2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)



Yüklə 220,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.12.2023
ölçüsü220,03 Kb.
#171496
  1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu Borliq falsafasi (Ontologiya)



2-MAVZU: Borliq falsafasi (Ontologiya) 
 
REJA: 
1. 
Falsafa tarixida borliq muammosi. 
2. 
Olamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. 
3. 
XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik. 
4. 
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar. 
Tayanch tushunchalar:
Makon, virtual borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i, borliq 
shakllari «borliq» kategoriyasi, «vujudi vojib», «vujudi mumkin», borliq va yo‘qlik, olam va 
odam evolyutsiyasi, olamning paydo bo‘lishi, substansiya, intellektual intuitsiya, deduksiya, 
monizm, plyuralizm, dualizm, olamning chekliligi va cheksizligi, harakat, rivojlanish, o‘zgarish, 
o‘zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o‘z-o‘zidan harakat, barqarorlik, 
muvozanat, mexanik harakat. 
 
1.Falsafa tarixida borliq muammosi. 
Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida 
tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga 
murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni 
anglatmaydi.O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda ontologiyadan 
boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, 
mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, 
shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. 
«Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga 
ega bo‘lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so‘z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan 
ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol 
falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim 
falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, 
mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. 
O‘z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa 
o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. 
«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil 
etadigan ko‘p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni 
egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim 
xususiyatini, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga 
kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk 
urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy 
xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z 
dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan 
to‘qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?»


Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o‘zi nima bilan 
bevosita ish ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi 
mulohazalarini aniq narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini 
qurshagan barcha narsalar, avvalo, mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil 
qiladi.
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va 
ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq 
avvalo, mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki 
borliq tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap 
shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki 
mavjudlikka nisbatan umumiyrok va kengroq mazmunga ega bo‘lgan reallikni bildiradi. 
«Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida 
ayniqsa, ko‘p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning 
kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no –«bo‘lish»,«mavjud 
bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat 
tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini tashkil etadigan 
«bo‘lmoq» fe’li, o‘zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham faol 
ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo‘lib, uning mantig‘i va 
qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin 
bo‘lgan, universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning 
tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan 
narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk 
jumlalaridayoq tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: 
o‘zbek tilida – «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – «is», nemis tilida – «ist»va hokazo. 
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va 
universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular 
fe’ldan, aniqroq aytgan da, «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar 
hisob lanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘r satadi. 
Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va hokazo.Borliq 
tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning 
ob’ekti yoki sub’ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. 
Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki sub’ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo‘qligini qayd 
etmasdan fikrlanishi mumkin emas. Borliq va yo‘qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo‘qlik esa – 
yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, 
to‘g‘ri,noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar 
borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga 
joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har 
qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb 
tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan 
xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va 
boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va 
narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishimumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini 
yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka 
chekindi», mavjud emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. 
Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. 


Borliq muammosini falsafiy Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar 
miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy 
falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan,«Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) 
va ularga diniy-falsafiy sharhlar – «Upanishada»larda yaxlit ma’naviy substansiya, o‘lmas jon 
haqidagi g‘oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini 
topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – 
olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq 
sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi 
qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi 
kitob – «Rigveda»larda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi, avvalo, ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgani bois, unda 
inson borlig‘iga, shuningdek, ijtimoiy borliqqa ko‘proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning 
birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan narsalar va hodisalarning 
butun rangbarangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda 
o‘z aksini topgan. Keyinroq «O‘zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil 
etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qay etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan 
va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi 
tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avvalo, tabiat falsafasi sifatida 
yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon 
faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa 
naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Sharq donishmandlari kabi, antik 
mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan 
paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, 
uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va 
cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb 
tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari 
surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‘tlaridan 
paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar 
rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari suradi. U 
hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo 
bo‘lganmiz», deb hisoblaydi. O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», 
degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500yillar) «hamma narsa sondir»,degan 
xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. 
Keyinchalik bu g‘oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llabquvvatladi va unga yozma 
ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi 
va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi 
haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham 
bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona 
(uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq 
sharga» o‘xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi 
ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo‘lgan (samoslik) Melit 
«Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. 
Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh 
ekanligini anglatadi.Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi 
mumkin emas.Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan davrida 


ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi 
borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, 
«yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. 
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli 
va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida 
borliqning ko‘p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy 
va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-
barangligi namoyon bo‘ladi. Xususan, o‘rta asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq – 
«Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning 
buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi 
mumkin»ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud 
yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga 
turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo 
o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, 
tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan 
biri inson aqlidir. U «Fuqarolik siyosati» asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u, «uchinchi aql» – aqli faolni 
ta’riflaydi. Unga ko‘ra, aynan «aqli faol»ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti 
shakllanadi.Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi «vujudi vojib», ya’ni Allohdir.Vujudi vojib 
bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki, 
birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. 
Zero, vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq.
XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq 
tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari 
mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy 
tasavvurlarini aks ettirgan.Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.Yangi davr 
va nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan 
barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), 
«ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq 
muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr borliqni tushunishni 
tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini o‘ta kengaytirdi. 
Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim 
fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin 
qildi. 
Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga 
qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson 
alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi 
uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni mavhum fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot 
sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini 
yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. Borliqning 


shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda 
virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga 
egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko‘rib chiqamiz, zero u 
hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi. Tabiat 
borlig‘i birlamchi (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va 
jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar 
borlig‘i) tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining 
borlig‘i – butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari 
(yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va 
sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz 
jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrofmuhit bilan moddalar va energiya 
almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz 
hayvonot vao‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – 
bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu inson yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir. Tabiat 
makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat 
birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha 
aytganda, ob’ektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa –unda insonning 
mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat 
qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va 
ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir. Inson borlig‘ining tahlilida 
uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash 
o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga 
bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va 
yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va 
halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va 
energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning 
boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash 
(ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson 
tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va 
insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, 
kiyim-kechak, turarjoy, sof atrof-muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi. Ma’naviy 
borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. 
Individuallashgan ma’naviy borliq –bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab 
oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u 
tafakkurdir. 
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning borlig‘iga bo‘linadi. 
Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi,turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab 
chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib 
yashaydi. 
Odamlarning barcha 
faoliyati 
mazkur sotsiumga xos 
bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar,chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida 
amalga oshiriladi. Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining 
o‘rtalarida paydo bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin, degan 
g‘oya yotadi. Virtual (lotincha «virtualis» – «mumkin bo‘lgan») – narsalar va hodisalarning vaqt 
va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv 
obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. 


«Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron 
Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil 
etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. 
«Virtual borliq»atamasi muomalaga amerikalik kinematograflar tomonidan kiritilgan. Ular 
muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni 
belgili – grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan 
chiqarganlar. Virtual borliq –inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda 
yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari 
yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy 
yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, 
uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy 
olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi,uni o‘zgartira oladi. Virtual 
olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy 
ifodasidir. 

Yüklə 220,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin