Texnalogiyalaridan foydalanish



Yüklə 395,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.10.2022
ölçüsü395,09 Kb.
#65857
1   2   3
GEOMETRIK MATERIALLARNI O\'RGATISHDA AXBOROT

Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha 
xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, 
uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.O’qitishdagi informatsion va 
telekommunikatsion texnologiyalar - bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul 
va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish. 
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur 
ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti 
vazifasiga qarab quidagicha tavsiflanadi: 
o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar 
asosida avtomatik o’qitish tizimlari; 


mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar; 
laboratoriya mashg`ulotlari; 
trenajyorlar; 
ma’lumotnoma tizimlar; 
kompyuterli o’yinlar. 
Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi.Mustaqillik - 
davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo 
oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning 
prinsiplaridan biridir.Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va 
o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan: 
materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy 
masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-
malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi
tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi; 
o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi. 
Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular o’rtasidagi 
munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning 
xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi.Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik masalaga 
erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib qo’yadi 
Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan 


shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish) 
va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini 
berishi lozim.Ma’lumotnoma tizimlari – bu ma’lumotnomaga o’xshagan turli o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish 
uchun mo’ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab 
tez izlab topish mumkin bo’ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nusha chiqarishni ta’minlaydi. 
Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – talabalarning faol bilish, bilim orttirish jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. 
Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga 
moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, 
bundan tashqari, muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi. sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa an’anaviy 
vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin. 
Bularning barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va mazkur mavzuni 
o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik maqsadlarga bog`liq.Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt 
yo’nalishda foydalanilmoqda: 
o’rganish ob’ekti sifatida; 
o’qitishning texnik vositalari sifatida; 
ta’limni boshqarishda; 
ilmiy-pedagogik izlanishda. 
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan 
topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi 


natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish 
va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar 
bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv 
faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi 
munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv 
materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni 
tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli 
vositalar asosida modellashtiriladi.Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, 
unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida 
boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga 
ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi: 
- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi; 
- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi; 
- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi; 
- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi; 
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi; 


- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi; 
- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi; 
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi; 
- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi; 
- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi; 
- o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.Kompyuterli ta’lim 
tamoyillari:-ilmiylik 
-tizimlilik va ketma-ketlik-ko’rgazmalilik-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish. 
-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi 
-tushunarlilik 
-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash 
-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi 
-bilish faoliyatini faollashtirish 


-izlanishga o’rgatish 
Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin: 
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar 
ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-
metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim 
jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining 
sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z 
ifodasini topadi.Matematika fanlarini o’qitishga 
yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va 
boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib 
kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb 
masalalardan biridir.Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l 
ochib beradi. 
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga 
kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid 
matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi 
ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari 


qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. 
Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. 
Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil 
bo’ladilar.Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional 
matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 
90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida 
turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni 
yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va 
boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika 
fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish 
jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan 
foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi 
dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. 






Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan 
dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin 
bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik 
rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv 
jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar.Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik 
muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til 
va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan 
matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik 
hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish 
mumkin.Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, 
telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari 
yordamida osongina hal qilinmoqda.Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit 
tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM 
larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, 
shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik 
bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan 
foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. 


Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa 
maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil 
etishi mumkin.Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani 
anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. 
Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash 
ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida 
masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.Exceldagi 
avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu 
imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan 
hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar 
funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari 
mumkin.Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar 
ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z 
navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.Ma’lumotlarni 
diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, 
diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda 
foydalidir.Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi. Guruhda yo’qlama qilinib, 
mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar 
beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash 
va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan 


topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning 
faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik 
maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish 
maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish 
mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol 
yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar
Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali 
qurollar yordamida namoyish etib boriladi.Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida 
ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda 
yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani 
baholaydi.Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari 
sifatida topshiriqlar beriladi 



Yüklə 395,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin