Kuzatish. Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo'lib, psixik xodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan xodisalarga faol ta’sir ko'rsatish, ularni o'zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko'rinishda qaytadan yaratib bo'lmaslik kabi xususiyatlar qayd etiladi. Shunga qaramay bu metod xaligacha asosiy psixologik - metodlardan biri bo'lib kelmoqda. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlaming diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,xulq-atfori, nutq faoliyati va xakozolar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetarli. Masalan, go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. o‘quvchining darsdagi xolatini kuzatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. o‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishida rajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini ko‘zatish ularning harakteri, nutq faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
- Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob’ektiga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga, berilmaslikni, chehradagi tashrif va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayrtabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy xolatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarish aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning bo‘zilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi. Psixologiya fanida o‘zini-o‘zi ko‘zatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki yuqori malakali o‘qituvchi o‘zini-o‘zini ko‘zatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zida emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanzmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati mazmuni va mohiyati va qaytarishda, qanday tezlikda, qay shaklda ro‘y berish kuzatadi. Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi ko‘zatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari ko‘zatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar lekin inson turli faziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas. Shunday qilib, ko‘zatish metodining qulay va samarali jixatlari bilan birgina zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
- E
Dostları ilə paylaş: |