2-mavzu: borliq va rivojlanish falsafasi reja: Falsafa tarixida borliq muammosi


Falsafa tarixida substantsiyaga monistik, dualistik, plyuralistik yondaShuvlar



Yüklə 189,84 Kb.
səhifə10/52
tarix03.12.2023
ölçüsü189,84 Kb.
#171830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Falsafa tarixida substantsiyaga monistik, dualistik, plyuralistik yondaShuvlar. Substantsiya g’oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o’zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substantsiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, Shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtayi nazaridan substantsiya tabiatini tuShunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondaShuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni Shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu kontseptsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondaShuvlarning o’ta rivojlangan ko’rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo’q bo’lmasligi va birinchi asosiga ega bo’lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o’lmas g’oyalar, zardo’shtiylikda olov, o’rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o’z-o’zidan rivojlanadigan «mutlaq g’oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruktsiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substantsiya olingan falsafiy yondaShuv (lot. dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g’oyalar va aql-idrokning alohida o’rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo’llanmalari barcha o’quv yurtlarida o’qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o’zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o’zida tajriba o’tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kyechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog’liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya qilib, cheksiz takomillaShuvchi yagona moddiy substantsiya mavjud, degan g’oyani ilgari surgan. Substantsiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo’ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o’zi tashqi jismlarning miyaga ta’siri bilan bog’liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko’ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g’oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o’rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondaShuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substantsiya o’z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko’lamigagina ega. U mutlaq bo’shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy zarralarni bo’lish, joydan-joyga ko’chirish va o’zgartirish qobiliyatiga ega.
Ma’naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o’zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduktsiya kabi o’ziga xos ko’rinishlarida namoyon bo’ldi. U ruhiy substantsiyaning butunlay jismsizligini e’tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo’lsa-da, uning g’oyalarida o’rta asr falsafasidan meros qolgan «substantsiya» atamasining alohida narsani tuShunish uchun qo’llanilishiga, Shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz substantsiya – fikrlash va ko’lamni alohida erkin maqomga ega, deb e’lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substantsiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya’ni aqlli jonzotga bevosita, ko’lamli substantsiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substantsiya (aql) metafizikaning o’rganish predmet ini, ajraluvchi substantsiya (ko’lam) esa fizika predmet ini tashkil etadi.
Ikki substantsiya – ma’naviy va moddiy substantsiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan noto’g’ri va ratsional ma’noda juda ko’p qiyinchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Fikrlash va ko’lamga ikki substantsiya tarzida, ya’ni bir-biriga bog’liq bo’lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o’z harakatlarida qanday uyg’unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e’tiboriga ko’ra, substantsiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o’z ichiga oluvchi va o’zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo’lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo’lgan

Yüklə 189,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin