2-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari


So‘rovdag bir savol keyingisi bilan bog'lik xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagixolatlarga so'rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim



Yüklə 265 Kb.
səhifə12/13
tarix18.12.2022
ölçüsü265 Kb.
#76192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-Mavzu Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja Bola psi

So‘rovdag bir savol keyingisi bilan bog'lik xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagixolatlarga so'rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim:
  • 1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beriladigan javoblarga ta’sir o'tkazmasligi kerak.
  • 2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga o'tib ketgan bo'lmasligi, bir savoldan boshqasiga o'tishda mavzu keskin o'zgartirilmasligi lozim.
  • Z. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ishlashga jalb eta olishi kerak (simmetrik to'gri bo'lishi, yozuv yoki og'zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo'lishi zarur).
  • 4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va surovning uzunligi bir-biriga mos bo'lishi (masalan, ota-onalar bilan so'rov o'tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
  • 5. So'rov so'ngida sinaluvchiga nisbatan minnatdorchilik va tashakkur izxor etilishi - «Javoblaringiz uchun tashakkur» , «Yordamingiz uchun raxmat» kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiqbo'ladi.
  • Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-biridan alohida va ajralgan emas.
  • Proektiv metodlar. Proektiv metod - shaxsni o'rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo'ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini taxlil etish orqali uning shaxsi xakida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, qo'rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo'llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: «Bola apper-sepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo'llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o'tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
  • Test. Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini o'lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig'indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo'llaniladi. Ushbu metod Bir qator ustun tomonlar gazga: Tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruxi bilan o'tkazish mumkin natijalarni xisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmaydi.
    Yüklə 265 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin