Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan
va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo
interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin
emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim.
Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.
1.
Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. Kommunikatsiyaning mobilligi
deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o’z ehtiyojlaridan kelib
chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi.
2.
Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi. Foydalanuvchilar
ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi
videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va
h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi.
Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning
buzilishi ehtimoli yuzaga keladi.
3.
Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim
axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ yetakchisiga aylanishi
mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson,
chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
4.
Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o’zida
medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o’zida radio
tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin.
5.
Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi. Deyarli barcha o’smirlarning
qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer bo’ladi. Mobil Internet
ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda.
Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga
yaqqol misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: