2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)


O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar



Yüklə 220,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü220,03 Kb.
#171496
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu Borliq falsafasi (Ontologiya)

O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar. 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza 
qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va 
uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular 
"Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" 
(1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi 
tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 
y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi 
qonunlardir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni 
muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida 
"Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb 


koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" 
tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat 
koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza 
qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda 
resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning 
ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish. 
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da 
ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik 
xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab 
chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning 
Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning 
ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol 
dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan 
taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir. 
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha 
buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar 
qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika 
jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, 
EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot 
Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan 
oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, 
ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, 
uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy 
yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amaldagi 
qonuncliilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan 
“2017-2021- yiilarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 
daviat organlarining faoliyatini yanada rivoilantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foydalanish va ekologik xavfsizlikni 
ta’minlashning daviat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa nonnativ 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish daviat qo‘mitasi, daviat boshqaruvi mahalliy 
idoralari amalga oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslami idora 
etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid. ya'ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi 
organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki ekologik muammolami hal qilish uchun chetdan 
investitsiyalarolib kirish shuningdek, chet daviatlarda olib borilayotgan ekologik muhofaza qilish 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralami o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini tanlab 
amalga oshirish bugungi kunning talabi hisoblanadi. 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 
yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvotiq 0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni 


muhofaza qilish da\lat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: • 
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta 
tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, 
tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning 
sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlami amalga oshirish sohasidagi 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam 
hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish 
borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish; • yer, yer osti boyliklari. suv, o‘rmonlar. muhofaza 
qilinadigan tabiiy hududlar. hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish. atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan 
davlat ekologik nazoratni o‘rnatish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini 
muvofiqlashtirish. tabiatai muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni 
amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo 
hamkorlikni ta’minlash; • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini 
yuritish, yovvoyi hayvonlarni. yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, 
zoologiya va botanikaga oid x kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; ekologik 
tarbiya, targ‘ibot va ta'limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasirii oshirishni tashkil etish. Butun dunyodagi 
insonlarni bezovta qilayotgan “ozon tuynugi” tabiatni asrashda eng global muammolardan 
biridir. Ozon qatlami qalinligi 3-5 mm va yerdan 17 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, odamlarni 
quvoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Quyoshdan keladigan nurlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib kelsa, barcha tirik organizmlami halok etadi. Ozon qatlami inson uchun 
nozik qalqon bo‘lib kelgan. ammo keyingi paytda aqlli inson tomonidan texnogen omillarning 
rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo qilindi. “Antropogen ta’sirida 
atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli gazlar, freonlar va (NO2 ) azod oksidlari tashlanadi. 
Hozirgi kunda ozon teshigi Antarktidaning kichikroq maydonida va Arktikada hosil bo‘ldi. 
Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin yupqalashib bormoqda”
3

«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’simi tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot 
bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning 
o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi. juda zarurligi 
bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa. ko‘p 
jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi»
4

Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbckiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid qonunchilik hamda Yoxannesburg Deklaratsiyalari va 
Parij konferensiyalari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Biroq 
istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik muammolar o‘z echimini kutib qolmoqda: 
• Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat; • ko‘p yiilik paxta 
yakkahokimligi, ma’danli o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini 
me’yoridan ortiq ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan tuproq va 
3
Odum E P., 1980a Radiation ecology at Oak Rider/ In - Environm ental Sciences Laboratorory DeJication, Oak 
Ridge, Teen., Oak Rige National Laboratoru. pop. 53-57. 
4
Mirzivoev Sh M. "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takom 
illashtirish to‘g‘risida’ gi Farmoni. 21-apre] 2017-yil. Toshkent.


suv resurslari sifatining qoniqarsizligi; • tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi 
sifatiga antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta’sirining kuchayishi; • sanoat va maishiy 
chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash tizimining qoniqarsizligi; • atrof-muhit holati va 
uni ifloslantirish manbalari axborot monitoringining texnik va metodik ta'minoti 
rivojlanmaganligi va shu kabilar. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish daviat qo‘mitasi huzurida Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni muhofaza qilish va ularning foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining markaziy 
apparati tuzilmasi hamda uning hududiv inspeksiyalari faoliyat olib boradi. Ushbu qo‘mita 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi. viloyatlar 
va Toshkent shahar ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish boshqarmalarida chiqindilarning 
hosil bo‘lishi, to‘planishi. saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi 
va realizatsiyasini nazorat qilib boradi. 

Yüklə 220,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin