1. Biznes huquqining manbalari tushunchasi va belgilari.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar va qonunosti hujjatlari tadbirkorlik huquqining manbalari sifatida e’tirof etiladi.
Tadbirkorlik huquqining manbai – bu tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keladigan tadbirkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ish muomala odatlaridir.
Tadbirkorlik huquqining manbalari:
Tadbirkorlik qonunchiligi – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisidan iborat.
2. Biznes qonunchiligi tizimi.
Biznes huquqiy munosabatlar
– bu biznes sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda uni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan, tadbirkorlik huquqiy normalari asosida tartibga solinadigan munosabatlardir.
3. Biznes huquqiy munosabat tushunchasi, belgilari va turlari.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatning turlari
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar elementlari shu munosabat, …, … va … dan iborat bo‘ladi
sub’ektlari
ob’ektlari
uning mazmuni
Tadbirkorlik huquqi sub’ektlari – tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda ishtirok etadigan tadbirkorlar (yuridik shaxs va YaTT), davlat yoki uning organlari bo'l ishi mumkin.
“Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va jismoniy shaxslardir”. (Qonunning 4-moddasi) THM obyektlari
ashyolar, pul va qimmatli qog'ozlar
bajariladigan ishlar
ko'rsatiladigan xizmatlar
tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy ne’matlar (firma nomi, tovar belgisi, tijorat siri)
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarini turkumlanishi: mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatlar (mulkiy munosabatlar);
mutlaq-nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar (tadbirkorlik yuritish, operativ boshqarish);
o’z tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo’yicha mutlaq huquqiy munosabatlar;
nomulkiy-mutlaq tadbirkorlik huquqiy munosabatlari;
majburiyat tadbirkorlik huquqiy munosabatlari
Mutloq ashyoviy huquqiy munosabat-obyekti ashyo hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, subyekt qonun yoʻl qoʻygan asoslarda oʻzining mulkka boʻlgan huquqini, yaʼni egalik, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha hulq-atvorini belgilovchi harakatni amalga oshiradi.
Nisbiy huquqiy munosabatlar: bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar oʻzaro huquq va majburiyat sohiblari boʻladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor oʻrtasidagi majburiyatda nisbiy munosabatlarni koʻramiz.
Nomulkiy huquqiy munosabatlar-xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy ne’matlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek, ishchanlik obroʻsini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi.