Al-Xorazmiyning matematika sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ijodiy esssey yozish va oavga nashrga taqdim etish. Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso Xorazmiyning didaktik g’oyalari
Al-Xorazmiyning matematika sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ijodiy esssey yozish va OAVga nashrga taqdim etish. Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso Xorazmiyning didaktik g’oyalari Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso Xorazmiyning juda ko’plab sohalarga qo’shgan munosib hissasini ta’kidlab o’tmaslik, albatta, noto’g’ri bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to’g’risida ham asarlari bo’lib, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta’kidlash joizki, alloma o’zigacha bo’lgan ilmiy bilimlarning asosiy g’oyalari, metodlarini sintezlashtirdi.
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-1 muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo’lib shunday yozadi: “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarini amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi”
Muhammad al-Xorazmiy insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyati to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar - Bobil, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi ulardan farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi. Ushbu ma’lumot ham yuqorida bildirilgan fikrlarni to’griligini isbotlaydi. Ilm-fan faqatgina bir davrga yokida bir insonga tegishli bo’lmaydi. Shuning uchun pedagogika va didaktikaning o’rni beqiyos. Bu barcha zamonlarda o’z tasdig’ini topgan fakt bo’lib kelgan.
Muhammad al-Xorazmiy ta’lim sohasida ham qator ishlarni amalga oshirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Induksiya yo’li bilan umumiy echish usullarini hal etadi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni echadi. «Aljabr va-1 muqobala» asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilmagan usullarni kashf etgan. Bu ishlari bilan ta’lim sohasida yangilik olib kirgan va zamonasi mukammal asar yarata olgan. Ulug’ mutafakkirning qilgan ishlari faqatgina bu bilan cheklanib olmagan albatta. Alloma sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib, mamlakat va shaharlarning xaritalarini chizadi, nomlar ro’parasiga uzunlik va kenglik darajalarini ko’rsatadi. U geografiyaga oid asarlarida erni etti iqlimga bo’ladi hamda erning xaritasini chizadi.
Olimning to’rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, Yaqin va o’rta Sharq xalqlari xaritasi) saqlanib qolgan1. Uning yuqoridagi asari ham Sharq va g’arbda katta hamiyatga egadir. 827 yilda Xorazmiy rahbarligida er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o’lchab chiqildi. Bag’dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bo’lib, unda sinus, tangeneslarning o’zgarish qonuniyati ko’rsatiladi.
Uning trigonometrik jadvali o’sha davr jadvalaridan farq qilgan Biroq, bu haqida gapiradigan bo’lsak mavzu doirasidan chetga chiqqan bo’lamiz. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi. Bu borada ancha ishlani ham amalga oshirdi.