2-mavzu. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 16,4 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü16,4 Kb.
#38997
  1   2   3
2-MAVZU. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

2-MAVZU. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI


Reja

  1. Dinning mohiyati va unga berilgan ta’riflar

  2. Dinning ijtimoiy funksiyalari

  3. Dinlar tasnifi

“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bо‘ldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, о‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bо‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir tо‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.



Birinchi qarashga kо‘ra dinning paydo bо‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga О‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bо‘lgan har qanday din о‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini kо‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.

Teologik yondashuvga kо‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va kо‘pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta’limot) qadimgi

Yunonistonda paydo bо‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega

bо‘lmagan. “Teologiya” sо‘zi ilohlar tо‘g‘risidagi dostonlarda qо‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Arastu “teologiya” atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va

teologiyaga ajratdi. Arastu ilohiyot ilmini “birinchi falsafa”, oliy mushohada fani

yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va

mavjudligi sabablari tо‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.

Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bо‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bо‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bо‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng chо‘qqisiga kо‘tarildi. Unga kо‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, kо‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib о‘tgan. Unga kо‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari о‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir kо‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va о‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qо‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan.

Materialistik maktab tarafdorlari fikriga kо‘ra, qо‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol о‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qо‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bо‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qо‘rquvining dinlardagi о‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qо‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha kо‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bо‘lgan ajdodlardan

tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.

Din tushunchasi о‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni о‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. E’tiqod sо‘zi ham arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi- Demak, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bо‘lgan, uni gо‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "tо‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yо‘llarini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir.

Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga kо‘ra diniy dunyoqarashlar tо‘la hukmron bо‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab о‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bо‘lgan munosabatlarida kо‘rishimiz mumkin.

Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni о‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash orqali о‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e’tiqod qilishga chakirish yо‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini о‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy bilish, о‘z mohiyatiga kо‘ra, diniy bilishdan ustuvordir.

Beruniyning dinga munosabati uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bо‘lib, bunday bilim voqelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan о‘rganish mumkin bо‘lmagan joyda qо‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning о‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shug‘ullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos etishga g‘oyat о‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.

Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini о‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qо‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bо‘lishi, qaror topishi va qayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari о‘zaro aloqadorlikda bо‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan о‘rni ham, odamlarga ta’sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez kо‘payib borayotganligi, termo- yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, о‘g‘irlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora kо‘proq taxdid, xavf- xatar tug‘dirmokda.

Din kishilar о‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bо‘lib, kishilarning

voqelikka bо‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta’sir etib turadi.

Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta’siri natijasida vujudga keladigan dindorlar о‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy, g‘oyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bо‘lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi.

Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bо‘lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma’naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqsir; bir-birini oziqlantirib turadi.

Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar о‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bо‘linadi. Bu aloqalarning obyekti va subyekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bо‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:



  1. diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi;

  2. diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi;

  3. etnik birlik tuyg‘usi;

  4. jamoa a’zolari orasidagi о‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning

birligi.

Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy

dasturlar, qoida, fatvolar bilan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruhlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xо‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bо‘linadi.

Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub о‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga

bо‘lgan munosabat ijobiy tomonga о‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.

Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga kо‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga kо‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.



Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bо‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga tо‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yо‘lini kо‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bо‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha о‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bо‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.

Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va gо‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bо‘lmagan xalq yо‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bо‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga kо‘ra о‘rganish mumkin demakdir.




Yüklə 16,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin