2-mavzu Asinxron mashinalar reja 1-Asinxron mashinalarning ish tavsiflari 2-Asosiy tlablar



Yüklə 25,54 Kb.
səhifə1/4
tarix13.12.2022
ölçüsü25,54 Kb.
#74428
  1   2   3   4
2-mavzu


2-mavzu Asinxron mashinalar.


reja
1-Asinxron mashinalarning ish tavsiflari
2-Asosiy tlablar.
3- Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish

U1 = const va f1 = const shartlar ta’minlangan holda rotorning aylanish chastotasi n,
sirpanishi s, stator toki I1, foydali momenti M2, quvvat ko-effisiyenti cosva FIK 
larni valdagi yuk (foydali quvvat) R2 ni o’zgartirib olingan n, s, I1, M2 , cos, = f (R2) bog’liqlikka asinxron motorning ish tavsiflari
deyiladi (13.4-rasm).
Motorning validagi yuk oshishi bilan sirpanish s o’sib boradi. Nomi-nal yuklamada
sirpanish sN 1,55% ni tashkil qiladi. Rotorning aylanish chastotasi (11.1,a) dan
quyidagiga teng bo’ladi:
n n1 1s60 f1 1s/ p.
Yuklama oshishi bilan sirpanish s ortadi, natijada rotorning aylanish chastotasi n
bir oz kamayadi.
Asinxron mashinaning nominal yuk bilan ishlagandagi foydali momenti:
M2N = 9,55P2N / nN , [ Nm ] .
Agarda n const bo’lganda M2 f (R2) bog’lanishning grafigi deyarli to’g’ri chiziq
bo’lardi. Lekin yuklama ortishi bilan n bir oz kamayadi, shu sababli
yuklamaning ortishi bilan moment M2 foydali quvvat R2 ga qaraganda tezroq o’sadi va uning
o’zgarishi yuqoriga og’gan egri chiziqdan iborat bo’ladi.
Motorning validagi yuk oshishi bilan stator toki I1 ning aktiv tashkil etuvchisi oshib
boradi. Kuchlanish U1 = const bo’lganligidan tok I1 ning reak-tiv tashkil etuvchisi I1r esa bir
xilda qoladi. Shuning uchun ham turli yukla-malarda motorning magnit oqimi deyarli
o’zgarmaydi. Shu sababli I1 f (P2) bog’lanish deyarli bir xilda qoladi.
Motor kichik yuk bilan ishlaganda stator toki tarkibidagi reaktiv tok,
23
aktiv tashkil etuvchisiga nisbatan katta bo’ladi. Shu sababli motorning quv-vat
koeffisiyenti kichik (0,10,2) bo’ladi. Yuklamaning ortishi bilan tokning aktiv tashkil
etuvchisi orta boradi. Bunda kuchlanish U1 va motor toki I1 vektorlari orasidagi burchak
kichiklashib, cosesa o’sib boradi. Motor- ning validagi yuk nominal qiymatga
yaqinlashganda cos1 katta qiymatga erishadi (cos1= 0,80,85). Yuklamaning yanada ortishi
natijasida rotorning aylanish chastotasi n kamayadi, sirpanish s va rotorning induktiv
qarshi-ligi x2 lar ortishi tufayli cos1 bir oz kamayadi.
FIK ning o’zgarishi xuddi boshqa elektr mashinalariniki yoki transformatorniki
singari bo’ladi. Yuksiz ishlashda FIK 0. Yuklamaning or-tishi bilan oshib boradi
va o’zgarmas isroflar (yuklamaga bog’liq bo’l-magan mexanik va yuksiz ishlash isroflari)
o’zgaruvchan isroflarga (yuklamaga bog’liq ravishda o’zgaradigan chulg’amlardagi elektr va
qo’shimcha isroflar)
teng bo’lganda o’zining katta qiymatiga erishadi va yuklamaning yanada ortishi natijasida
o’zgaruvchan isroflarning oshishi tu-fayli FIK bir oz kamayadi.

Yüklə 25,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin