2-Mavzu: Amaliy dasturlardan foydalanish. Ofis dasturlar paketi. Tibbiyot xodimlari ushun planshetlardan foydalanib


Mavzu: Matn muharrirlarida ishlash asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/15
tarix26.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#102989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2.Tema

Mavzu: Matn muharrirlarida ishlash asoslari Reja:

  1. Microsoft word 2013 dasturi menyu bo‘limlari

  2. Saxifa parametrlarini sozlash. Matn bilan ishlash va chop etish.

  3. MS Word muxarririda obektlar bilan ishlash va retsenziyalash Microsoft

word 2013 dasturi menyu bo‘limlari

Muharrir (lotin tilida-tartibga keltirilgan)-kompyuter ob‘ektlari (matn,jadval,grafik, dastur) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta‘minot tizimidir. Matnli hujjat tayyorlaydigan dasturiy guruhni asosan ikkiga ajratish mumkin. Matn muharriri va matn protsessori. Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni formatlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Formatlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko‘rsatilmaganligi tushuniladi.


Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi.
Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa ob‘ektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga
Word matn muharririni keltirish mumkin.
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo‘lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o‘zidan oldingi matn
muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Word 2013 dasturi ishga tushgach ekranda ishchi soha hosil bo‘ladi. Microsoft Word 2013 Menyu satri quyida aks ettirilgan.

Microsoft Word 2003 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2007 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2010 dasturi menyu bo‘limi:


Microsoft Word 2013 Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi:


Fayl, Glavna, Vstavka, Dizayn, Razmetka Stronisiy, Vid, Vstavka, Ss‟lki, RaSs‟lki, Ritsenzirovaniye
Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo‘lib ular orqali hujjat yaratish, saqlangan hujjatni ochish , joriy hujjatni yopish , hujjatni saqlash, boshqa nom bilan saqlash , Internet sahifasi shaklida saqlash , hujjatlarni mazmuni bo‘yicha qidirish , bir faylning o‘zida bir nechta hujjatni (o‘zgartirish kiritilish vaqtiga ko‘ra) saqlash va ochish, Internetda hujjatning qanday ko‘rinishini ko‘rib o‘tish, hujjatni (qog‘oz turini, hoshiyani) o‘zgartirish, printerdan chop etishdan oldin ko‘rish , chop etish, boshqa dasturlarga (electron pochtaga
) hujjatni yuborish, hujjat haqida ma‘lumot olish, oldin ochilgan hujjatlarni ro‘yxati va dasturdan chiqish kabi menyu punktlari bor. Windows 8 OT
da fayl bo‘limi boshqa operatsion sistemalardan farqli ravishda quydagicha bo‘ladi.
Microsoft Word 2013 dasturida oldingi dasturlardan farqli ravishda pravka bo‘limi
mavjud emas.
Glavnaя menyusda Word dasturida bajariladigan asosiy amallar ketma-
ketligi joylashgan bo‘lib, bu menyuga foydalanuvchi eng ko‘p murojaat qiladi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin