2-mavzu. Bank hujjatlari va hujjatlar aylanishi reja



Yüklə 157,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix04.10.2023
ölçüsü157,1 Kb.
#152036
  1   2   3
3 мавзу



2-MAVZU. BANK HUJJATLARI VA HUJJATLAR AYLANISHI REJA: 
1.
Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi. 
2.
Banklarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish. 
3.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Hujjatlar aylanishi, hujjat rekviziti, hisobvaraq 
nomeri, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, 
kassa hujjatlari, pul cheki, mas’ul ijrochi, balansdan tashqari hisobvaraqlar, bankning 
operatsion ish kuni, shaxsiy komputer, hisob markazi, hujjatning qonuniyligi, bank 
operatsiyalari, hujjatlar yig‘majildi, asl nusxa, dalolatnoma, mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish grafigi. 
1. Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi. 
Banklar o‘zining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib boradi. Buxgalteriya 
hisobida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi 
mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan to‘liq 
saqlanishini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Misol uchun, pul mablag‘larini bankka 
topshirish yoki bankdan olishni to‘liq to‘ldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus 
hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o‘tkazib bo‘lingan operatsiyalarning 
naqadar to‘g‘riligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi. 
Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bo‘lgan 
barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko‘rsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va 
korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha 
hujjatlar uchun majburiy bo‘lgan rekvizitlar o‘rnatilgan. Hujjatlarning asosiy 
revizitlari quyidagilar: 
1.
Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i) 
2.
Hujjatning to‘ldirish sanasi va uning nomeri. 
3.
Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to‘liq nomi. 
4.
Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari. 
5.
Ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi. 
6.
Operatsiyaning mazmuni. 
7.
To‘lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda). 
8.
Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri. 
Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yo‘la bir necha nusxada 
to‘ldirilishi yoki komputerda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha 
ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qo‘lda, ruchkalar yordamida 
to‘ldiriladi. 
Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz. 
1.
Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar. 
2.
Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar. 
Hujjatlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, 
banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldiriladigan hujjatlarga 
asosan naqd pulsiz hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar: to‘lov talabnomasi, 
to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa 
operatsiyalari bo‘yicha esa pul topshirish haqidagi hujjat (e’lon) pul cheki kabilar 


kiradi. Har bir hujjatlarga korxona rahbari va buxgalterining imzolari qo‘yilib, ular 
muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga ko‘ra oddiy va yig‘ma 
bo‘lishi mumkin. Oddiy hujjatlarda faqat bitta xo‘jalik operatsiyasi aks etadi, yig‘ma 
hujjatlarda esa bir necha operatsiyalar jamlangan bo‘ladi. Oddiy hujjatlarga to‘lov 
talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul 
chekini misol qilish mumkin. Yig‘ma hujjatlarga esa yig‘ma to‘lov topshiriqnomasi, 
to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa kirim jurnali, kassaning chiqim 
jurnalini kiritish mumkin. 
Bundan tashqari bajariladigan operatsiyalarning mazmuniga ko‘ra bank 
operatsiyalari bo‘yicha barcha hujjatlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: 
1.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar; 
2.
Naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan kassa hujjatlari; 
3.
Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlarlar bo‘yicha hujjatlar. 
Ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z pul mablag‘larini biror bankda 
ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda naqd pulsiz operatsiyalari 
(pul to‘lash va pul kelib tushishi bo‘yicha) mana shu hisobvaraqlar orqali o‘tkazadi. 
Pul o‘tkazish mijozning topshirig‘i yoki mol jo‘natuvchi korxonaning to‘lov 
talabnomasi orqali bank xodimlari tomonidan bajariladi. Bu holda naqd pul 
ishlatilmaydi. Operatsiyalar hisobvaraqlardan yozuvlar bajarish orqali o‘tkaziladi. 
Shuning uchun bunday operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlarni naqd pulsiz hisob-
kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz. 
Bankda balans ichidagi hisobvaraqlar bilan bir qatorda balansdan tashqari 
hisobvaraqlar ham yuritiladi. Bunday hisobvaraqlarda asosan qimmatbaho hujjatlar 
hamda ba’zi bir bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisobga olinadi. Masalan, 
to‘lanadigan akkreditivlar, to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari, o‘z 
vaqtida to‘lanmagan hujjatlar balans tashqaridan hisobvaraqlar bo‘yicha yuritiladigan 
hujjatlar jumlasidandir. Bu hisobvaraqlardagi qoldiq bank balansiga ta’sir etmaydi. 
Shuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha hujjatlarga 
kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldirilgan 
hujjatlar hamda bank tomonidan to‘ldirilgan hujjatlar kiradi. Bu hujjatlarning har biri 
haqida bundan keyingi mavzularda to‘xtalib o‘tamiz. 
2. Banklarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish. 
Hujjatlar aylanishi operatsiyalarning qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligi va 
to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini hamda ularning hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini 
tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 157,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin