Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e’tirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko’plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv cheksizlik tabiatda ichki tuzilishga ega bo’lmagan, mutlaqo elementar ob’ektlar yo’qligini ko’rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o’rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo’linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob’ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va ob’ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda ob’ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o’zaro ta’sirlar tizimiga bog’liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo’lib, u bilish qaratilgan yo’nalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tuShunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o’qidagi ‘roektsiyalariga o’xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko’p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o’rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g’oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta’riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydobo’lishi kosmologiya muammolarini butunlay o’zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o’n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo’lindi.
Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo’lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g’oyasida cheksizlik g’oyasi butunlay inkor etilib, fanda to’ntarish yasalishiga olib keladigandek bo’lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta’limoti o’tmishda ko’p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g’oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tuShuntirish uchun tuzilgan bo’lsa-da, uning ayrim qisminigina tuShuntirgan. Mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g’oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o’rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o’tib (1917) olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma’nosi qo’yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotro’ tuzilishga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og’ir ob’ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o’zgarsa-da, bu o’zgarish olamning o’zgarmas egrilikka ega bo’lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og’ishdir, xolos.
2. Olam turg’un, vaqtda o’zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi evolutsiyaga ega bo’lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko’lamli to’rt o’lchovli tsilindr ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo’ylab vaqt o’qi o’tadi, u o’tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o’zgarmas musbat egrilikka ega uch o’lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo’lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tuShunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o’z-o’zida tutashadi» va bu unda hech qachon to’siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o’tmishda qolgan. Uning olamning turg’un modelini yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o’zgarmas holda mavjudligi haqidagi an’anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg’un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e’tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg’unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotro’ligi haqidagi ‘ostulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi: 1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo’lsa, maydon evklid maydoni bo’ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo’ladi va dunyo cheksiz bo’ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo’lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko’rinishida bo’ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo’lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo’ladi. Dunyo berk va chekli bo’lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.