2-мавзу бўйича топшириқлар: Қуйидаги саволларга жавоб ёзинг



Yüklə 31,46 Kb.
səhifə2/4
tarix16.03.2023
ölçüsü31,46 Kb.
#88316
1   2   3   4
Biznesni bosharish 2-hafta

Kommandit(aralash) xo‘jalik shirkati shirkatchiligi dеb shunday shirkatga aytiladiki, unda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha mulki bilan ma'suliyatli bitta va undan ko‘p qatnashchilar bilan birgalikda bitta yoki bir nеchta qatnashchilar (kommanditistlar) xam bolib, ularing ma'suliyati faqat o‘zlari qo‘shgan xissa bilan bеlgilanadi.

  • Xo‘jalik shirkatlari - bu shaxslarning shunday birlashmasiki, unda ta'sichilar ta'sischilar faqat mulkiy badallar bilangina emas, balki shaxsiy faoliyati bilan xam qatnashadilar. Xo‘jalik shirkatlarining asosan to‘liq va kommandit (aralash) shakli mavjud.

  • Qoʻshma korxona (odatda QK deb qisqartiriladi) ikki yoki undan koʻp taraflar tomonidan tuzilgan iqtisodiy tashkilotdir.

    Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.

    1. Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shklini taʼminlaydi.

    2. xolding kompaniya (ing. holding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini oʻz tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat boʻlgan kompaniyabosh korxona. X. tarkibida asosiy korxona va shoʻba korxona yoki bir necha shoʻba korxonalar mavjud boʻladi. Xolding kompaniyaning oʻzi i. ch. faoliyati bilan shugʻullanmasligi mumkin, lekin koʻp hollarda Xoldinglar aksiyalarni boshqarish bilan bir katorda moliyakredit, savdo, transport va b. faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. 

    3. Ofshor kompaniyasi — bu imtiyozli soliq toʻlash (yoki umuman toʻlamaslik) hududida bunyod etilgan korxona boʻlib, u roʻyxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir. Odatda, ofshor korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki kompaniya shaklida tashkil etiladi. Ammo, ofshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy — huquqiy shakllar ham yoʻq emas, masalan shirkatchilik, xorijiy kompaniyaning shaxobchasi shaklida boʻlishi mumkin.



    Yüklə 31,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin