tovushda kuylashni shakllantirish, ovoz diapazonini o‘stirish;
Qo‘shiqning badiiy, chiroyli, ifodali ijrosiga erishishning muhim vositasi - o‘quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishdir. 3-4 sinfda ham o‘quvchilar bilan qo‘shiq aytishdagi holat, kuylash nafasi, tovush hosil qilish, talaffuz, soz, ansambl kabi vokal-xor malakalari ustida ish olib boriladi. 3-4 sinf "Musiqa madaniyati" dasturidan Vatan, mustaqillik, diyorimiz, tabiat, mehnat, bolalik mavzularidagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Bu qo‘shiqlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, uning kelajagiga sadoqat, mehnatsevarlik, estetik tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘rganiladigan qo‘shiqqa emotsional munosabatni rivojlantirish, tasavvurni, musiqiy eshitish va xotirani o‘stirish, musiqaning ifoda vositalarining ahamiyatini tushunish, jarangli, kuychan, yengil tovushlarda kuylash, o‘zini va o‘rtoqlarini tinglay olish, jo‘rsoz bilan hamda jo‘rsozsiz kuylash, ikki-uch ovozli kuylash orqali garmonik eshitish qobiliyatini shakllantirish kabi vazifalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘qituvchi kuylash uchun qo‘shiq tanlar ekan, avvalambor asarning badiiy qiymati, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, qiyofalar doirasini sinchiklab taxlil qilib chiqadi. Olingan natijaga qarab qo‘shiqni o‘rgatish metodlarini tanlaydi. 4-sinfda yil va chorak mavzulari: