Texnalogiyalaridan foydalanish



Yüklə 395,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.10.2022
ölçüsü395,09 Kb.
#65857
  1   2   3
GEOMETRIK MATERIALLARNI O\'RGATISHDA AXBOROT



GEOMETRIK MATERIALLARNI O’RGATISHDA AXBOROT
TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
 
Reja: 
 
1
. Matematika fanlarini o'qitish metodikasi. 
2. Geometrik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasi. 
3. Geometrik mazmundagi masalalarni yechishni o'rgatishda AT foydalanish. 
4.XULOSA
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 
 


KIRISH 
Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo'lib hisoblanadi, kelajakda 
o'zlashtirb boriladigan fanlarga umuman o'qishga qiziqishi aynan bolaning ilk AKT ni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o'quvchi - bolajonlarni ta'lim muhitiga moslashtirish bo'lib hisoblab. 
Ularda o'qish Jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o'quvchilarga zarur bo'lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta'lim jarayonining 
o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o'qituvchining vazifasi bo'lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang'ich sinflar o'qituvchisi 
o'quvchi- bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o'qitish, ta'lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon 
ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera biliishi zarur. O'qitishning asosiy maqsadi - o'quvchi bolalarning bilimlarini o'zlashtirishi 
hamda ta'lim olishi hisoblanadi, kelajakda o'zlashtirb boriladigan fanlarga umuman o'qishga qiziqishi aynan bolaning ilk 
o'qituvchisi, boshlang'ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ham boshlang'ich sinflar o'qituvchisi 
zimmasiga katta ma'suliyat yuklanadi. Ilgari boshlang'ich sinflarda o'quvchi asosan o'qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni 
o'zlashtirishi kerak deb qaralgan bo'lsa, bugungi kunda o'quvchi fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirshga va bilimlarni 
mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta'lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilinmoqda. Shuning uchun 
have ta'lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zaruriyati yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKT ni 
joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo'lgan ta'limga yangicha yondashuv shakllana boshlaydi.Matematika fanlarini 
yangi texnik vositalar shu jumladan kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotganligi fanlararo 
uzviyligini ta'minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. 


Kompyuter texnologiyalarining ta'lim muassasalariga tatbiq etish o'qitish jarayonini optimallashtirshga keng yo'l ochib beradi. 
Keyingi 10 yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib 
boriladi. Bularga baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni 
ishlab chiqish va boshqalar kiradi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarning boshlang'ich geometrik tushunchalarni o'zlashtirish poydevorini 
yaratish va ularni o'rganish metodikasini, o'zlashtirilishi faoloyatini tashkil etish o'qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi 
va o'quvchilarga bo'lgan munosabati, metodik mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Fazoviy 
munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini o'rganishda foydalanish 
geometrik tushunchalar mazmunini o'zlashtirilishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang barangligi bilan his qilishga olib keladi, 
real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta - sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o'quvchilarning umumiy 
rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga e'tibor berish kerakki, bunda geometrik figura (shakl) lar ustida 
amallar bajarish mumkin bo'lgan obyektlar ekanligini nazarda tutish va o'quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga 
e'tibor berish kerak, hamda o'quvchilarni mantiqiy bog'lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak.Ma'lumki, bolalarda 
geometrik tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta'sir o'quvchilarning geometrik tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim 
ta'sir ko'rsatadi. Tushunchalarni o'zlashtirish bo'yicha faoliyat ichida asosiylardan biri ta'riflar (ta'riflashdir ). Biroq boshlang'ich 
sinflarda geometrik tushunchalar bilan tanishishda ta'riflardan foydalanish chegaralari ham aniqlanmagan edi, chunki ular turli 
variantlarda turlicha bo'lishi mumkin. Boshlang'ich maktab amaliyotida ikki xil og'ish mavjud: ta'riflarning ortiqcha ko'pligi yoki 
to'la yo'qligi. Unisi ham, bunisi ham ta'limni effektsiz (natijasiz) qilib qo'yadi. . Bu og'ishlardan o'qituvchini qanday himoya qilish 
mumkin? Metodistlar to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, o'tkir va o'tmas burchaklar va hokozolar tushunchalarni shakllantirish jarayonida 
bu tushunchalar mazmunini aks ettiruvchi ehtiyoji qondiriladi va pedagogik - psixologik xususiyatlari geometrik tushunchalarni 
o'zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi.Geometrik elementlarni o'rgatishda quydagi metodlardan masalan: 


geometrik modellashtirshdan foydalanish , qog'oz, cho'plar, plastin va simlardan figura (shakl) larning modellarini yasash, qog'ozda 
geometrik shakllarni chizish - bolalar ongida geometrik tasvvurni rivojlantirishga omil bo'la oladi. Bunday sharoitda materialning 
turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy 
belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shularga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik figuralarning 
barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvurning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan to'g'ri burchakli to'rtburchakni 
o'rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak. 
O'qituvchi shunday tushuntirishi kerakki o'quvchilarga bu tushunarli va qiziqarli bo'lishi lozim. Misol uchun: O'qituvchi - mening 
qo'limda kartondan yasalgan sariq shakl bor. Uning 4 tomoni, 4 balandligi va 4 burchagi bor, uning hamma tomonlari to'g'ri burchak 
bu shaklning nomi nima? (Bu -to'g'ri to'rtburchak ). Bunda doskaga turli rangli to'g'ri to'rtburchak rasmlari ilinadi, o'quvchilarga 
ko'rsatiladi. So'ng o'qituvchi doskaga yana boshqa qo'shimcha figuralar rasmini iladi, bolalarga rasmlar asosida savollar beradi, 
masalan:- Bu shakllar nima deb ataladi? (To'rtburchaklar, to'g'ri to'rtburchaklar).Nima uchun bunday deb ataladi? (Chunki to'rtala 
burchagi teng, to'rt tomoni bor) deb o'quvchilar javob beradilar.- Bulardan qay biri ortiqcha?( o'quvchilar javob beradilar).Bolalarga 
yana shunday topshiriq berish mumkin: doskaga uchta kvadrat ilib qo'yiladi. O'quvchi ularning tomonlarini o'lchab, bir-biriga 
solishtirishni taklif etadi, bolalar tomonlarini o'lchab, uchchala kvadrat teng ekanini bilib oladilar.O'quvchilarga geometrik 
figura(shakl) larni o'rgatish metodikasi.Mavzuni o'rgatishdan maqsad:1. Nuqta, kesma, burchak, ko'pburchak, to'g'riburchak, 
kvadrat kabi shakllar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash 
uchun amaliy tajriba va ko'nimmalarni shakllantirish.O'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish.Boshlang'ich sinflar 
o'quvchilarining geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalar alohida 
qo'yiladi va u quyidagi bosqichlarni o'zi ichiga oladi: 


1-bosqich (tayyorlov)- Bolalarda bo'lgan geometrik shakllar haqidagi umumiy tasavvurlarni aniqlash( bolalarning hayotiy tajribasi, 
amaliy ishlarni bajarish) O'quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. 
O'rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish chun the shakllar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni 
bajarish.O'quvchilarga geometrik figuralar haqidagi umumiy tasavvurlar 10 gacha bo'lgan sonlarni o'rganish mavzusini o'tish 
davomida yana bir bor aniqlanadi. Dastlab bu figuralar (aylana, uchburchak, kvadrat va hokozolar) mavzu materiali sifatida 
foydalaniladi. Unda bolalar hisob - kitob bunday shakllar yordamida masalan, 3 ta kvadrat, 8 ta aylana, 5 ta uchburchak kabi, katta 
yoki kichik uch burchaklar; qizil yoki zangori doiralarni sanash yo'li bilan olib boriladi.Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida 
geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma'lum shaklldagi real predmetdan uning tasviri tomon yoki tasvirdan real 
predmet sari bormoq kerak. Geometrik elementlarni o'rgatishda quydagi metodlardan masalan, qog'oz, cho'plar, plastin va simlardan 
shakllar yasash, qog'ozda geometrik shakllarni chizish- bolalar ongida geometrik tasvvurni rivojlantirishga omil bo'la oladi. Bunday 
sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, 
bolalar ularning asosiy belgilarini, (shakl, geometrik sifatlarini )aniqlay olsinlar. Shularga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar 
geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvurning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan to'g'ri 
burchakli to'rtburchakni o'rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini 
tushunib yetishlari kerak. O'qituvchi shunday tushuntirishi kerakki o'quvchilarga bu tushunarli va qiziqarli bo'lishi 
lozim.Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga o'tgan sari o'zgarib boradi, masalan, kesma, 
burchak ko'pburchak kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi . Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga 
,,Uchburchak nima? deb savol berish notog'ri bo'lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, uchburchak haqida nima deya olasiz? 
degan savolga bolalar o'z bilimi doirasida javob bera oladilar ( uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).Boshlang'ich 
matematika dasturida geometrik material katta o'rin oladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometrik 


figura(nuqta, tog'ri va egri chiziq, tog'ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana va doira ) haqida ularning elementlari 
haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning xossalari haqidagi tasavvurlarning to'la tizmini 
tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar yordamida va bu asboblarning yordamisiz o'lchash va yashashlarning amaliy 
malakalarini (ko'zda chamalash, qo'lda chizish va hozako) tarkib toptiriladi; o'quvchilarning nutq va fikrlari shu asosida 
rivojlantiriladO'quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o'lchash malakalar bilan qurollantirish, ular 
tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometrik elementlarni o'rgatishda qo'llanadigan o‘qitish metodlari javob beradi. Geometriya 
propedevtik kursini o‘qitishning muhim metodlari kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir. Bunda induktiv xulosa chiqarish 
bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Laboratoriya va amaliy ishlar metodi geometrik materialni 
o‘rganishning effektiv metodlaridan biridir. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlar o‘quvchilarning geometrik figuralarning 
mohiyatini o‘zlashtirishlarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.Nuqta, to‘g‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi. Birinchi sinfdan 
boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. 
Shuni eslatib o‘tamizki, ―nuqta», ―to‘g‘ri chiziq» tushunchalari hozirgi kunda o‘qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy 
tushunchalaridir. Shu sababli ―nuqta deb nimaga aytiladi?, ―to‘g‘ri chiziq deb nimaga aytiladi? degan savollar ma‘noga ega 
bo‘lmay qoladi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘qitish uchun taklif etilayotgan geometrik material mazmuni qanday? 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchiular tayyorlaydigan fakultetlar uchun matematik tayyorgarlik bo‘yicha davlat ta‘lim standartining taxlili 
o‘qituvchining matematik tayyorfarligida geometric material uchun juda ham oz rol ajratilgan, bu esa uning o‘qitilishining majburiy 
bo‘lmay qolishini keltirib chiqaradi. Shunisi aniqki, standartlar talabalar tomonidan hozirgi zamon geometriya kursini asosiy 
g‘oyasini tushunish mumkinligini ta‘limlamaydi, shu jumladan, maktab kursini ham, masalan, harakat tushunchasi va uning turlari 
qarab chiqilmaydi, shuning uchun standart boshlang‘ich sinf matematikasining yangi geometric mazmuniga mos emas, shuning 
uchun ham u (standart) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yangi geometrik mazmuniga mos emas, shuning uchun ham u kichik 


yoshdagi o‘quvchilarni geometriya elementlariga savodli holda o‘qitilishiga zarur bo‘lgan geometrik bilimlar minimunini bermaydi. 
Bundan tashqari, standart mazmuni talabalar tomonidan ijodiy, professional faoliyat ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan fundamental 
bilim, o‘quv va malakalar hosil qilishlariga imkoniyat yaratadi. Yana o‘rganilayotgan boshlang‘ich geometriya predmetiga bo‘lgan 
o‘zlarining uslubiy qarashlarini shakllantirishlariga imkon bermaydi. Shuning bilan birga standart mazmuni avvalgidek Evklid 
geometriyasi yagona mumkin bo‘lgan geometriya degan munosabatni shakllantiradi. Davlat standartining geometrik mazmuni 
ped.fak. uchun oliy o‘quv yurti uchun ―Geometriya elementlari» mazmunidan juda ham kam farq qiladi, o‘qitish oxirgi vaqtlarda 
ham shu (dastur) bo‘yicha olib borilgan. Dastur uchun yozilgan tushuntirish xatida matematika o‘qitishning quyidagi vazifalarni 
qo‘yadi: 
e) matematikaning dunyoni bilishdagi ahamiyatini talabalarga ochib berish, atrof-muhitni o‘rganishdagi matematikaning ro‘li 
haqida tasavvurlarni chuqurlashtirish; 
f)talabalarga zarur matematik bilimlar berish bo‘lib, ular asosida matematikaning boshlang‘ich sinfi quriladi, uning mazmunini 
bilan chuqur tanishish uchun zarur uquvlarini shakllantirish; 
g) tafakkurni rivojlantirishga yordamlashish; 
h) o‘quv qo‘llanmalar va boshqa matematik adabiyot bilan mustaqil ishlash uquvlarini rivojlantirish. 1 -2- sinfda geometrik 
masalalar ustida ishlash. Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning 
fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog`lanishlarni ko`rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. 
(Masalan, to`g`ri to`rtburchakning teng kvadratlarga bo`lingan ko`rsatmali obrazidan ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasini 
bog`lanishi ochib foydalaniladi...). 1 -sinfdan boshlab to`g`ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko`pburchaklar va ularning elementlari, 
to`g`ri burchak va hokozo kiritilgan. O`quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog`ozga sodda 


yasashlarni o`rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko`pburchak perimetrini, to`g`ri 
to`rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak. 
Тo`g`ri to`rtburchak haqida tasavvur hosil qilishda o`quvchilarga (1 -sinf) orasida to`g`ri to`rtburchak bo`lgan to`rtburchaklar 
to`plami (qolgan to`rtburchaklarning burchaklari tengmasligi yaqqol ko`rinib turadi) ko`rsatiladi. Mazkur 
shakllarning xususiyatlarini tahlil etib, o`quvchilar, bu to`rtbur-chakdan biri alohidadir degan xulosaga keladilar: uning barcha 
burchaklari teng va to`g`ri burchaklardir. Тo`rtburchaklarning bu turiga kam e‘tibor beriladi, ularning xarakteristika xossasi eslab 
qolinadi.Masalan: to`g`ri to`rtburchak shakliga ega bo`lgan har xil predmetlarni – taxtacha, qog`oz varag`i, stol usti, g`isht yoki 
gugurt qutisi va shunga o`xshashlarni, orqali idrok qilish bilan o`quvchilar to`g`ri to`rtburchak to`g`risida aniq tasavvurga ega 
bo`ladilar. Kvadrat, to`g`ri to`rtburchak, parallelogramm, qavariq to`rtburchak, ixtiyoriy to`rtburchak yoki teskarisi. Hamma 
to`rtburchaklar to`plamidan qism to`plami bo`lgan qavariq to`rtburchaklarni ajratish, bundan esa uning qismi bo`lgan 
parallelogramm, undan to`g`ri to`rtburchak va oxirida kvadratni ajratish mumkin. Bu tushunchalar orasida bog`lanish tushunchalar 
ta‘rifida uning yaqin turi va ko`rinishi farqlarini ko`rsatish bilan ifodalash mumkin.Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng 
bo`lgan to`g`ri to`rtburchak sifatida ta‘riflash mumkin. Тo`g`ri to`rtburchak - hamma burchaklari teng parallelogramm sifatida, 
parallelogramm esa qarama-qarshi tomonlari parallel qavariq to`rtburchak sifatida ta‘riflash mumkin. Ko`rsatilgan usul bilan 
tushunchalarning shakllanishidan tashqari predmetlar orasidagi munosabatni aniqlash ham muhimdir. Masalan: geometrik shakl 
tushunchasi yuqoridagi usul bilan vujudga kelishi mumkin emas. Boshqa matematik tushunchalar qaralayotgan ob‘ektlar orasidagi 
munosabatlarni o`rnatish bilan shakllanadi. Masalan: kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik munosabatlarini 
o`rnatish (ustma-ust qo`yganda mos tushuvchi kesmalarekvivalent deyiladi).Kesmaning uzunligini o`zaro ekvivalenti bo`lgan 
kesmalar sinfida xarakterlaydigan umumiylikdir. Geometrik material boshlang`ich sinflar uchun mustaqil bo`lim sifatida o`quv 
dasturiga kiritilmaydi. O`quv jarayonida geometriya elementlarini o`rganish bilan bevosita bog`lab olib boriladi. 


Ko’p hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda 
ishlatiladigan xabardir. Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat 
tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy 
dunyoni aks etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir.Zamonaviy 
mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi 
bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash 
va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning 
aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, 
o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv 
tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi. 

Yüklə 395,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin