Dinlar paydo bо‘lishiga kо‘ra quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
Urug‘-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, о‘z urug‘idan chiqqan sehrgar shomon qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular hozir Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan:
Jahon dinlari – dunyoda eng kо‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bо‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Dinlar ta’limotiga kо‘ra, monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – kо‘pxudolik (hinduiylik, konfusiylik) dinlariga bо‘linadi.