2-Mavzu: 4-5-dars+ 2-darajali masalalar +3-darajali murakkab masalalar. 4-dars. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari



Yüklə 339 Kb.
səhifə4/4
tarix03.04.2023
ölçüsü339 Kb.
#92692
1   2   3   4
2-Mavzu 4-5-dars 2-darajali masalalar 3-darajali murakkab mas

dars. Ideal gaz qonunlari.




  1. Boyl – Marriot qonuni qanday ta`riflanadi va uning matematik ifodasini yozing ?

  2. Sharl va Gey – Lyussak qonuni qanday ta`riflanadi va uning matematik ifodasini yozing ?

  3. Mendeleyev – Klapeyron tenglamasining matematik ifodasini yozing.

  4. Xonada gaz balonning bosim 80 kPa temperatura 24 oC bo`lsa, -10oC li ko`chada qanday bosimni egallaydi? V=const

  5. 20kPa bosimda havo shari 15 litr hajmni egallaydi, 150 kPa qanday hajmni egallaydi? T=const

  6. 150 litrli havo shari 20oC havoda uchurilgandan so`ng, havoning yuqori qatlamiga o`tganda 10oC da necha litrli bo`ladi? P=const

  7. Xonada gaz balonning bosim 25 kPa temperatura 123 oC bo`lsa, ko`chada gaz balon bosimi 1atm bo`lsa, temperaturani toping? V=const

  8. 3,6 atm bosimda havo shari 22 litr hajmni egallaydi, qanday bosimda havo shari 11 litrni egallaydi? T=const

  9. 1,25 litrli havo shari 20oC havoda uchurilgandan so`ng, havoning yuqori qatlamiga o`tganda havo necha K bo`lganda hajm 2 litr bo`ladi? P=const

  10. 4,5 litrli gaz saqlagan hajmi o`zgaruvchan idish 20oC 1 atm bosimda turibdi. Shu gaz 100 K

3atm da qanday hajmni egallaydi?

  1. 2 litrli gaz 20oC 1 atm bosimda turibdi. Shu gaz necha K 101,325 kPa da 5 litr hajmni egallaydi?

  2. 10 litrli gaz 10oC 10 kPa bosimda turibdi. Shu gaz necha oC da 20 kPa da 20 litr hajmni egallaydi?

  3. 30 litrli gaz 30 K 30 kPa bosimda turibdi. Shu gaz 40 oC 40kPa da qanday hajmni egallaydi?

  4. Hajmi 25 l bo‘lgan idishda 20°C harorat va 230 kPa bosimda kislorod to‘ldirilgan. Idishdagi kislororod massasini toping?

  5. Normal sharoitda gazning hajmi 44,8 litr ga teng. 27 0C va 152 kPa bosimda shu gaz qanday

hajmni egallaydi?

  1. Normal sharoitda gazning hajmi 33,6 litr ga teng. 47 0C va 172 kPa bosimda shu gaz qanday hajmni egallaydi?

  2. Normal sharoitda gazning hajmi 44,8 litr ga teng. 27 0C va qanday bosimda (kPa) shu gaz

67,2 litr hajmni egallaydi?

  1. 250C va 101,325 kPa bosimda gazning hajmi 25 litr bo’lsa, shu gaz normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?

  2. 630C va 152 kPa bosimda gazning hajmi 33,6 litr bo’lsa, shu gaz normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?

  3. Massasi 4,2 g bo’lgan azot 270C va 152 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?

  4. Massasi 24 g bo’lgan azot (II) oksid 300C va 202,65 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?

  5. 2 litr vodorodning 15 0C va 100,7 kPa bosimdagi massasini hisoblang.

  6. 16,8 litr kislorodning 25 0C va 100 kPa bosimdagi massasini hisoblang.

  7. Hajmi 624 ml bo’lgan gaz 17 0C va bosim 104 kPa bo’lganda 1,56 g massaga ega. Gazning molekulyar massasini aniqlang.

  8. Hajmi 5 l bo’lgan po’lat idishda 250 kPa bosim ostida 270C sharoitdagi ammiakda nechta

vodorod atomi bor?

  1. Massasi 273 g bo’lgan gaz 200C va normal bosimda 156,3 l hajmni egallasa, uni molekulyar massasini aniqlang.

  2. Suv bug’ining -100C dagi bosimi 273,3 Pa ga teng.Shu bug’ning bir ml da nechta suv molekulalari bo’ladi?

  3. Massasi 0,666 g bo’lgan gazning 500C, 120 kPa bosimdagi hajmi 480 ml bo’ladi. Shu gazning molyar massasini hisoblang.

  4. Agar bosim 101,3 kPa ga teng bo’lsa, hajmi 1 litr bo’lgan xlor qanday temperaturada (0C) 1 g

massaga ega bo’ladi?

  1. 270C da hajmi 100 l bo’lgan idishda 3,01· 1024 ta gaz molekulalari bo’lsa,idishdagi bosim (kPa) qanday bo’ladi?

  2. Hajmi 5,6 l bo’lgan idishga (n.sh.) 1 g vodorod, 3,65 g vodorod xlorid va 35,5 g xlor to’ldirilgan.Idishdagi bosimni (kPa) hisoblang.

  3. 250C va 101325 Pa bosimda gaz 1m3 hajmni egallaydi.Shu temperatura va 405300 Pa bosim bu gazning hajmi qancha bo’ladi?

  4. 1000C temperaturada hajmi 1m3 bo’lgan idish 1kg vodorod bilan to’ldirilgan.Idishdagi

bosimni hisoblang.

  1. 273 K da hajmi 1,12·1-2 m3 bo’lgan idishga 0,042 kg azot va 0,008 kg metan to’ldirilgan.Idishdagi bosimni (kPa) hisoblang.

  2. Qaysi gazning 1 grammi 00C 101,1 kPa bosimda 5,1·10-4 m3 hajmni egallaydi? 1) N2O; 2) N2; 3) CO; 4) CO2; 5)C2H4; 6)C3H8

  3. 00C da hajmi 11,2 l bo’lgan idishda 1 g vodorod, 8,5 g ammiak va 28 g azot aralashmasi to’ldirilgan.Idishdagi bosimni (kPa) hisoblang.

  4. 200C da simobning to’yingan bug’larining bosimi 0,160 Pa ga teng. Xonada simob termometri singanda,havoning 1 sm3 hajmida simobning massasi qancha (mg) bo’ladi?

  5. 180C va 101,325 kPa bosimda 112 ml vodorod ajralib chiqishi uchun kislotada necha gramm rux eritilishi kerak?

  6. Massasi 1 g bo’lgan xlor, hajmi 10 ml bo’lgan ampulaga to’ldirilgan.Ampula 00C dan 2730C gacha qizdirilganda,undagi bosim qanday o’zgaradi?

  7. Suv bug’ining 100C dagi bosimi 2733 Pa ga teng.Shu bug’ning besh ml da nechta suv molekulalari bo’ladi?

  8. Normal sharoitda CO2 ni zichligini (g/l) hisoblang.

  9. Zichligi 0,0893 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasi tarkibiga kiruvchi bitta atomning massasi qanday bo’ladi?

  10. Zichligi 1,964 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.

  11. Oddiy modda zichligi 1,25 g/l (n.sh.) bo’lsa,uning bitta atomining massasi qancha (g) bo’ladi?

  12. Zichligi 2,857 g/l (n.sh.) bo’lgan gaz molekulasining massasi (g) ni toping.

  13. Hajmiy ulushi 25% kislorod va 75% ozon bo’lgan aralashmani normal sharoitdagi zichligini toping.

  14. CO2 gazini 25 0C va 100 kPa bosimdagi zichligini hisoblang.

  15. Tarkibi 3CO + 2CO2 dan iborat gazlar aralashmasining 500C va 98,6 kPa bosimdagi zichligini hisoblang.

  16. Teng hajmdagi geliy bilan kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini toping.

  17. Oltingugurt bug’ining havoga nisbatan zichligi 8,83 ga teng.Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat?

  18. Azot va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15,5 ga teng. Shu aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.

  19. Vodorodga nisbatan zichligi 7 bo’lgan vodorod-kislorod aralashmasida vodorodning hajmiy ulushi necha foizga teng?

  20. Hajm bo’yicha 50% azot va 50% kisloroddan tashkil topgan gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligini aniqlang?

  21. Kislorod-ozon aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang.

  22. Temperatura -100C va bosim 120 kPa bo’lgan sharoitda metan va azot aralashmasining zichligi 1,25 g/l bo’lsa, aralashmadagi eng yengil gazning massa ulushi (%) ni toping.

  23. 490 C da zichligi 1,129 g/l bo’lgan gazda kislorod bilan qanday gaz teng hajmda aralashgan ekanligini toping.

  24. Hajmi 48 l bo’lgan ammiak va uglerod (IV) oksid aralashmasining massasi 72 g bo’lsa, aralashmadagi har bir gazning hajmini (l) hisoblang.

  25. Gazlar aralashmasining 25% I metan va 75% I havo bo’lsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligini toping.

  26. Azot bilan qaysi galoidvodorod aralashmasining 202,65 kPa bosim va 500C dagi zichligi

1,886 g/l bo’ladi.

  1. Uglerod oksidlari aralashmasining massasi 44 g, ularning hajmi esa 28 l (n.sh.), CO2 va CO molekulalari nisbati qanday bo’ladi.

  2. Vodorodga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi tarkibidagi har bir moddaning hajmiy tarkibini (%) toping.

  3. Gazning havoga nisbatan zichligi 2,562 ga teng bo’lsa, 1 l gazning n.sh. dagi massasini aniqlang.

  4. Havoga nisbatan zichlgi 1,52 ga teng bo’lgan gazning geliyga nisbatan zichligini aniqlang.

  5. 2 hajm azot va 3 hajm kisloroddan tashkil topgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.

  6. 260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 1,9565 g/l ga teng. Noma’lum gaz

formulasini aniqlang.

  1. 260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 1,5652 g/l ga teng. Noma’lum gaz formulasini aniqlang.

  2. 260C da va 1,2 atm bosimda noma’lum gazning zichligi 3,485 g/l ga teng. Noma’lum gaz

formulasini aniqlang.

  1. Qanday haroratdagi (C 0) azotning zichligi normal sharoitdagi kislorodning zichligiga teng bo’ladi?(P=const)

  2. Qanday haroratdagi (C 0) metanning zichligi normal sharoitdagi kislorodning zichligiga teng bo’ladi?(P=const)

  3. Tarkibi hajm bo’yicha 30% azot va 70% kislorod bo’lgan birikmaning vodorodga nisbatan zichligi nechaga teng?

  4. 0,6 l (360 K, 83200 Pa) hajmdagi noma’lum modda bug’ining massasi 1,3 g ga teng. Moddaning havoga nisbatan zichligini aniqlang.

  5. Azot (II) oksid va azot (IV) oksidlardan iborat gazlar aralashmasining zichligi 1,429 g/l bo’lsa (n.sh), shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni azot atomlarining sonidan necha martta ortiq bo’ladi?

  6. 33,8 g xlorat kislota HClO3 ni sulfit angidrid bilan vodorod xloridgacha qaytarish uchun 250C va 98,7 kPa bosim ostida bo’lgan sharoitda talab etiladigan qaytaruvchining hajmini hisoblang.

  7. Geliyga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan, azot (III) oksid va azot (IV) oksidlaridan iborat aralashmadagi azot va kislorod atomlari sonining nisbatini aniqlang.

  8. Hajmiy tarkibi 80% metan va 20% noma’lum gazdan iborat bo’lgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 9,6 ga teng. Noma’lum gazning molekulyar massasini aniqlang.

  9. 420 mg azot olish uchun necha litr (00C,101,3 kPa) havo kerak bo’ladi? Havodagi azotning hajmiy ulushi 78%

  10. Noma’lum miqdordagi CO va CO2 gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 7,6 ga teng. Shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni uglerod atomlarining sonidan necha martta ko’p?

  11. Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan 16 l SO2 va SO3 gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

  12. Tarkibida 25% ozoni bo’lgan ikki gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng. Ozonga qaysi gaz aralashgan?

  13. Vodorodga nisbatan zichligi 25 ga teng bo’lgan 8 l CO2 va SO2 gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

  14. Vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng bo’lgan 6 l kislorod va azot gazlari aralashmasidagi har bir gazning hajmini (l) toping.

Страница из



Yüklə 339 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin