2-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari


Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari



Yüklə 265 Kb.
səhifə9/13
tarix18.12.2022
ölçüsü265 Kb.
#76192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-Mavzu Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja Bola psi

5. Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari
  • Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o‘rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil savollar beriladi.
  • Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, “g‘aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o‘ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
  • Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkur, qobiliyat va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod yosh davri psixologiyasida keng qo‘llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, metodlar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali, badiiy va adabiiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ek to‘rttasida muloqot o‘rganish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi.
    • Ijodiy faoliyat mahsullari
    • Bular turli yoshdagi jinsdagi odamlar, har xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, harakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
    • Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talablar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plash mumkin.
    • Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o‘zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma’qul. Faoliyat maxsulini o’rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni o’rganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalarning tasviriy faoliyati maxsullarini
    • taxlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoliyat maxsullarini o’rganishga asoslangan metodlar o’z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar o’z ichiga rasm chizish metodikalari - «Odamni chizin , «Avtoportret», «Erkin mav-zudagi rasm», «Dunyo rasmi», «Oila rasmi», «Oilaniing kinetik rasmi», "Uy, daraxt, odam» - «Geometrik shakllardan odam rasmini yig’ish» , «Daraxt» grafik testi, «Grafik diktant» va boshqalarni oladi. Yukorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil taxlil etilgan.

    • Yüklə 265 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin