2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish


Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va vazifalari



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə5/7
tarix06.03.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#86826
1   2   3   4   5   6   7
kamola yengi

5. Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va vazifalari.

Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basidir. Amaliyot davomida qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim.


Qishloq xo‘jaligi sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
– davlat tomonidan ajratiladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona siyosatni amalga oshirishda ishtirok etadi;
– davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligini izchil va barqaror rivojlantirish, qishloq aholisining daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishda manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishda mahsulot yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:
– raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash salohiyatini oshirish;
– davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sarflangan xarajatlarni qoplaydigan darajada kafolatlangan baholarni belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy munosabatlar va xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va amaliy qo‘llanmalar, namunaviy texnologik kartalar asosida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning biznes-rejalarini ishlab chiqadi va joylarga yetkazish;
v) qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tayyorlov, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish, o‘zaro qarzdorliklar monitoringini yuritish va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘rish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tayyorlov, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni tegishli boshqarmalar bilan birgalikda monitoringni yuritadi va yuzaga kelgan qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
– davlat xaridi uchun yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga imtiyozli kreditlar ajratilishi va ushbu mablag‘larni yetkazib beriladigan resusrlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yo‘naltirishi yuzasidan monitoring yuritadi va ma’lumotlarni tahlil etadi;
– qarzdorliklar va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini chuqur tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Vazirlik boshqarmalari hamda tizim tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi sohasida moliyaviy munosabatlar va xizmatlarni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
– vazirlik tizimidagi Respublika va hududiy tashkilot va idoralarning tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtiradi ularga uslubiy va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatadi;
– asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarishning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;
– qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar va xizmatlar sohasida islohotlarning amalga oshirilishi va tarmoqdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi xodimlarining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni



Shtat birligi nomi

Lavozim bo’yicha vazifasi

1

Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi boshlig’i

- Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
- Kelgusi yil uchun byudjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida har bir tarmoq moliyalashtirish xodimlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- Mahalliy byudjet parametrlarining asosiy ko‘rsatkichlarini biriktirilgan byudjet tashkilotlariga yetkazilishini ta'minlash;
- Biriktirilgan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini moliya organlaridan belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta'minlash;
- Biriktirilgan soha byudjet tashkilotlarida mahalliy byudjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik me'yorlariga muvofiq to‘g‘ri rejalashtirilishini ta'minlash;
- Mahalliy byudjet daromadlar tushumi prognozidan hamda xarajatlarni amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda balanslashgan byudjet daromad va xarajatlari yoyilmalarini shakllantirish;
- Byudjet tashkilotlarining pul mablag‘lari va set bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda tahlil natijasida aniqlangan past samarali xarajatlar va shtat birliklarini maqbullashtirish chorasini ko‘rish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xatlari yuborish;
- Mahalliy byudjetni daromadlar va xarajatlarini ijrosini tahlil qilish asosida birinchi darajali xarajatlarning to‘liq va muddatida moliyalashtirishini ta'minlash uchun takliflar tayyorlash;
- Mahalliy byudjetga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tegishli hokimliklar va vakillik organlari qarorlari loyihalarini tayyorlash;



2


Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi bo’yicha mutaxasis

- Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
- Kelgusi yil uchun byudjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida ta'lim sohasi tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- umumiy ta'limi sohasi byudjet tashkilotlarida mahalliy byudjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik me'yorlariga muvofiq to‘g‘ri rejalashtirilishini ta'minlash;
- Mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni umumiy ta'limi sohasi tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- umumiy ta'limi sohasi tashkilotlarining pul mablag‘lari va set bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda tahlil natijasida aniqlangan past samarali xarajatlar va shtat birliklarini maqbullashtirish chorasini ko‘rish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xatlari yuborish;
- umumiy ta'limi sohasi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashkari tushumlarini ko‘paytirish.






Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin