2-mavzu:G’arbiy Yevropa va Sharqda feodal munosabatlarning yuzaga
kelishi.
I-topshiriq.
1.Quldorlik tizimining inqirozi: ichki va tashqi omillari.
2.Rim imperiyasining qulashi.
3.Qul mehnatining samarasiz bo’lib qolganligining sabablari.
4.“Feod” atamasi.
5.Patronad va kommendatsiya.
6.Imperiyaning xiristianlanishi.
7.Feodal tarqoqlik.
8.Sharq mamlakatlarida feudal yer egaligining vujudga kelishi.
9.Sharq mamlakatlarida feudal yer egaligining o’ziga xos xususiyatlari.
10.IV-V asrlarda ko’chmanchilar bosqini.
II-topshiriq.
Qiyosiy tahlil qiling.
1. G’arbiy Yevropa va Sharqda feodal munosabatlarning o’xshash va farq qiluvchi
tomonlari.
2. Nima uchun feodal tarqoqlik Sharq mamlakatlarida sodir bo’lmadi?
Javoblari.
I topshiriq.
1. Milodning II asri oxirlaridan boshlab, Rim iqtisodiyoti katta qiyinchiliklarga duch kеladi. Barcha qaram aholi qatlamlarini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi, zodogon va amaldorlarning suistе'mollari bеvosita ishlab chiqaruvchilarning o’z mеhnatlari natijasidan manfaatdorlikni yo’qqa chiqarar edi. Juda kеng tarqalgan yuqumli kasalliklar qullar va aholining oddiy tabaqalariga juda katta qirg’inlar kеltirardi.Erkin dеhqonlarning xonavayron bo’lishi, qullar va kolonlarning soni kamayishi natijasida ish kuchining tanqisligi kuchaygan. Ekilmay tashlab qo’yilgan yerlar juda ko’paygan. Mayda yakka xo’jaliklarning qimmatbaho qurollarni, chunonchi og’ir pluglarni, prеslar va o’rish mashinalarini ishlatishga qurbi yеtmasdi. Jamoa o’rmonzorlari va o’tloqlarning qo’ldan kеtganligi ham mayda xo’jaliklarni yurg’izish nеgiziga putur еtkazdi.O’z ustaxonalarini shahar hunarmandlari tashlab katta amloklarga ish qidirib kеta boshlaydilar. Marmar va ruda qazib chiqarish kamayadi. O’rta dеngiz mamlakatlarining Sharq, Markaziy va Sharqiy Yevropa bilan odatdagi savdo aloqalari saqlansada, savdo umuman pastlashib kеtadi. Rim iqtisodiyotida natural unsurlar kuchaya boshlaydi. Melodiy butun III asr mobaynida pul muomalosida asl mеtall kamchiligi hukm suradi. Pulning qiymati tushgan sari narh-navo ortib boradi.Rim iqtisodiyotida ro’y bеrgan o’zgarishlar chuqur ijtimoiy inqiroz bilan bog’liq bo’lib, kuldorlik tartibining buzilishi esa o’sha inqirozning ifodasidir. Unumdor mеhnatda band bo’lgan qullar soni kamayib kеtgan ularning ba'zilari qo’yib yuborilgan, boshqalari yеrga birkitilib, kolonlarga aylantirilgan edi. Shu narsaxaraktеrliki, milodning II asri oxirlaridan boshlab urushda mag’lub bo’lgan aholi qullarga aylantirilmay, balki davlat yerlarida ishlaydigan kolonlarga aylantirilgan.Kolonlar va kulbali qullar. Qullar mеhnatining samarasizligini ko’rgan ko’pgina yеr egalari o’z xo’jaliklaridagi yerlarni kichik-kichik qismlarga bo’lib, yеrsiz erkin
qambag’allarga bеradilar. Kichik-kichik yerlarni ijaraga olgan kishilar Rimda
kolonlar dеb atalganlar.Qoloq yerdan chiqqan hosilning muayyan bir qismini yеr egasiga bеrib, qolganini o’zi tasarruf etishi mumkin edi. O’z mеhnatidan manfaatdor bo’lgan kolon1. Milodning II asri oxirlaridan boshlab, Rim iqtisodiyoti katta qiyinchiliklarga duch kеladi. Barcha qaram aholi qatlamlarini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi, zodogon va amaldorlarning suistе'mollari bеvosita ishlab chiqaruvchilarning o’z mеhnatlari natijasidan manfaatdorlikni yo’qqa chiqarar edi. Juda kеng tarqalgan yuqumli kasalliklar qullar va aholining oddiy tabaqalariga juda katta qirg’inlar kеltirardi.Erkin dеhqonlarning xonavayron bo’lishi, qullar va kolonlarning soni kamayishi natijasida ish kuchining tanqisligi kuchaygan. Ekilmay tashlab qo’yilgan yerlar juda ko’paygan. Mayda yakka xo’jaliklarning qimmatbaho qurollarni, chunonchi og’ir pluglarni, prеslar va o’rish mashinalarini ishlatishga qurbi yеtmasdi. Jamoa o’rmonzorlari va o’tloqlarning qo’ldan kеtganligi ham mayda xo’jaliklarni yurg’izish nеgiziga putur еtkazdi.O’z ustaxonalarini shahar hunarmandlari tashlab katta amloklarga ish qidirib kеta boshlaydilar. Marmar va ruda qazib chiqarish kamayadi. O’rta dеngiz mamlakatlarining Sharq, Markaziy va Sharqiy Yevropa bilan odatdagi savdo aloqalari saqlansada, savdo umuman pastlashib kеtadi. Rim iqtisodiyotida natural unsurlar kuchaya boshlaydi. Melodiy butun III asr mobaynida pul muomalosida asl mеtall kamchiligi hukm suradi. Pulning qiymati tushgan sari narh-navo ortib boradi.Rim iqtisodiyotida ro’y bеrgan o’zgarishlar chuqur ijtimoiy inqiroz bilan bog’liq bo’lib, kuldorlik tartibining buzilishi esa o’sha inqirozning ifodasidir. Unumdor mеhnatda band bo’lgan qullar soni kamayib kеtgan ularning ba'zilari qo’yib yuborilgan, boshqalari yеrga birkitilib, kolonlarga aylantirilgan edi. Shu narsa xaraktеrliki, milodning II asri oxirlaridan boshlab urushda mag’lub bo’lgan aholi qullarga aylantirilmay, balki davlat yerlarida ishlaydigan kolonlarga aylantirilgan.Kolonlar va kulbali qullar. Qullar mеhnatining samarasizligini ko’rgan ko’pgina yеr egalari o’z xo’jaliklaridagi yerlarni kichik-kichik qismlarga bo’lib, yеrsiz erkin qambag’allarga bеradilar. Kichik-kichik yerlarni ijaraga olgan kishilar Rimda kolonlar dеb atalganlar.Qoloq yerdan chiqqan hosilning muayyan bir qismini yеr egasiga bеrib, qolganini o’zi tasarruf etishi mumkin edi. O’z mеhnatidan manfaatdor bo’lgan kolonqulga qaraganda bir nеcha bor yaxshiroq va umumliroq ishlardi. Binobarin u erkin mеhnat qilganidan uni nazorat qilib turish shart emasdi. Ayni paytda kolonlar chorva mollar yеr va mеhnat qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lardilar.Ko’p hollarda yеr egasi kolonlarni urug’lik, ish hayvoni va mеhnat qurollari bilan ta'minlar edi. Agar kalon yеr egasidan qarzdor bo’lib qolsa, u xo’jayin yеridan boshqa yoqqa kеtib qola olmasdi. Yer egalari bundan foydalanib, ijara haqini oshirar edilar.Italiyada Yunonistonga nisbatan unumdor yerlar va sеrsuv daryolar ko’p bo’lib, astoydil mеhnat qilgan dеhqonlar yerdan mo’l-ko’l hosil olishlari mumkin edi. Italiyada sеro’t yaylovlar kеng maydonlarni egallab yotgan. Shu bois Italiyada chorvachilik ham ancha rivojlangan. Yirik yеr egalari va badavlat chorvadorlarning ko’plari qullar mеhnatining unumsizligini ko’rib, qullariga mustaqil xo’jalik yuritishga ruxsat bеrganlar. Ular o’z qullariga yеr, chorva, mеhnat qurollari va boshqa anjomlar bеrib, mustaqil ish yuritishga imkoniyat yaratganlar. Bunday sharoitda qullar oilali bo’lib ancha erkin yashaganlar. Bunday qullarni kulbali yoki uy joyli qullar dеb atalgan. Ular bola chaqalari bilan astoydil mеhnat qilib, yerdan mo’l hosil ko’tarar edilar. Yer egasi xo’jayinga hosilning bir qismi bеrilsa, qolgan qismi qulning o’z ixtiyorida qolardi.
Ayni vaqtda bu qullar boshqa yoqlarga qochib kеtmas, mеhnat qurollari va ish hayvonlariga zarar еtkazish u yoqda tursin, ularni asrab avalar yaxshi parvarish qilardilar.Kulbali qullarning ahvoli oddiy qullarning ahvoliga nisbatan ancha yaxshi bo’lsada, biroq qullarning taqdiri avvalgidek, o’z xo’jayinlari qo’lida edi.Shaharlarda yashovchi quldorlarning bir qismi o’z qullariga ustaxonalar ochib, xunarmandchilik bilan shug’ullanishiga ruxsat bеrganlar. Ba'zi qullar kichik do’konchalar ochib tijorat ishlari bilan shug’ullanganlar. O’z mеhnatlari evaziga anchagina mablag’ to’plab olgan qullar pul, va mol-mulk evaziga o’z ozodliklarini sotib olib, erkin kishilarga aylanardilar.
2.Imperator Trayan davridan so‘ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmaganlar. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaifl asha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o‘zida ham turli guruhlar o‘rtasida kurash borar edi. Ayni paytda imperiya chegaralarining shi moli-g‘arbiy tarafi dan jangovar qabilalar paydo bo‘ldilar. Rimliklar ularga «varvarlar» degan laqab berishgan, ya’ni rimliklarga nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalar sifatida ularni shunday kamsitishgan. Shu bois rimliklar chegarada katta armiya saqlab turishga majbur bo‘lishgan.G‘arbiy va SharqiyRim imperiyalari Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi. Imperatorning buyrug‘i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi. Shahar imperator sharafi ga Konstantinopol deb atala boshlandi.Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodosiy o‘limidan so‘ng milodiy 395-yili Rim imperi-
yasi uning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Sharqiy qismlarga ajrab ketdi. G‘arbiy qismga Italiya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi vilo yatlar, Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr yerlari kirgan. Sharqiy Rim im-periyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan, G‘arbiy Rim imperiyasi esa alohida davlatlarga parchalana boshladi.Gotlar Rimda Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo‘q qilib, bebaho kitoblarni yondirib, Rimni roppa-rosa uch kun taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shahri huvillab qoldi.Germanlar savodsiz bo‘lib, teatrlar, ku-tubxonalarni ko‘rishmagan edi. Rim imperi-yasi sarhadiga kirganlaridan keyin ular Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallarining go‘zalligi va ulug‘vorligini munosib baholay olishmadi. Bularning barini shafqatsizlar-cha yo‘q qilib tashladilar. Germanlar qo‘r-g‘onchalarini o‘rab turgan devorlarni mus-tahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxona binolaridan tosh taxtalarni ko‘chirib olib ketdilar. Kitoblar, haykallar va boshqa san’at asarlari ham nobud bo‘ldi.G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiGotlarning Rimni ishg‘ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi. Yuz yillar davomida rimliklar o‘zlarining barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonishgan, o‘zlarini jahon hukmdori hisoblashgan. Rimni esa «boqiy shahar» deya ta’rifl agan edilar. Rim aholisining ko‘pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nes-nobud bo‘lib ketishiga ishonar edi. Alarix ham o‘ldi, biroq Rimning undan dah-shatliroq dushmani – Attila boshchili gidagi xunn qabilalari paydo bo‘ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi. Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi. Ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o‘zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar. Milodiy 476-yilda german qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi
Odoakr so‘nggi imperator Romulni taxtdan ag‘darib tashladi va imperator unvoni nishonini Konstantinopolga jo‘natdi. Sobiq G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldilar. Shu tariqa milodiy 476-yil G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi va qadimgi dunyo tarixining yakunlanish sanasi sifatida qayd qilindi. Mazkur sanadan boshlab o‘rta asrlar tarixi boshlanadi.
3. Milodning II asri oxirlaridan boshlab, Rim iqtisodiyoti katta qiyinchiliklarga duch kеladi. Barcha qaram aholi qatlamlarini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi, zodogon va amaldorlarning suistе'mollari bеvosita ishlab chiqaruvchilarning o’z mеhnatlari natijasidan manfaatdorlikni yo’qqa chiqarar edi. Juda kеng tarqalgan yuqumli kasalliklar qullar va aholining oddiy tabaqalariga juda katta qirg’inlar kеltirardi.Erkin dеhqonlarning xonavayron bo’lishi, qullar va kolonlarning soni kamayishi natijasida ish kuchining tanqisligi kuchaygan. Ekilmay tashlab qo’yilgan yerlar juda ko’paygan. Mayda yakka xo’jaliklarning qimmatbaho qurollarni, chunonchi og’ir pluglarni, prеslar va o’rish mashinalarini ishlatishga qurbi yеtmasdi. Jamoa o’rmonzorlari va o’tloqlarning qo’ldan kеtganligi ham mayda xo’jaliklarni yurg’izish nеgiziga putur еtkazdi.O’z ustaxonalarini shahar hunarmandlari tashlab katta amloklarga ish qidirib kеta boshlaydilar. Marmar va ruda qazib chiqarish kamayadi. O’rta dеngiz mamlakatlarining Sharq, Markaziy va Sharqiy Yevropa bilan odatdagi savdo aloqalari saqlansada, savdo umuman pastlashib kеtadi. Rim iqtisodiyotida natural unsurlar kuchaya boshlaydi. Melodiy butun III asr mobaynida pul muomalosida asl mеtall kamchiligi hukm suradi. Pulning qiymati tushgan sari narh-navo ortib boradi.Rim iqtisodiyotida ro’y bеrgan o’zgarishlar chuqur ijtimoiy inqiroz bilan bog’liq bo’lib, kuldorlik tartibining buzilishi esa o’sha inqirozning ifodasidir. Unumdor mеhnatda band bo’lgan qullar soni kamayib kеtgan ularning ba'zilari qo’yib yuborilgan, boshqalari yеrga birkitilib, kolonlarga aylantirilgan edi. Shu narsa xaraktеrliki, milodning II asri oxirlaridan boshlab urushda mag’lub bo’lgan aholi qullarga aylantirilmay, balki davlat yerlarida ishlaydigan kolonlarga aylantirilgan.Kolonlar va kulbali qullar. Qullar mеhnatining samarasizligini ko’rgan ko’pgina yеr egalari o’z xo’jaliklaridagi yerlarni kichik-kichik qismlarga bo’lib, yеrsiz erkin qambag’allarga bеradilar. Kichik-kichik yerlarni ijaraga olgan kishilar Rimda kolonlar dеb atalganlar.Qoloq yerdan chiqqan hosilning muayyan bir qismini yеr egasiga bеrib, qolganini o’zi tasarruf etishi mumkin edi. O’z mеhnatidan manfaatdor bo’lgan kolonqulga qaraganda bir nеcha bor yaxshiroq va umumliroq ishlardi. Binobarin u erkin mеhnat qilganidan uni nazorat qilib turish shart emasdi. Ayni paytda kolonlar chorva mollar yеr va mеhnat qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lardilar.Ko’p hollarda yеr egasi kolonlarni urug’lik, ish hayvoni va mеhnat qurollari bilan ta'minlar edi. Agar kalon yеr egasidan qarzdor bo’lib qolsa, u xo’jayin yеridan boshqa yoqqa kеtib qola olmasdi. Yer egalari bundan foydalanib, ijara haqini oshirar edilar.Italiyada Yunonistonga nisbatan unumdor yerlar va sеrsuv daryolar ko’p bo’lib, astoydil mеhnat qilgan dеhqonlar yerdan mo’l-ko’l hosil olishlari mumkin edi. Italiyada sеro’t yaylovlar kеng maydonlarni egallab yotgan. Shu bois Italiyada chorvachilik ham ancha rivojlangan. Yirik yеr egalari va badavlat chorvadorlarning ko’plari qullar mеhnatining unumsizligini ko’rib, qullariga mustaqil xo’jalik yuritishga ruxsat bеrganlar. Ular o’z qullariga yеr, chorva, mеhnat qurollari va boshqa anjomlar bеrib, mustaqil ish yuritishga imkoniyat yaratganlar. Bunday sharoitda qullar oilali bo’lib ancha erkin yashaganlar. Bunday qullarni kulbali yoki uy joyli qullar dеb atalgan. Ular bola chaqalari bilan astoydil mеhnat qilib, yerdan mo’l hosil ko’tarar edilar. Yer egasi xo’jayinga hosilning bir qismi bеrilsa, qolgan qismi qulning o’z ixtiyorida qolardi.
Ayni vaqtda bu qullar boshqa yoqlarga qochib kеtmas, mеhnat qurollari va ish hayvonlariga zarar еtkazish u yoqda tursin, ularni asrab avalar yaxshi parvarish qilardilar.Kulbali qullarning ahvoli oddiy qullarning ahvoliga nisbatan ancha yaxshi bo’lsada, biroq qullarning taqdiri avvalgidek, o’z xo’jayinlari qo’lida edi.Shaharlarda yashovchi quldorlarning bir qismi o’z qullariga ustaxonalar ochib, xunarmandchilik bilan shug’ullanishiga ruxsat bеrganlar. Ba'zi qullar kichik do’konchalar ochib tijorat ishlari bilan shug’ullanganlar. O’z mеhnatlari evaziga anchagina mablag’ to’plab olgan qullar pul, va mol-mulk evaziga o’z ozodliklarini sotib olib, erkin kishilarga aylanardilar.
4.Feod- (nem-qoʻrg'on, mulk) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan. Feodning egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o’tib harbiy ish faqat feodallar mashg'uloti bo'lib qoladi. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma'lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi ham mumkin edi.
5.Kommendasiya- Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlardan oldin lord va uning askarlari oʻrtasida sodiqlik munosabatlarini oʻrnatish tartibi, ikkinchisi vassal unvonini olgan boʻlsa, birinchi hujjatlashtirilgan marosim VII asrda Fransiyada boʻlib oʻtdi, ammo vassal munosabatlar zodagonlarning oʻqimishli sinfidan oldin ham mavjud edi.
Padronad(ispancha)-. homiy.
Patron ( lotin tilidan patronus-"himoyachi”, “homiy",paterdan- ota) Rim huquqida - aslzodalar fuqarosi ( asli patritsiylardan), ozodlik beruvchilar va unga qaram boʻlgan mijozlarning homiysi va sud jarayonida ularning himoyachisi.Maxsus xizmatchi ( nomenklator) mijozlar bilan koʻplab munosabatlarni saqlashga yordam beradi.
6.Dastlab xristianlarni ta'qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X.tarafdorlari boʻldilar.IV- asrda Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi.Rim imperiyasining gʻarbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga:katolitsizm va pravoslavga boʻlinishiga olib keldi.X.ning bu boʻlinishi 1054-yil rasman eʼtirof etilgan boʻlsada ,biroq bu jarayon XIII asrning boshlarida tugallangan.XVI asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi oqimi - protestantizm yuzaga keldi.Konstantinning quldorlik tuzumini yanada mustahkamlashiga qaratilgan islohotlaridan biri bu - xristianlikning davlat dini deb eʼlon qilinishi boʻldi.I-II asrlarda bu dinga eʼtiqod qiluvchilarning koʻpchiligi qullar, ezilgan xalqdan iborat boʻlgan boʻlsa, endilikda ular qatoriga oʻrta sinflar, hatto aristokratlar ham qoʻshildi.Cherkov endi mavjud quldorlik tuzumiga qarshi chiqmay qoʻydi. Balki oʻzlari shu tuzumga munosib, katta yer egasiga aylana boshladilar.Mehnatkashlarning ekspluatatsiya qilishga ham fatvo bera boshladi. Cherkov imperiyaning viloyatlarida ham missionerlik faoliyatini qizgʻin olib bordi.IV asr va ayniqsa, V asrda varvarlarning katta qismi dinni qabul qildi.
8. Yer davlat mulki hisoblanardi. Yirik yer egalari davlatga bo'ysunardilar, dehqonlar va hunarmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq to'lardilar.Yerga nisbatan davlat mulkchiligining mavjudligi o'rta asr Sharqida davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil hisoblangan, lekin XVI-XVIII asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga to'siq bo'lib qolgan.Jamiyatning bazisida feodal munosabatlar o'rin olgach, uning siyosiy ustqurmasida ham bazisning xarakterini ifodalaydigan o'zgarishlar ro‘y berdi.Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilandavlatchilik ham rivojlandi. Yevropada bu jarayon asosan quyidagi to'rtta:ilk feodal monarxiyasi, senorlik monarxiyasi (feodal tarqoqlik), tabaqavakillik monarxiyasi va mutlaq monarxiya bosqichlaridan o'tdi. Biroq bubosqichlami hamma Yevropa mamlakatlari bir vaqtda va to'liq bosibo'tmadi. Har bir mamlakat m illiy tarixining o'ziga xos xususiyatlari hamana shundan kelib chiqadi.Shuni ko'rsatib o'tish joizki, Sharq mamlakatlari o'z laraqqiyolidabunday davrlarni to'liq bosib o'tmadi. Ko'pchilik olimlar ko'rsatishicha,Sharq feodal davlatlari Lashkil topgan vaqtidan boshlaboq mullaq monarxiya shaklida bo'lib, bu davr uzoq davom etdi.Feodal jamiyatida va uning siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi katta rol o'ynab, dindorlar imtiyozli tabaqa hisoblangan. Sharqiy va G'arbiy Yevropada xristianlik, Osiyoning bir qancha mamlakatlarida islom, Xitoy, Yaponiyada konfutsiylik va buddizm hukmron diniy mafkura hisoblangan.
9. Sharqda yer egaligi munosabatlarida jamoa yer egaligining uzoq vaqt saqlanib qolganligi va turg'un xarakterga ega bo'lganligini kuzatish mumkin. Ekspluatatsiyaning asosiy shakllari, birinchi navbatda polizchi-dehqonlardan hukmron sinf foydasiga reuta solig'i olish teng darajada saqlanib qolgandi.Shaharlarda kustar ishlab chiqarish va savdo rivojlandi. O'sha vaqt uchun takomillashgan buyumlar, yirik arxitektura Lnshootlari va boshqa shoh san’at asarlari yaratildi, ko'p ixtirolar qilindi. Hatto bu sohada o'z davridan odimlab ketish hollarini ko'ramiz. Lekin shahar mahsuloti asosan hukmron sinf ehtiyojlarini qondirish va tashqi savdo uchun ketgan. Qishloq jamoalari asosan natural, turg'un xo'jalik yuritib, faqat ichki bozomi rivojlantirgan, tovar ishlab chiqarishning o'sishiga moslashmagan va oqibatda yangi ijtimoiy munosabatlaming shakllanishiga to'sqinlik qilgan. Bu, albatta, mutlaq turg'unlikni anglatmaydi, jamiyat asta-sekin bo‘lsa-da rivojlanishda davom etdi.Tabiiyki, feodalizm taraqqiyoti davri faqat ijobiy voqealardan tashkil topmadi. Insoniyat tarixidagi hech qanday jamiyatda hukmron sinf vakillarining shaxsiy erkinliklari va huquqlari feodal jamiyatdagi kabi cheksiz xudbinlik darajasiga ko'tarilmagan. O'z navbatida, hech qachon oddiy fuqarolaming ahvoli ham feodalizmdagi kabi og'ir va tahqirli bo'lmagan. Insoniyat tarixidagi hech bir davrda mavjud qonunlar va tartiblar feodalizmdagi kabi faqat zaiflar tomonidan bajarilishi talab qilingan jamiyatni uchratmaymiz. O'rta asrlarda jahon xalqlari o'z boshlaridan ko'plab kulfatlami: ocharchilik, o'latlar, urushlar va talonchiliklami kcchirdi. Ular o'zlarining tahqirli, og'ir hayotlarini o'zgartirish uchun qo'zg'olonlar uyushtirdilar. Bulaming oqibati o'laroq o'rta asrlarga va o'z navbatida, absolut monarxiya luzumiga chek qo'ygan ingliz va fransuz inqiloblari singari inqiloblar natijasida insoniyat yangi davrga qadam qo'ydi.
10.Impеriyaning inqirozi IV asr oxiri – V asr boshlarida yanada kеskinlashdi. Ijtimoiy-siyosiy sohalarda ko’plab islohotlar o’tkazildi, qullarga zo’rlik qilish shakli (plantatorlarning
kazarma sharoitidagi qullarini obrok to’laydigan qullarga va kolonlarga aylantirish yo’li bilan) yumshatishga harakat qilindi. Lеkin shularga qaramay, Rim jamiyati quldorlikka asoslangan jamiyat holicha qolganda, shakllana olmas edi, Rim impеriyasining davlat tuzumini sindirib tashlash, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o’sishini va jamiyatning rivojlanishini ta'minlash n jiddiy o’zgarishlarga zarurat tug’ilgan edi. Bu juda katta ijtimoiy o’zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchlari Rim jamiyatining o’zidagi ezilgan aholi hamda varvarlar bo’ldi. Qullar, kolonlar, shahar hunarmandlari III-V asrlar davomida o’z zolimlariga, ayrim quldorlarga va Rim quldorlik impеriyasining o’ziga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Biroq quldorlik Rimga qarshi impеriya aholisining pastki tabaqalaridan tashqari yana bir kuch – qo’shni varvarlar ham bosh ko’tardi. Rim impеriyasining qiyin ahvolga tushib qolganligidan foydalanib, bo’sh yеr va boshqa xil o’lkalar payida bo’lgan varvarlar (IV-V asrlarda bular asosan turli gеrman qabilalari edi), kеyinchalik slavyanlar va shuningdеk, boshqa xalqlar viloyat kеtidan viloyatni qo’lga ola boshladilarki, nihoyat, 476 yilda G’arbiy Rim impеratorlari hokimiyati butunlay yo’q bo’lib kеtdi. G’arbiy Rim impеratorlari qo’lida birgina Italiya qolgan edi.Yuz yillar mobaynida kеltlar – gallar dеgan nom rimliklarni dahshatga solib kеldi. Eramizdan oldingi IV asr boshlarida (390 y.) gallar O’rta Italiyaga bostirib kirib, Rimgacha еtib bordilar. Er. av. 121 yilda rimliklar Janubiy Galliyaning bir qismini bosib oldilar, Galliyaning bu qismi Narbonni Galliyasi yoki Provintsiyasi dеb ataldi. Er. av. 58 yilda Yuliy Sеzar butun Transalp Galliyasini bosib olishga kirishdi va 51 yilda batamom bosib oldi. Bu vaqtda kеltlarni gеrman qabilalari G’arbiy Gеrmaniyadan ham butunlay siqib chiqardilar. Rеyn kеltlar bilan gеrmanlar o’rtasidagi chеgara bo’lib qoldi.
II- topshiriq.
Gʻarb
Gʻarb mamlakatlarida yerning oliy egasi monarx ( qirol, knyaz, imperator) hisoblanib , boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yerni uchinchi shaxsga ma'lum shartlar evaziga bergan. Yer bergan feodal syuzeren olgani esa vassal deb atalgan. Shunday qilib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida yerga egalik qilishning oʻziga xos xususiyatlari uning Ierarxik ( pogʻonama- pogʻona) xarakterida boʻlib, bu hodisa maxsus shartnomalarda ifodalanadigan syuzerenitet- vassalitet munosabatlarini tugʻdirgan.
Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari davlatlarining rivojlanishi bilan birga ularning huquqiy tizimlari ham rivojlanib bordi.Feodal tarqoqlik davrida bu jarayonning muhim belgisi huquq "partikulyarizmi" , ya'ni butun mamlakat uchun yagona huquqning yoʻqligi edi. Huquq "partikulyarizmi"ning bartaraf etilishi, ayniqsa, tabaqa- vakillik monarxiyasi davridan boshlab jadallashdi. Gʻarbiy Yevropaning qit'a qismi mamlakatlarida huquq shakllarining oʻzaro yaqinlashuvi yuz berdi. Angliya feodal huquqi alohida mustaqil holda rivojlanib bordi. Shu tariqa, tez orada Gʻarbiy Yevropa huquqi ikkiga: ingliz-sakson huquqi va qit'a huquqiga ajralishi belgilari namoyon boʻla boshladi.
- Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlandi. Yevropa bu jarayon asosan quyidagi 4 ta: ilk feodal monarxiyasi, senorlik monarxiyasi, tabaqa-vakillik monarxiyasi va mutloq monarxiya bosqichlaridan oʻtdi. Biroq bu bosqichlarni hamma Yevropa mamlakatlari bir vaqtda va toʻliq bosib oʻtmadi. Har bir mamlakat milliy tarixining oʻziga xos xususiyatlari ham ana shundan kelib chiqadi.
Sharq
- Sharq mamlakatlarida bunday egalik boʻlmay, yer davlat mulki hisoblanardi.Yirik yer egalari davlatga boʻysunardilar, dehqonlar va hunarmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq toʻlardilar. Yerga nisbatan davlat mulkchiligining mavjudligi oʻrta asr Sharqida davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil hisoblangan, lekin XVI- XVIII asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga toʻsiq boʻlib qolgan. Jamiyatning bazasida feodal munosabatlar oʻrin olgach, u ustqurmasida ham baʼzisining xarakterini ifodalaydigan oʻzgarishlar roʻy berdi.
- Sharqda oʻrta asrlardagi yirik mamlakatlarning feodal davlati va huquqi tarixi boshqacharoq boʻlgan. Bu yerda asosan kuchli byurokratik davlat apparatiga asoslangan despotik boshqaruv shakli saqlanib qoldi.
- Sharq feodal davlatlari tashkil topgan vaqtidan boshlaboq mutlaq monarxiya monarxiya shakli boʻlib, bu davr uzoq davom etdi.
Umumiy oʻxshashlik
1. Feodal jamiyatida va uning siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi katta rol oʻynab, dindorlar imtiyozli tabaqa hisoblangan.Sharqiy va Gʻarbiy Yevropada xristianlik, Osiyoning bir qancha mamlakatlarida islom, Xitoy , Yaponiyada Konfutsiylik va buddizm hukmron diniy mafkura hisoblangan.
2.Feodalizm boshlanganidan buyon, hatto undan avval ham, yer hukmdorniki hisoblangan.
Tarix yo'nalishi 19.74-guruh talabasi
XAMIDOV SHUKURULLOH...
Dostları ilə paylaş: |