jarayonlari bilan bog‘liq. Erning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘
jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar
darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‘lishi ham tasdiqlaydi.
Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan
boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot.
«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning
vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar.
Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv,
havo, olov
yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan.
«Avesto»da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi
o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng
asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi
substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo,
ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy
ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob
berishiga qarab har xil foydalanadilar.
«Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda»
degan
ma’noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni,
tabiatshuno falsafaning rivojlanishiga muvofiq necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon
falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini
asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan
va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib
xizmat
qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz
va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan
makon bilan tenglashtiriladi.
Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga
Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida
tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida
bo‘lishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan
joydan-joyga ko‘chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa
va jarayonlarning o‘zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq
Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-
qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy
dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur
aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi. Aporiya –muhokamalardagi
ziddiyat tufayli hal etib
bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‘lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo.
Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi aporiyalari, hissiy
tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur
qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot olamining
eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles
hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida
quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V
nuqtaga eta oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga
qarab yo‘l olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng
yarmiga etishiuchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning
yarmiga
etishi uchun esa, qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq
masofa cheksiz miqdordagi yarim bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib
o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech
qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini
formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad
etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi
harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni
«tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar
va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan
mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin
emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan.
Binobarin, harakat qaramaqarshilik demakdir. Zenon
aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qaramaqarshiliklarni ko‘rsata
olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika
asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan
shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun
yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan.
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning
turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning
fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib
yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
1
. Harakatning vujudga kelish,
yo‘q bo‘lish, o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo
Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi
harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan
xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi
va belgisidir,u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy
tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi
sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq
mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga
borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va
intiho bilan chegaralanmagan
2
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan
kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir
bo‘ladigan o‘zgarishdir.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha –
unga xos bo‘lgan ruh tomonidan
harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular
panpsixizm – butun olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi
mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni
harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII
asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik
hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki,
harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida
qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z
ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut
emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq
edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan,
1
12 Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159
2
Forobiy // Falsafa qomusiy lug‘at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b
ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb
hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda,
o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham
materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning
tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim», deb yozgan.
Dostları ilə paylaş: