2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Yüklə 145,78 Kb.
səhifə5/15
tarix10.03.2022
ölçüsü145,78 Kb.
#53578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qoʻrquv. Bola tunda dahshatli tush koʻrganidan uygʻonib ketadi. U krovat tagida yashovchi maxluqlardan qoʻrqqani kabi, bir kun avtomobil halokatiga uchragan kishi, yana rulga oʻtirolmaydi. Zilzilani boshidan oʻtqazgan inson omon qolgan kvartirasiga qaytishdan bosh tortadi. Zoʻrlikka duchor boʻlganlar esa, oʻz podyezdiga kirishga oʻzlarini qiyinlik bilan majburlaydilar. Bularning barchasini sababi qoʻrquvdir.

Qoʻrquvning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:



  • muskullarning zoʻriqishi (asosan yuzning);

  • kuchli yurak urishi;

  • yuzaki nafas olish;

  • oʻz xulqi ustidan nazoratning pasayishi.

Vahima qoʻrquv qochishga undashi, karaxtlikka yoki aksincha qoʻzgʻalishga, agressiv xulqqa olib kelishi mumkin. Bunda inson nima qilayotganini, atrofda nima boʻlayotganini anglamaydi.

Bunday vaziyatda:



  1. Jarohatlanuvchining qoʻlini bilagingizga qoʻying, u sizning tinch pulsingizni sezsin. Bu unga signaldek boradi: "Men hozir yoningdaman, sen yolgʻiz emassan!".

  2. Chuqur va bir tekis nafas oling. Jarohatlanuvchini siz bilan bir ritmda nafas olishga undang.

  3. Jarohatlanuvchi gapirsa uni tinglang, unga qiziqayotganingizni, tushunayotganingizni, hamdardligingizni namoyon qiling.

  4. Jarohatlanuvchi tanasidagi zoʻraygan muskullarni yengil massaj qiling.

Nerv titrogʻi. Ekstremal vaziyatdan keyin boshqarib boʻlmaydigan nerv titrogʻi paydo boʻladi(inson oʻz xohishi bilan ushbu reaksiyani toʻxtata olmaydi). Organizm zoʻriqishni shunday chiqazib tashlaydi. Agar bu reaksiya toʻxtatib qoʻyilsa, zoʻriqish tana ichida qolib ketadi va mushakda ogʻriqlar paydo boʻla boshlaydi, keyinchalik esa gipertoniya, yazva kabi jiddiy kasalliklarni rivojlantiradi.

Ushbu holatning asosiy belgilari:



  • titroq toʻsatdan insidentdan keyin birdan yoki bir qancha vaqtdan soʻng boshlanadi;

  • butun tanada yoki uning alohida qismida kuchli qaltirash paydo boʻladi (inson qoʻlida mayda predmetlarni ushlab turolmaydi, sigaretni yoqolmaydi);

  • reaksiya yetarlicha uzoq davom etadi (bir necha soatgacha);

  • keyin inson kuchli charchoqni sezadi va dam olishga muhtoj boʻladi.

Ushbu vaziyatda:

  1. Titroqni kuchaytirish kerak.

  2. Jarohatlanuvchini yelkasidan ushlab, 10 15 sekund davomida shiddat bilan silqiting.

  3. Gapirishda davom eting, aks holda u sizning harakatlaringizni tashlanish sifatida qabul qiladi.

  4. Reaksiya tugaganidan keyin dam olishga imkon bering.

Mumkin emas:

  • jarohatlanuvchini quchoqlash yoki oʻzingizga bosish;

  • jarohatlanuvchini issiq narsa bilan oʻrash;

  • jarohatlanuvchini tinchlantirish, oʻzini qoʻlga olishini aytish.

Yigʻi. Qachon inson yigʻlasa, uning ichidan tinchlantiruvchi kuchga ega moddalar chiqa boshlaydi. Bunday vaziyatda yoningda qaygʻuni boʻlishishga kimdir boʻlgani yaxshi.

Ushbu holatning asosiy belgilari:



  • inson yigʻlayapti yoki yigʻlashga tayyor holatda;

  • lablari qimirlaydi;

  • tushkunlik holati kuzatiladi;

  • isterikadan farqli qoʻzgʻalish belgilari yoʻq.

Agar inson koʻz yoshini ushlab tursa, yengillik boʻlmaydi. Vaziyat choʻzilib ketsa, ichki zoʻriqish jismoniy va psixik zoʻriqishga zarar yetkazishi mumkin. Bunda:

  1. Jarohatlanuvchini bir oʻzini qoldirmang.

  2. Jarohatlanuvchi bilan jismoniy kontakt oʻrnating (qoʻlini ushlang, qoʻlingizni yelkasiga yoki beliga qoʻying, boshini silang). U siz yonida ekaningizni his qilsin.

  3. "Faol tinglash" usulini qoʻllang (bu unga qaygʻusini chiqarib tashlashiga yordam beradi): "ha", "hmm", soʻzlarini ayting, boshingiz bilan maʼqullang; jarohatlanuvchi oʻz hissiyotlarini bildirgan ayrim gaplarini takrorlang; oʻz hissiyotlaringiz va uning hissiyotlari haqida gapiring.

  4. Uni tinchlantirishga urinmang.

  5. Savollar, maslahatlar bermang. Faqat eshiting.

Isterika. Isterik tutqanoq bir necha minut yoki bir necha soat davom etadi. Asosiy belgilari:

  • onglilik saqlanib qoladi;

  • ortiqcha qoʻzgʻalish, koʻp harakatlar, sahnalashtirilgan harakatlar;

  • nutq emosional boy, tez;

  • baqirishlar, arillashlar.

Ushbu vaziyatda:

  1. Tomoshabinlarni yoʻqotib, tinch sharoitni yaratish. Jarohatlanuvchi bilan holi qoling, agar bu sizga xavfli boʻlmasa.

  2. Kutilmaganda xayratlanuvchi harakatni amalga oshiring (yuziga urish, suv sepish, baland ovoz bilan predmetni tashlash, birdan baqirish mumkin).

  3. Jarohatlanuvchi bilan qisqa frazalarda, ishonch tonida gapiring ("Suvni ich", "Yuzingni yuvib ol").

  4. Isterikadan keyin kuchsizlik boshlanadi. Jarohatlanuvchini uxlashga yotqizing. Mutaxassis kelgunicha uni holatini kuzating.

  5. Jarohatlanuvchini xohishini bajarmang.





  1. Yüklə 145,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin