Mavzu: Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari Reja:
1..Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlarining dolzarbligi va ahamiyati.
2. Bitiruv malakviy ishining maqsad va vazifalari.
3. Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlarining maqsad va vazifalari.
4. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
2.3. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida.
III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi.
Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi. An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi maiumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina tahminlarni ilgari surish mumkin bo’ladi. Kuzatish. Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo’lib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir.
Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadkikot jarayonida ishlatiladigan barcha tadkikot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin metodologiya tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengrok tushunchadir. Xozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan rus olimlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy konuniyatlaridan kelib chikadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni «metodologiya» tushunchasi konkret metodlar yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir.
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom etgiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash). Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi.
Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmokda. Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir.
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi.
Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi.
Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi.
Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir.
Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.