Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar
tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir
ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning
ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata
olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib
ketishi mumkinligiga ishonadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib,
yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy
tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida
batavsil fikrlar bayon etilgan.
Bugungi kunda Internet— inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas
qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo
global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Global tarmoqning chegara bilmasligi
foydali axborotlar bilan bir qatorda, nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham
tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy
tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.
Ushbu qo‘llanma Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan
Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida
tayyorlangan bo‘lib, asosan tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga yetmaganlar
va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan.
Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi
uchun mukammal vositalar yaratish
Dostları ilə paylaş: