b) asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish. Bunday usul bilan ishga
tushirishda reaktiv qarshiliklarda ishga tushirish tokiga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladigan
kuchlanish pasayishi U vujudga kelib, stator chulg’amlariga pasaygan kuchlanish U1ras
beriladi. Bu kuchla-nishning qiymati quyidagicha topiladi:
U1ras = U1 – j I1xr ,
bunda xr – ishga tushirish reaktiv qarshiligi.
24
Bu kuchlanish ta’sirida motorning rotori aylana boshlaydi. Motorning aylanish
chastotasi oshib borgan sari rotor chulg’amida hosil bo’ladigan EYuK E2s kamayib boradi,
natijada ishga tushirish toki ham kamayadi.
Stator chulg’amlari bilan ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanish pasayishi U
kamayadi va motorning aylanish chastotasi oshgan sari unga berilayotgan kuchlanish U1
avtomatik ravishda ko’payib boradi. So’ngra Q2 ulagich ulanadi va motorga tarmoq
kuchlanishi U1 beriladi, bunda motor nominal kuchlanish bilan ishlaydi.
v) asinxron motorni avtotransformator yordamida ishga tushirish. Dastlab Q3
ulagichning ulangan holatida Q1 ulagich qo’shiladi. Bunda motorning stator chulg’amiga
avtotransformatordan pasaytirilgan kuch-lanish (U1pas) beriladi.
Bunda motorning dastlabki Mi.t momenti quyidagicha topiladi:
M i.t M i.t.N N U1 /U1N 2 .
Ishga tushirish toki kamayadi va u quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi
I i.t I i.t.N N U1 /U1N 2 .
Rotorning aylanish chastotasi oshgandan keyin Q3 ulagich uziladi va Q2 ulagich
ulanadi. Shu tariqa stator chulg’amiga tarmoqning to’la kuchlanishi be-riladi.
Avtotransformator yordamida tarmoqning kuchlanishi (0,550,73) U1N gacha pasaytirilar
ekan. Tarmoq kuchlanishini pasaytirib asin- xron motorlarini ishga tushirishning
yuqorida ko’rib o’tilgan usullarida
ishga tushirish toki va momentining kichikligi ularning kamchiligidir.