2-Mavzu: Algoritm Ma’lumot turlari Reja: Algoritm va uning xossalari
Algoritm turlari
Algoritmning tasvirlash usullari
2.Algoritm va uning xossalari Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.
Ta’rif. Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega:
Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
Natijaviylik - deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi.
Diskretlik - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.
Algoritm turlari Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
Python standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:
Matnli ma'lumot turi: str
Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex
Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range
Lug'atli ma'lumot turi: dict
To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset
Boolean(to'g'ri/noto'g'ri) ma'lumot turi: bool
Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview
Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng ko‘p uchraydiganlari quyidagilar ekanligini ko‘rsatib o‘tish joiz: