Ishga tushirish.
Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:
Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo’shimcha qurilmalarsiz bajarilishi
lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin
qadar kichik bo’lishi lozim.
Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar
qo’llaniladi. Stator chulg’amlarini to’g’ridan-to’g’ri tarmoqqa ulash, stator chulg’amiga
pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chulg’amiga reostatni ulab ishga tushirish (
oxirgisi faza rotorli motorlarda).
To’g’ridan–to’g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirish.Kichik va o’rta quvvatli qisqa
tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday usul bilan ishga tushiriladi. Bunda
motorning stator chulg’ami yetarli darajadagi quvvatga ega bo’lgan elektr tarmog’iga magnit
ishga tushirgich yoki oddiy ulagich yordamida qo’shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik
tavsifsi bo’yicha o’sib boradi. Ishga tushirish momenti Mi.t quyidagicha topiladi (ishga
tushirish paytida s 1 bo’ladi):
Mi.t = (m1 U12 r2 )/ {1[(r1 + r2)2 + (x1 + x2)2]}.
bo’lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Motorning stator chulg’amini to’g’ridan-to’g’ri elektr tarmog’iga ulab ishga tushirish
yuqoridagi kamchiliklarga ega bo’lishidan qat’iy nazar, u sodda, arzon va energetik
ko’rsatkichlari ( , cos1 ) kattadir.
Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish.Bunday usul bilan quvvati katta
bo’lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ishga tu-shiriladi. Tarmoq kuchlanishini
pasaytirish usullari quyidagidan iborat:
a) stator chulg’amini yulduz usulidan uchburchak usuliga o’tkazish yo’li bilan ishga
tushirish. Asinxron motorni bunda stator chulg’ami fazalariga berilayotgan kuchlanish 3
marta kamayadi, xuddi shuningdek faza toklari xam 3 marta kamayadi. Liniya toklari esa 3
marta kamayadi. Stator chulg’amlari-ning ulanish sxemasini o’zgartirish 3 fazali kontaktor
yoki ulagich yordamida amalga oshiriladi.