2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish. Har XIL janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xusu-siyatlari. Reja



Yüklə 164,1 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü164,1 Kb.
#167074
  1   2   3
3- mavzu

2-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH. HAR XIL JANRDAGI ASARLARNI O‘QITISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS XUSU-SIYATLARI. Reja: 1.Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. 2.Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. 3.Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni. 4.Ertakni o‘qish mеtodikasi. 5.O‘quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish. 6.Hikoya o’qish metodikasi. 7. Shе’riy nutqning xususiyatlari. 8. Masalni o’qish metodikasi 9 Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish metodikasi

1-masalaninh bayoni Kichik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari

  • Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida ki­chik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma'lum bo'lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o'zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo'lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o'z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o'quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o'rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo'lishlari aniqlangan:
  • 1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
  • 2. Elementar tahlil qilish.

Boshlang'ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:


Asar mazmunini tahlil qilish va to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmuni­ni tushuntirishga oid topshiriq o'qish malakalarini takomillashtirish topshirig'i ham hisoblanadi).
Asarning g'oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig'i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o'quv-chilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog'lanishli nutqining o'sishi ni ta'minlaydi.
Sinfda o'qishga o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
O'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
O'quvchi asaming mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mu­tolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma'noni chuqur o'rganishga yordam beradi.
O'qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
4. Asarni qanday metodlar asosida o'rganishni aniqlashi.
5. O'quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.

Yüklə 164,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin