Substantsiya va substrat tushunchasilari. Falsafa tarixida o’zining mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substantsiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo’llaniladi. Ilk falsafiy yo’nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tuShunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o’sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruktsiyalar, «birinchi g’ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substantsiya olov deb atalgan. Keyinchalik substantsiya kategoriyasi o’zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog’liq bo’lmagan holda mavjud o’ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o’zgaruvchanligi substantsiya bilan bog’lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g’oya, flogiston, efir va Shu kabilar amal qilgan.
«Substantsiya» tushunchasi o’z-o’zini to’liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substantsiya kategoriyasida o’zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g’oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o’z-o’zining sababchisi» iborasida juda to’g’ri ifodalagan. Substantsiya deganda u o’z holicha mavjud bo’lgan va o’zi orqali zohir bo’lgan, ya’ni o’zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo’lmagan narsani tuShungan. Bunda bir tomondan, substantsiya materiya sifatida tuShuniladi, boshqa tomondan – u o’zining barcha shakllari sababi va «sub’ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substantsiyani bir vaqtning o’zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta’riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi Shundan iborat bo’lgan.
Substantsiyaning o’z-o’zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo’ladi.