2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja


Fanning boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi



Yüklə 145,78 Kb.
səhifə2/15
tarix10.03.2022
ölçüsü145,78 Kb.
#53578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Fanning boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi:

“Falsafa”, “Umumiy psixologiya”, “Etika”, “Psixodiagnostika”, “Odam anatomiyasi”, “Psixofiziologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixologik xizmat”, “Rivojlanish psixologiyasi”, “Yosh fiziologiyasi”, “Gigiyena”, “Pedagogika” va “Tibbiy fanlar”.




  1. Ekstremal va qiyin hayotiy vaziyatlar klassifikatsiyasi.

Dunyo boʻylab soʻnggi yillarda ekstremal vaziyatlar (texnogen va tabiiy ofatlar, millatlararo nizolar, terroristik aktlar) soni oʻsib bormoqda. Bu esa yuqoridagi vaziyatlar qurbonlariga tezkorlik bilan psixologik yordam koʻrsatishga qodir mutaxassislarni tayyorlash zaruratini tugʻdirmoqda. Ekstremal vaziyatlarda aholiga ekstremal psixologik yordam koʻrsatish muammosi oʻta muhim va aktualligiga qaramay hozirgi kunda bu vazifalar hali hanuz psixolog uchun yangi oʻrganilmaganligicha qolmoqda.

1980-yillar oxirida paydo boʻlgan jarohatdan keyingi buzilishlar "psixik jarohat" tushunchasi bilan nomlana boshlandi. Inson tomonidan hodisa uning mavjud boʻlishi uchun xavf tugʻdirayotgandek, normal hayot faoliyatini buzayotgandek va u uchun jarohatlovchi voqeadek, yaʼni maʼlum turdagi iztirob qaygʻu sifatida idrok etiladi.

Psixolog va psixoterapevtlar borgan sayin koʻproq psixik jarohat olgan odamlar bilan ishlashlariga toʻgʻri kelmoqda, bularga: majburan koʻchirilganlar va qochoqlar, garovga olingan qurbonlar, bosqinchilik, otishmalar, qarindoshlari oʻlimini, talonchilik bosqinlarini, shuningdek keng masshtabli tabiiy va texnogen fojialarni boshidan kechirgan insonlar misol boʻla oladi.

Ekstremal vaziyatlar-bu maʼlum territoriyada yuzaga kelgan xavfli toʻqnashuv, tabiiy hodisa, fojia yoki boshqa bir ofat natijasida oʻz ortidan inson qurbonliklariga olib keluvchi, odamlar sogʻligi yoki atrof muhitga zarar yetkazuvchi holat.

Ekstremal vaziyatlar quyidagi belgilar bilan klassifikatsiya qilinadi:


  • Toʻsatdanlik darajasi bilan: toʻsatdan (bashorat qilinmaydigan) va kutilgan (bashorat qilinadigan). Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vaziyatlarni bashorat qilish oson, tabiiy ofatlarni esa qiyin (masalan, inqiroz va zilzila).

  • Yoyilish tezligiga koʻra: ekstremal vaziyatlar portlovchi, shiddatli, tez yoki oʻrtacha yo sekin yoyiluvchan xarakterda boʻladi.

  • Yoyilish kengligiga koʻra: lokal, mahalliy, territorial, regional, federal. Lokal, mahalliy va territorial ekstremal vaziyatlar bir boʻlinmadan, ishlab chiqarish joyidan, aholi punkti chegarasidan chiqmaydi. Regional va federal ekstremal vaziyatlar butun bir region, davlat, hattoki, bir qancha davlatlar miqyosida sodir boʻladi.

  • Harakat davomiyligiga koʻra: qisqa muddatli yoki uzoq muddatli xarakterda boʻlishi mumkin. Atrof muhitni ifloslanishi sodir boʻladigan barcha ekstremal vaziyatlar uzoq muddatliga kiradi.

  • Xarakteriga koʻra: oldindan rejalashtirilgan (qasddan) va rejalashtirilmagan (qasddan boʻlmagan). Birinchisiga koʻpchilik milliy, ijtimoiy va harbiy nizolar, terroristik aktlar va boshqalar kiradi. Tabiiy ofatlar oʻzining kelib chiqish xarakteriga koʻra maqsadlashtirilmagan boʻlib, bu guruhga texnogen toʻqnashuvlar va fojialar kiradi.

Kelib chiqish manbaiga koʻra favqulodda vaziyatlar:

  1. Texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlar transport toʻqnashuvlari va fojialar, yongʻin va portlash, kimyoviy zaharlovchi va radioaktiv moddalar tarqaluvchi avariyalar va fojialar.

  2. Tabiatdan kelib chiquvchi favqulodda vaziyatlar geofizik, geologik, meteorologik, dengizdagi xavfli gidrologik hodisalar, tabiiy yongʻinlar.

  3. Ijtimoiy biologik xarakterli favqulodda vaziyatlar ochlik, terrorizm, jamoaviy tartibsizlik, alkogolizm, giyohvandlik, toksikomaniya, turli xil zoʻravonlik aktlari.





  1. Yüklə 145,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin