2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari -2 soat Reja



Yüklə 97,27 Kb.
səhifə11/20
tarix15.12.2022
ölçüsü97,27 Kb.
#75094
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Фалсафа сиртқи 2 мавзу

Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni o‘rganishdan oldin quyidagi holatga e’tiborni qaratish lozim. Ba’zan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma bo‘lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z yuritar ekanlar, ba’zan ularni okeandagi muz toqqa o‘xshatadilar. Bu muztog‘ning suv ustidagi ko‘zga ko‘rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi ko‘rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‘xshatiladiki, uning miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‘ra faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning mavjudligini ta’minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi.
Til va ong. Ong nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki odamlar o‘zaro aloqasi va muloqotining universal vositasi – til bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Individual ong borlig‘i. Inson ongini ilmiy tushunish yo‘lidagi birinchi qadam odamzot ongi uning miyasi va fiziologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular umuman jonsiz yoki jonli tabiat bilan mutlaqo bog‘lanmaydigan alohida narsa sifatida mavjud ekanligini tan olish bilan bog‘liqdir.
Individual ong inson miyasining ob’ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining fikrlar, g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari orqali tadqiq etilishi mumkin. Individual ong borlig‘ini odatdagi makon va vaqt koordinatalarida tavsiflash mumkin emas.

Yüklə 97,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin