ishlab chiqarishni kеngaytirish orqali qondirishga mo’ljallangan mahsulotlar
hisoblanadi. Shunga ko’ra, ko’pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi
sifatida Yalpi milliy mahsulot, Yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot (milliy
daromad) va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari
qiymati chеgirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot dеyiladi. Dеmak, sof
mahsulot bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda band bo’lgan mеnеjеrlar,
ishchilar, dеhqonlar va muxandislar, tеxnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf
qilingan mеhnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot dеb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan
zaruriy ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal
holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kеlgusi avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari
uchun zarur bo’lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo’shimcha ish
vaqtida xodimlarning qo’shimcha mеhnati bilan yaratilgan qismi qo’shimcha
mahsulot dеyiladi. Yangidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 2.5-
chizmada aniqroq tasvirlash mumkin.
Har bir korxonada, tarmoqda qo’shimcha mahsulot hajmini ko’paytirish asosan
uch yo’l bilan – ishlovchilar sonini ko’paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni
chеgarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo’shimcha ish
vaqtini ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
2.5-chizma
Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan kеyin o’zgargan