4-sinf musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo‘lish;
o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari, ya’ni qo‘shiq, alla, lapar, yalla, terma, bolalar qo‘shiqlari, ommaviy kuylar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
o‘zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish;
rus, dunyo xalq musiqasi va O‘zbekistonda yashovchi xalqlarining musiqasi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
Musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tavsiflariga ko‘ra ajrata bilish;
bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va ijro uslubidan ajrata olish;
ommaviy xalq musiqa janrlarini kasbiy musiqa, ya’ni ashula, katta ashuladan farqlay olish;
mashq va qo‘shiqlarni nota yozuviga qarab kuylay olish;
-kichik cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo‘r bo‘la olish, ma’lum she’r parchalariga kuy bastalay olish.
Musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari kerak:
-tinglash va kuylash orqali asarning major va minor ladini farqlash;
musiqa tinglash orqali damli, zarbli va torli cholg‘u asboblarining ovoz tembridan farqlash, nota yozuvlariga qarab kuylash;
musiqiy cholg‘u asboblarida kuy va qo‘shiqlar mazmuniga mos ritmik jo‘r bo‘lish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari” ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra 4-sinflarda quyidagi talablar joriy etilgan.
4-sinfda o‘zbek xalq musiqa ijodi namunalari bilan tanishib, unda xalq aytimlari va cholg‘ulari, bayram va marosim qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, bahor fasli qo‘shiqlari haqida bilimga ega bo‘ladilar hamda ushbu mavzular asosida kuy-qo‘shiqlarni tinglaydilar va kuylaydilar. Bo‘lar orqali nomoddiy madaniy merosimiz namunalari bilan tanishadilar, milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni o‘rgandilar. Yil mavzusi: “O‘zbek xalq musiqa ijodi”. 1-chorak. “Xalq aytimlari va cholg‘ulari”. Bunda quyidagicha nazariy bilimlarni egallash ko‘zda tutiladi:
ton va yarim ton haqida bilimlarni mustahkamlash;
lad, ya’ni major va minor haqida bilimlarni mustahkamlash;
4/4 o‘lchovi bilan tanishish, mashq va aytimlar misolida o‘rganish;
2/4, 3/4, 4/4, o‘lchovlarini kuchli, kuchsiz xissalariga ko‘ra farqlash;
dirijyorlik ishoralariga qarab, uni tushunib kuylash.
2-chorak. Mavzu: “Bayram va marosim qo‘shiqlari”. Nota savodxonligi: Do major, Sol major va Lya minor, Mi minor tonliklarini qiyosiy o‘rganish, tonlik haqida tushuncha hosil qilish, qo‘shiqlar misolida 6/8 o‘lchovi bilan tanishish.
3-chorak.Mavzu: “Mavsum qo‘shiqlari”. Major va minor tovush qatorlarni nota nomlari va so‘z bo‘g‘inlari, ya’ni lya, ma, mi, da kabi bilan kuylash. O‘qituvchi ovoziga jo‘r bo‘lib so‘ngra mustaqil ravishda do major, lya minor, sol major, mi minor tonalliklarini 2/4, 3/4, 4/4 o‘lchovlarida dirijyorlik qilib kuylash.
4-chorak. Mavzu: “Bahor fasli qo‘shiqlari”. Fa major, Re minor tonalliklari asosiy, ya’ni turg‘un tovushlarini kuylash. Ularni turli ritmik cho‘zimda va 6/8 o‘lchovida kuylash. Mashq va qo‘shiqlarni nota yozuviga qarab avvaliga solfedjiolash uslubida, so‘ngra so‘zlari bilan kuylash malakalari ustida ish olib borish. Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda hosil qilinadigan nazariy bilimlar ularga mukammal o‘rganishni emas, eng oddiy atamalar, musiqani ifoda vositalari haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni egallash va shu orqali ularda notaga qarab kuylash, ya’ni nota o‘qish malakalarini shakllantirishga qaratiladi.
Shu sababdan, bolaning fikrini narsalar va hodisalarning qonuniyatli tarzdabog‘liqligini idrok etishga yo‘naltirish maqsadida bevosita ta’sir qiladigan joylarni tanlish juda muhimdir. Bu yoshdagi o‘quvchilarda, ular uchun qiziqarli bo‘lmagan ishdan hali charchaydi, bevosita ta’sir jozibasi bo‘lmagan qo‘llanmaga diqqat qilishi qiyin bo‘ladi. Bu holni hisobga olgan holda butun ta’limni birgina qiziqish asosida, yoqib qolganligi vajidagina olib borib bo‘lmaydi. O‘quvchilar o‘qishning jiddiy iroda kuchini talab qiladigan mehnat ekanligini qanchalik tez tushunib olsalar va his etsalar, ularda diqqat-e’tiborning barqarorligi, O‘quv faoliyatida harakatlarni yo‘naltirishi va erkin tarzda uyushtirish qobiliyati shunchalik erta paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchiga jadal harakat faolligi xos bo‘lib, bu faolllik uning o‘z hulq-atvorini yetarli darajada idora qila bilmasligi bilan qo‘shilib, ko‘pincha ta’sirga beriluvchanlikni, o‘zini tuta bilmasligini keltirib chiqaradi. O‘quvchining harakatchanligini, motorikasini to‘g‘ri shakllarda uyushtirmoq, unga maqbul keladigan yo‘nalish berish kerak. 3-4-sinf o‘quvchilarining o‘qishga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Nihoyat, bola o‘quv faoliyatining ichki mazmuniga qiziqib, o‘quv-nazariy vazifalarni aniq va amaliy vazifalarga o‘zgartira oladi. Uning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy pedagogika-psixologiya fanlarining vazifasidir. Bola kuzatuvchanligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu sinflardagi bolalar allaqachon ixtiyoriy diqqatga ega bo‘lgan bo‘ladilar. Ixtiyoriy diqqat yoki diqqatni u yo bu masalaga maqsadli yo‘naltirish, bu yoshdagi o‘quvchilarning muhim yutuqlaridandir. Huddi boshqa psixologik jarayonlar kabi bolalar emotsiyasining umumiy xususiyatlari ham o‘zgarib boradi. Bu davrda bolalarda jamoachilikka intilish, jamoa ichida o‘zini bemalol tuta olish malakalari paydo bo‘la boshlaydi. 3-4 sinf o‘quvchilarida ovoz apparatlari shakllangan, vokal-xor malakalariga ega, musiqa haqida bilimga ega bo‘ladilar. Ovoz apparati mexanizmi tuzilishi murakkablashadi. Hiqildokda muhim paylardan - ovoz paylari rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning ovozi ancha kuchli va jarangdor eshitiladi. Ovoz tarangligi kuchayadi va qo‘shiqchilik ovozi shakllana boshlaydi. Muayyan tembrdagi ohangning paydo bo‘lishi o‘g‘il bolalar ovozining diskant va altga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Diskantlar o‘zining yengilligi, jarangdorligi, yorqinligi bilan ajralib tursa, altlar esa o‘zining kuchsizligi, xiraligi, jarangsizligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu yoshda o‘quvchilarda ko‘p ovozli kuylash malakalari rivojlantirish uchun qo‘lay davr hisoblanadi. Rus pedagoglari I.Ponamorev, A.Qarasev, N.Kovin, D.Zarin, A.Maslovlar o‘zlarining ilmiy izlanishlarida ovoz yo‘nalishlari parallel tovushlarda yozilgan ikki ovozli qo‘shiqlarni kuylash maqsadga muvofiq deb hisoblaganlar. Z.Koday ham bu haqida shunday degan: "Ko‘povozlik nafaqat polifonik eshituvni rivojlantiradi, balki bir ovozli kuylashda ham muhim o‘rin egallaydi". Shuni e’tiborga olish kerakki, sof intonatsiya bilan kuylash uchun, avvalam bor, musiqiy asarni tinglay olish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa tinglash malaka-larini rivojlantirish metodlari. Musiqa idroki - musiqa mazmunini eshita bilim va hissiy kechinmalari asosida o‘zlashtirishdir. Musiqiy idrok - murakkab psixologik jarayon bo‘lib, uning asosida aniq borliqning ko‘rinishlar orqali musiqiy tovushlarda aks etishini eshita olish va undan ta’sirlanish qobiliyati yotadi. Idrok masalalari, xususan, musiqa vositasida uni rivojlantirish muammolari bilan ish olib borgan musiqashunoslar, psixologlar, pedagog olimlarning izlanishlari asosini tashqil etadi. Musiqashunos B.Yavorskiy "musiqani idrok qilish asosida fikrlash, musiqani «ma’noga ega nutq" sifatida qabul qilish malakasi yotadi" - deb ta’kidlaydi. O‘quvchilarda musiqiy idrokni rivojlantirishda ularda musiqiy hissiy ta’sirchanlik, qiziqishni o‘stirish, musiqiy ijodiy qobiliyatlar, didni rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikma va malaka shakllantirish talab etiladi. O‘quvchilarda, ayniqsa, 3-4-sinflarda, musiqa idrokini rivojlantirish murakkab vazifadir. O‘quvchi musiqani butunligicha umumiy ko‘rinish, qayfiyat sifatida idrok etadi. Ular "g‘amgin-quvnoq", "chaqqon-sekin", "pastu-baland", marsh, qo‘shiq, raqs kabi kontrast ko‘rinishlarni yengil farqlaydilar, ammo shu bilan bir qatorda asarni doimo ham boshidan oxirigacha hayollarini buzmasdan tinglay olmaydilar. Ko‘pincha, asarning boshlang‘ich taktlarinigina tinglab, davomini eshitmaydilar. Shuning uchun asarni boshidan oxirigacha tinglash va idrok etishga o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biridir. "Musiqada har daqiqada o‘zgarish sodir bo‘ladi, tovushlar qaytariladi, o‘zgaradi, tovushlar turli kayfiyatlarni birlashtiradi" degan fikrni bolalarga yaxshilab tushuntirish kerak. Bunday musiqa ifoda vositalarining bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi katta yordam beradi, Asarning qanday yangrayotganligi, bu qayfiyat qanday vositalar orqali berilgan? - degan savollarga javob berish uchun, o‘quvchilar kuyning harakati, mazmuni, ritmik ko‘rinishi, tempi, dinamikasiga, keyinchalik ladiga ham quloq tutishlari lozim. 1-4 sinflarda o‘quvchilar asosan xalq musiqasining ommaviy janrlariga kiruvchi ko‘plab asarlarni yakkanavoz, cholg‘u dastalari va orkestr, xor jamoasi ijrosidagi variantlarda tinglaydilar. Musiqiy asarlarni tinglash, idrok etish, mazmuni va qayfiyatini anglash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga yordam berishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi:
Tinglashdan avval o‘quvchilar diqqatini jamlash, faollashtirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga ularning musiqiy tayyorgarligi darajasidan kelib chiqqan holda turli xil vazifalar qo‘yishi mumkin: Katta bo‘lmagan kuy, musiqiy asarni o‘quvchilarga tinglash uchun beradi va "Siz bu asarga nima deb nom bergan bo‘lardingiz?"- degan savolni o‘rtaga tashlaydi.
O‘qituvchi M.Mirzaevni «Bahor valsi" asarini tinglash uchun beradi va asar nima uchun bundayy nomlanganligini o‘quvchilardan suraydi.
Tinglash uchun berilgan asarning qayfiyatini aniqlash vazifasini beradi.
Bunday savollar o‘quvchilarda musiqani tinglash xohishini uyg‘otadi, musiqiy idrokni faollashtiradi. O‘quvchilar asar mazmunini, musiqiy nutq vositalarining ifodaviyligini anglashga harakat qiladilar. Musiqiy idrokni hissiy jihatdan faollashtiruvchi va boyituvchi metodlar quyidagilar:
bolalarga tanish bo‘lganasarni yangi ijroda, yangi talqinda berish;
turli talqin va ijro usullarida berilgan bir asarning o‘zini taqqoslash;
o‘qituvchining jonli ijrosi, o‘qituvchining kirish so‘zi;
yuqori sifatli audio va CD yozuvlaridan foydalanish;
-cholg‘u asarlarining musiqiy mavzularini lokalizatsiya qilib kuylash. Musiqa idroki musiqiy asarni o‘rganish jarayonida rivojlanadi va bu jarayon to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
o‘qituvchining kirish so‘zi, musiqiy asarni birinchi bor tinglash;
musiqiy asar taxlili, qayta tinglash.
Endi bu bosqichlarni alohida ko‘rib chiqamiz. O‘qituvchining kirish so‘zi qisqa, emotsional, qiziqarli bo‘lib, asosiy maqsad – bolalarning diqqatini tinglanadigan asarga jalb etish, unga qiziqish uyg‘otish. O‘qituvchi o‘z kirish so‘zida bolalarga kompozitor haqida qisqacha so‘zlab berishi mumkin. Ba’zida esa kirish so‘zi bir necha savollardan iborat bo‘lib, bolalar idrokini faollashtirish, ularda musiqani tinglash xohishini hosil qilish kerak. Musiqiy asarni tinglash - o‘quvchilarni musiqani tinch, gaplashmasdan tinglashga o‘rgatish birinchi galdagi vazifadir. Asar boshidan oxirigacha ifodali badiiy ijroda grammyozuv orqali yoki o‘qituvchi ijrosida ko‘rsatiladi. Musiqa jaranglagan paytda o‘qituvchining o‘zi ham musiqani berilib tinglashi, ko‘rsatmalar bermasligi, yozuv-chizuv ishlari bilan shug‘ullanmasligi lozim, ya’ni o‘qituvchi musiqiy asarni o‘quvchilar bilan birgalikda tinglashi kerak. Musiqa tahlili - musiqa tinglashdan olingan xissiy ta’sirni chuqurlashtirish vazifasiga qaratilgan. Bu murakkab va o‘qituvchidan katta mahorat talab etadigan bosqich. Asarni tushunish va xis etish bir narsa emas. Taxlil ko‘pincha, hissiy idrokka halal ham berishi, tinglashni susaytirishi ham mumkin. Asar ifoda vositalari mazmundan ajralgan holda, ko‘rib chiqilsa, shunday hol ro‘y berishi aniq. Musiqa savodini egallagan o‘quvchilar musiqa taxlili jarayonida o‘z bilimlarini bemalol qo‘llay boshlaydilar. Musiqa taxlili jarayonida 3-4-sinflarda suhbat quyidagi savollar yuzasidan o‘tkaziladi: Mazmun va shakli. 2.Musiqiy janr.
3.Musiqa qanday o‘zgaradi. 4.Musiqiy shakl. Musiqa taxlili asosida o‘quvchilarning musiqaga kirib borishi, asosiy musiqiy qonuniyatlarni tushunib yetishlari bosqichma-bosqich, tizimli ravishda hosil bo‘ladi. Qo‘shiqning badiiy, chiroyli, ifodali ijrosiga erishishning muhim vositasi - o‘quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishdir. 3-4 sinfda ham o‘quvchilar bilan qo‘shiq aytishdagi holat, kuylash nafasi, tovush hosil qilish, talaffuz, soz, ansambl kabi vokal-xor malakalari ustida ish olib boriladi. 3-4 sinf "Musiqa madaniyati" dasturidan Vatan, mustaqillik, diyorimiz, tabiat, mehnat, bolalik mavzularidagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Bu qo‘shiqlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, uning kelajagiga sadoqat, mehnatsevarlik, estetik tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘rganiladigan qo‘shiqqa emotsional munosabatni rivojlantirish, tasavvurni, musiqiy eshitish va xotirani o‘stirish, musiqaning ifoda vositalarining ahamiyatini tushunish, jarangli, kuychan, yengil tovushlarda kuylash, o‘zini va o‘rtoqlarini tinglay olish, jo‘rsoz bilan hamda jo‘rsozsiz kuylash, ikki-uch ovozli kuylash orqali garmonik eshitish qobiliyatini shakllantirish kabi vazifalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘qituvchi kuylash uchun qo‘shiq tanlar ekan, avvalambor asarning badiiy qiymati, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, qiyofalar doirasini sinchiklab taxlil qilib chiqadi. Olingan natijaga qarab qo‘shiqni o‘rgatish metodlarini tanlaydi.