00C da hajmi 11,2 l bo’lgan idishda 1 g vodorod, 8,5 g ammiak va 28 g azot aralashmasi to’ldirilgan.Idishdagi bosimni (kPa) hisoblang.
200C da simobning to’yingan bug’larining bosimi 0,160 Pa ga teng. Xonada simob termometri singanda,havoning 1 sm3hajmida simobning massasi qancha (mg) bo’ladi?
180C va 101,325 kPa bosimda 112 ml vodorod ajralib chiqishi uchun kislotada necha gramm rux eritilishi kerak?
Massasi 1 g bo’lgan xlor, hajmi 10 ml bo’lgan ampulaga to’ldirilgan.Ampula 00C dan 2730C gacha qizdirilganda,undagi bosim qanday o’zgaradi?
Suv bug’ining 100C dagi bosimi 2733 Pa ga teng.Shu bug’ning besh ml da nechta suv molekulalari bo’ladi?
Normal sharoitda CO2 ni zichligini (g/l) hisoblang.
Zichligi 0,0893 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasi tarkibiga kiruvchi bitta atomning massasi qanday bo’ladi?
Zichligi 1,964 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.
Oddiy modda zichligi 1,25 g/l (n.sh.) bo’lsa,uning bitta atomining massasi qancha (g) bo’ladi?
Zichligi 2,857 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.
Hajmiy ulushi 25% kislorod va 75% ozon bo’lgan aralashmani normal sharoitdagi zichligini toping.
CO2 gazini 25 0C va 100 kPa bosimdagi zichligini hisoblang.
Tarkibi 3CO + 2CO2 dan iborat gazlar aralashmasining 500C va 98,6 kPa bosimdagi zichligini hisoblang.
Teng hajmdagi geliy bilan kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini toping.
Oltingugurt bug’ining havoga nisbatan zichligi 8,83 ga teng.Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat?
Azot va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15,5 ga teng. Shu aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.
Vodorodga nisbatan zichligi 7 bo’lgan vodorod-kislorod aralashmasida vodorodning hajmiy ulushi necha foizga teng?
Hajm bo’yicha 50% azot va 50% kisloroddan tashkil topgan gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligini aniqlang?
Kislorod-ozon aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang.
Temperatura -100C va bosim 120 kPa bo’lgan sharoitda metan va azot aralashmasining zichligi 1,25 g/l bo’lsa, aralashmadagi eng yengil gazning massa ulushi (%) ni toping.
490 C da zichligi 1,129 g/l bo’lgan gazda kislorod bilan qanday gaz teng hajmda aralashgan ekanligini toping.
Hajmi 48 l bo’lgan ammiak va uglerod (IV) oksid aralashmasining massasi 72 g bo’lsa, aralashmadagi har bir gazning hajmini (l) hisoblang.
Gazlar aralashmasining 25% I metan va 75% I havo bo’lsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligini toping.
Azot bilan qaysi galoidvodorod aralashmasining 202,65 kPa bosim va 500C dagi zichligi
1,886 g/l bo’ladi.
Uglerod oksidlari aralashmasining massasi 44 g, ularning hajmi esa 28 l (n.sh.), CO2 va CO molekulalari nisbati qanday bo’ladi.
Vodorodga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi tarkibidagi har bir moddaning hajmiy tarkibini (%) toping.
Gazning havoga nisbatan zichligi 2,562 ga teng bo’lsa, 1 l gazning n.sh. dagi massasini aniqlang.
Havoga nisbatan zichlgi 1,52 ga teng bo’lgan gazning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.
2 hajm azot va 3 hajm kisloroddan tashkil topgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 1,9565 g/l ga teng. Noma’lum gaz
formulasini aniqlang.
260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 1,5652 g/l ga teng. Noma’lum gaz formulasini aniqlang.
260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 3,485 g/l ga teng. Noma’lum gaz
formulasini aniqlang.
Qanday haroratdagi (C 0) azotning zichligi normal sharoitdagi kislorodning zichligiga teng bo’ladi?(P=const)
Qanday haroratdagi (C 0) metanning zichligi normal sharoitdagi kislorodning zichligiga teng bo’ladi?(P=const)
Tarkibi hajm bo’yicha 30% azot va 70% kislorod bo’lgan birikmaning vodorodga nisbatan zichligi nechaga teng?
0,6 l (360 K, 83200 Pa) hajmdagi noma’lum modda bug’ining massasi 1,3 g ga teng. Moddaning havoga nisbatan zichligini aniqlang.
Azot (II) oksid va azot (IV) oksidlardan iborat gazlar aralashmasining zichligi 1,429 g/l bo’lsa (n.sh), shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni azot atomlarining sonidan necha martta ortiq bo’ladi?
33,8 g xlorat kislota HClO3 ni sulfit angidrid bilan vodorod xloridgacha qaytarish uchun 250C va 98,7 kPa bosim ostida bo’lgan sharoitda talab etiladigan qaytaruvchining hajmini hisoblang.
Geliyga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan, azot (III) oksid va azot (IV) oksidlaridan iborat aralashmadagi azot va kislorod atomlari sonining nisbatini aniqlang.
Hajmiy tarkibi 80% metan va 20% noma’lum gazdan iborat bo’lgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 9,6 ga teng. Noma’lum gazning molekulyar massasini aniqlang.
420 mg azot olish uchun necha litr (00C,101,3 kPa) havo kerak bo’ladi? Havodagi azotning hajmiy ulushi 78%
Noma’lum miqdordagi CO va CO2 gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 7,6 ga teng. Shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni uglerod atomlarining sonidan necha martta ko’p?
Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan 16 l SO2 va SO3 gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.
Tarkibida 25% ozoni bo’lgan ikki gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng. Ozonga qaysi gaz aralashgan?
Vodorodga nisbatan zichligi 25 ga teng bo’lgan 8 l CO2 va SO2 gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.
Vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng bo’lgan 6 l kislorod va azot gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.