2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish. Har XIL janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xusu-siyatlari. Reja


Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo'linadi



Yüklə 164,1 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü164,1 Kb.
#167074
1   2   3
3- mavzu

Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo'linadi:


Birinchi bosqichi Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asaming aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.
Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog'lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslaming xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asaming aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi bosqichning bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslaming muhim xususiyatlarini umumiashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asaming g'oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san'at asari sifatida baholash {qanday ma'lumotlarga ega bo'ldik, asar nimaga o'rgatadi

Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi:


/. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o'ylaysiz?
Hikoya qahramonlaridan qaysi binning xatti-harakatini ma'qul-laysiz? Qaysi biriningfe'l-atvori, o'z'mi tutishisizga yoqmadi?
Hayotda shunday kishilami uchratganmisiz?

Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi tur- laridan foydalaniladi:

  • Tanlab o'qish. Bunda o'quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi mum-kin. Masalan, 4-sinfda „O1tin kuz" matnidan „Tabiatdagi o'zgarishlar berilgan qismlarni topib o'qing", „Baqa va taqa" ertagidagi „Taqa-chining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

  • Yüklə 164,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin