Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish. Faza rotorli asinxron
motorlar maxsus uch fazali ishga tushirish reostati yordamida ishga tushiriladi. Ishga
tushirish toki quyidagi formula bilan aniqlanadi:
I i.t U1 / r'i.t r'2 r1xx'
.
2 1
2 2
Ishga tushirish reostati rotor chulg’amiga ketma-ket ulanadi.
Uning yordamida rotor chulg’amining aktiv qarshiligi oshirilib, ishga tushirish toki
kamaytiriladi, momenti esa oshiriladi.
Aylanish chastotasini rostlash.
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini rostlash muammosi muhim ekspluatasion
ahamiyatga ega. Sanoatning ayrim sohalarida motorlarning rostlash tavsiflariga juda
yuksak (keng ko’lamda rostlanishi, bir tekis rostlanishi va iqtisodiy samarali bo’lishi
kabi) talablar qo’yiladi.
Asinxron motorning aylanish chastotasi formula, ya’ni
p p11s60 f11s/ r
bo’yicha aniqlanadi. Bundan ko’rinishicha, motorning aylanish chastotasini rostlash uchun
unga berilayotgan kuchlanish chastotasi f1 ni, juft qutblar soni «p» ni va sirpanish «s» ni
o’zgartirish kerak ekan.
a) Kuchlanish chastotasini o’zgartirish yo’li bilan aylanish chasto-tani rostlash
(chastotali rostlash). Motorning aylanish chastotasini bunday usul bilan rostlashda
o’zgaruvchan aylanish chastotali sinxron generator, elektr mashinali yoki boshqariladigan
yarim o’tkazgich ventilli (tiristorli) statik chastota o’zgartgichlardan foydalaniladi.
Chastotali rostlashning asosiy qonunini birinchi marta akademik M.P. Kostenko
ta’riflab bergan va u quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
U1 / U1 = (f1 / f1) M '/ M ,
bunda: U1 va M – f1 chastotadagi kuchlanish va moment; U1 va M– o’zgartirilgan f1 chastotaga
mos keladigan kuchlanish va moment.
Motorning o’ta yuklanish qobiliyati, quvvat koeffisiyenti, aylantiruvchi moment,
foydali quvvat va FIKlardan birini yoki birnechtasini talab qilingan qiymatda o’zgarmas
25
holda saqlash zarur bo’lsa, chastota f1 ni o’zgartirish bilan bir vaqtda stator chulg’amiga
berilayotgan kuchlanish U1 qiymatini ham o’zgartirish shart ekan.
Agar motorning aylanish chastotasi yuk momenti o’zgarmas (M=M=const) bo’lgan shartda
rostlansa, unda motorga beriladigan kuchlanishni tok chasto-tasining o’zgarishiga mutanosib
ravishda o’zgartirish zarur bo’ladi, ya’ni:
U1 = U1f1/ f1 .
unda motorning quvvati aylanish chastotaning ko’payishiga mutanosib ravishda
oshadi. Agar aylanish chastotani rostlash motor quvvati o’zgarmas (Rem=M1=const) bo’lgan
shartda amalga oshirilsa, unda beriladigan kuchla-nishni quyidagi qonunga mos o’zgartirish
kerak bo’ladi:
U1 = U11
'
f1 / f .
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini stator toki chastotasi f1 orqali
rostlashda uning energetik tavsiflari o’zgarmasdan qolishi va aylanish chastotaning bir
tekis rostlanishi uning afzalligi bo’lsa, bu usulning murakkabligi va qimmatligi esa
uning jiddiy kamchiligidir.
v) Rotor zanjiriga reostat ulab asinxron motorning aylanish chastotasini
rostlashda aylanish chastota bir tekis va keng ko’lamda o’zgartiriladi. Bu usul bilan
amaliyotda aylanish chastota kichik oraliqlarda o’zgartirilishi mumkin, chunki rotor
zanjiridagi qo’shimcha qarshilik oshirilganda rotordagi elektr isroflar oshib ketadi