Iqtisodiy axborotlarni boshqarishning asosiy usullari.
Boshqarishni takomillashtirish – bu xo’jalikni boshqarishning iqtisodiy usullarini takomillashtirish, rejalashtirishni yaxshilash, kor-xonalar mustaqilligining kengayishi va tashabbuskorligining rivoj-lanishi, ishlab chiqarish samaradorligining ortishi, ish sifatining orti-shi va boshqalardir.
Istalgan boshqarish sistemasi, shu jumladan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi ham, axborotsiz, boshqaruvchi obyektisiz va tashqi muhitsiz, axborot uzatmalarini va qabul qilmagan boshqarish ta’sirisiz ishlashi mumkin emas. Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy munosabatlar ijtimiy ishlab chiqarish jarayonida aks etadi. Bu iqtisodiy axborotni mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiy axborot – moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilishning ijtimoiy jarayonlari haqidagi axborotlardan iborat. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish xo’jalik fao-liyatida uni analiz qilish va nazorat qilish uchun zarur.
Davlat standart qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra umuman halq xo’jaligi bo’yicha aylanib yuradigan axborotning yillik xajmi 10%ni tashkil etadi.
Axborot faqat hajmi bilan emas. balki turli tumanligi bilan ham farq qiladi.
O’zgarmas, o’zgaruvchi va hosila axborot. Massiv, oqim, rekvizit va ko’rsatgich tushunchalari.
Mashinada qayta ishlash uchun axborotni o’zgarmas va o’zgaruvchi( kundalik) ga ajratish katta ahamiyatga ega.
O’zgarmas axborot. Uzoq vaqt davomida o’zgarmaydi va undan ko’p marta foydalaniladi. O’zgarmas axborot ichida barcha qayta ishlanayotgan axborot-larning 70-80% ini normativ axborotlar tashkil qiladi. Normativ axbo-rotga mahsulotlar sermashaqqatliligi, materiallar, xom-ashyo, muomaladagi vositalar va boshqa xarajatlar normativlari kiradi. Norma va baholar qiymati vaqt davomida o’zgaradi, shuning uchun axborot yana shartli ravishda o’zgarmas deb ham ataladi.
O’zgarmas axborotdan foydalanish axborotni mashinada qayta ishla-ganda sermashaqqat ishlarni ancha kamaytiradi.