2-Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari (2 soat) reja



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə1/4
tarix10.09.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#142488
  1   2   3   4
2-maruza


2-Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari
(2 soat)
REJA:
1. Matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari
2. Sinfdan tashqari ishlarning xususiyatlari


Tayanch tushunchalar: Matematik o‘yin, ertalik, viktorina, to‘garak, ekskursiya


ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.

Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarning yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.


Sinfdan tashqari ishlarga matematik o‘n minutliklar, matematik ertaliklar, matematik viktorinalar, matematik kechalar, matematik KVN lar, matematik burchaklar, matematik gazetalar, matematik to‘garaklar, matematikadan olimpiadalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, ko‘p yechimli masalalar, ma’lumotlari ortiqcha yoki ma’lumotlari yetishmaydigan masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, matematik o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida-topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy mate­matik topshiriqlarga o'xshash bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va ge­ometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, top- ishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat qiladi.

Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin