2-mavzu. Bank hujjatlari va hujjatlar aylanishi reja



Yüklə 157,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.10.2023
ölçüsü157,1 Kb.
#152036
1   2   3
3 мавзу

Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular bo‘yicha operatsiyalar 
bajarilgunga qadar bo‘lgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari 
bo‘yicha hujjatlar aylanishi deyiladi. 
Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining o‘z vaqtida to‘g‘ri va qonuniy tarzda 
amalga oshirilishida katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir bankda hujjatlarning 
aylanishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi. 
Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat ko‘rsatishga 


ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu 
kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik 
ko‘riladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning o‘zida, kechki payt kelib tushgan 
hujjatlar esa ertasi kun o‘tkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi 
mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi 
bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhsi, 
kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni komputer bo‘limiga uzatish 
vaqtlari belgilanadi. 
Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular 
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya 
ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
yo‘riqnomada o‘z ifodasini topgan. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan talabnomalar 
quyidagilardir: 
– Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib 
tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning o‘zida qabul qilinishi, 
rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi varaqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya 
kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi 
ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi. 

Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni 
Hisob-Markaziga jo‘natish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 
tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron 
to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom hamda unga 
kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim. 

Operatsiyalarning sifatli o‘tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank 
bo‘limida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini 
taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish 
lozim. 

Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita 
buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan 
so‘ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali 
topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak. 

Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar, 
jumladan, budjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul to‘lovlari 
mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida yetarli pul 
mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida 
to‘lanadi. 
Quyida banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi to‘g‘risidagi 
namunaviy ko‘rsatmalarni keltiramiz: 
Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi. 

Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni 
tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli 
hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar bo‘yicha hisobvaraqlar kartotekasiga 
joylashtirish bilan shug‘ulanadi. 



Pul sanash kassasidan tushumni yig‘ishga doir hujjatlar operatsion bo‘lim- 
buxgalteriya xodimi qo‘liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. 
Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab 
bo‘lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini 
kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim. 

Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul 
hujjatlari to‘lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi. 

Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi. 

Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi 
bo‘yicha o‘tkaziladi. 

Operatsion kun tugagandan so‘ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar 
bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi. 
-
Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan 
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga 
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi. 
-
Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo‘yicha summalarini kiritish va 
olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi 
kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib 
turilishi lozim. 
-
Joriy kun operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisob-kitob markaziga ular 
bilan kelishilgan maxsus grafik bo‘yicha berilishi kerak. 
-
Ekspeditsiya bo‘limiga hujjatlar ish kuni oxiriga kamida 1-1,5 soat 
qolganda qabul qilish to‘xtatiladi. 
Endi bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Bankning har bir operatsiyasi bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘z xususiyatlari bor 
(naqd pulsiz, kassa, kreditlash). Kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga 
ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari bo‘yicha 
hujjatlar aylanishini ko‘rib chiqamiz. 
1-rasm 

Yüklə 157,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin